Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.
Matu qismini belgilash Matnda belgilangan biror qism blok deyiladi. Odatda, blok qora fonda oq belgi ko'rinishda tasvirlanadi. Blok ustida turli amallar (o'chirish, nusxaiash, ko'chirib o'tkazish, formatlash va boshqalar) bajarish mumkin.
Matnda blok ajratish klaviatura yoki sichqoncha yordamida amalga oshirilishi mumkin. Klaviatura yordamida blok ajratish uchun yurgich kerakli qismning (belgi, so'z, satr yoki abzas, sahifa) birinchi belgisi oldiga joylashtiriladi. So`ng [Shift] klavishini bosib turgan holda [] yoki [] yo'nalish klavishi kerakli matn qismi belgilanguncha bosib turiladi. Hujjatni to'liq belgilash uchun [Ctrl] klavishini bosib turgan holda lotin harfi [A] bosiladi.
Sichqoncha yordamida blok ajratish ko'p usulda amalga oshiriladi. Masalan:
yurgichni belgilanishi kerak bo'lgan qism oldiga joylashtirib sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda harakatlantirish;
abzasni belgilash uchun yurgichni abzas ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini uch marta bosish;
abzasni belgilash uchun sichqoncha ko'rsatkichini satr oldidagi hoshiyaga olib borib, chap tugmasini ikki marta bosish;
gapni belgilash uchun yurgichni gap ustiga olib borib [Ctrl] klavishini bosib turgan holda sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish;
satrni belgilash uchun sichqoncha ko'rsatkichini satr oldidagi hoshiyaga olib borib, chap tugmasini bir marta bosish;
matnni to'liq belgilash uchun sichqoncha ko'rsatkichini satr oldidagi hoshiyaga olib borib, chap tugmasini uch marta bosish;
matnning to'g'ri to'rtburchak shaklidagi qismini Alt klavishini bosib turib sichqonchani chap tugmasini bosib turgan holda belgilash;
dasturning Holat satrida joylashgan [ВДЛ] yozuvli tugmaga sichqoncha ko'rsatkichini yo'naltirgan holda chap tugmasi ikki marta bosilsa matnda belgilash tartibiga o'tiladi va matn belgilanadi, so'ng yana matn kiritish tartibiga o'tkazish uchun sichqoncha ko'rsatkichini [ВДЛ] yozuvli tugmaga yo'naltirib chap tugmasi ikki marta bosiladi.