Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə19/174
tarix07.01.2024
ölçüsü2,73 Mb.
#205597
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   174
Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

Matn parametrlari
Shundan so’ng matn parametrlari (shrift turi, shrift o'lchami, abzas chekinishi, satrlar orasidagi masofa) belgilab olinadi.
Kerakli shriftni tanlash uchun „Format" menyusiga kirib, “Shrift ...” bo`limi tanlanadi. Ekranda „Shrift" muloqot oynasi hosil bo'ladi.
„Shrift" oynasida berilgan shriftlardan biri tanlanadi: Masalan, Times New Roman. Tanlangan shrift nomi shriftlar ro’yxatining yuqorisida joylashgan maxsus darchada aks etadi. “Shakl" (Начертание) oynasida berilgan shriftning „Oddiy”, “Og'ma”, “Qalin”, “Qalin og'ma” ko'rinishlaridan birini tanlaymiz. Masalan, „Oddiy" (Обычный).
„O'lcham” (Размер:) oynasidan shrift o'lchamini tanlaymiz. Masalan, 12. Shrift rangini tanlash uchun „Matn rangi" darchasining o’ng tomonidagi tugma (pastga qaragan strelka) bosiladi. Ekranda bir qancha rangli kvadratchalar hosil bo'ladi. „Sichqoncha" yordamida shu ranglardan biri tanlanadi. Masalan, qizil. Shrift turi, shakli, o'lchami va rangi tanlab bo'lingach, „Shrift” muloqot oynasidagi „OK" tugmasi yoki “Enter” tugmasi bosiladi.
Shrift turi va uning o'lchamini “Formatlash” uskunalar panelidan ham tanlash mumkin.
Abzas parametrlari
Abzas parametrlari (abzas chekinishi va satrlar orasidagi masofa) ni belgilash uchun „Format” menyusining „Abzas” bo`limi tanlanadi. Hosil bo'lgan „Abzas” muloqot oynasining „chekinishlar va intervallar” (Отступы и интервалы) ilovasi tanlanadi. Ushbu ilovaning „Chekinish” bo'limida abzas chekinishi, „Interval” bo'limida esa satrlar orasidagi masofa tanlanadi. Buning uchun maxsus ajratilgan joyga kerakli qiymatlarni kiritish yoki taklif etilgan qiymatlardan birini tanlash lozim. Masalan, abzas chekinishi 1,27 santimetr va satrlar orasidagi masofa 1,5 interval. Mazkur ilovada ham „Namuna” oynasi bo'lib, unda tanlangan qiymatlarga mos matn namunasi aks etib turadi. Kerakli qiymatlar kiritilgach, „OK” yoki “Enter” tugmasi bosiladi.
Abzas chekinishini gorizontal chizg`ichdan (горизонтальная линейка) o'rnatish ham mumkin. Buning uchun gorizontal chizg`ichdagi abzas chekinish ko'rsatkichi ,,sichqoncha yordamida o’ng tomonga keragicha suriladi. Bu usul ancha qulay bo'lgani uchun, odatda, shu usuldan foydalaniladi.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin