Hujjatda o`chirish Matn yozish jarayonida xato yozilgan belgini o'chirish zarur bo`ladi. Agar yurgich o'chirilishi kerak bo'lgan belgidan oldin turgan bo`lsa — [] ([Enter] klavishidan yuqorida joylashgan va ikkinchi nomi [Backspace] bo`lgan) klavishni, keyin turgan bo`lsa — [Delete] klavishini bosish yetarli.
Matnning belgilangan qismini o'chirish. Agar hujjatning so'z, gap, satr yoki abzas kabi qismini o'chirish lozim bo'lsa, bu qismni blokka olib [Delete] klavishini bosish kifoya. Ba'zan, o'chirilgan qismni boshqa joyga joylashtirish lozim bo'ladi. Bunday holda kerakli qismni blokka olib, Tahrir ([Правка]) menyusidan Qirqib olish ([Вырезать]) bo'limi yoki Standart uskunalar panelidan — qirqib olish tugmasi bosiladi. Natijada qirqib olingan qism bufer deb ataluvchi yordamchi xotirada vaqtinchalik saqlanib qoladi.
Hujjatda nusxa ko`chirish Matnning belgilangan qismidan nusxa ko'chirish. Matnning nusxa ko'chiriladigan qismi blokka olinadi va Tahrir menyusidagi Nusxalash ([Копировать]) buyrug'i beriladi. Blokdagi matn buferga joylashadi. Buferdagi axborotni matnning biror yeriga qo'yish uchun yurgich matnning tanlangan yeriga qo'yiladi va Tahrir menyusidagi Joylashtirish ([Вставить] buyrug'i beriladi. Yuqoridagi amallarni, mos ravishda, STANDART uskunalar panelidagi nusxaiash va joylashtirish tugmalarini bosish orqali ham bajarish mumkin.
Matnning belgilangan qismini matnning ixtiyoriy joyiga ко'chirib о`tkazish. Matnning ko'chirib o'tkaziladigan qismi blokka olinadi. STANDART uskunalar panelidagi Qirqib olish tugmasi bosiladi. Natijada matnning belgilangan qismi ekrandan o'chadi va buferga joylashadi. Yurgich matnning kerakli joyiga qo'yilib, STANDART uskunalar panelidagi Joylashtirish tugmasi bosiladi. Matnning belgilangan qismini matnning ixtiyoriy joyiga ko'chirib o'tkazishning yana bir usuli: sichqoncha yurgichini belgilangan blokning ixtiyoriy nuqtasiga olib kelinadi. Sichqonchaning chap tugmasini bosib turilgan holda sichqonchn ko'rsatkichini matnning kerakli joyiga olib kelinadi va sichqoncha tugmasi qo'yib yuboriladi.