Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:
axborot tashuvchi vositalardan foydalana oladi;
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarning amaliy dasturlarda ishlash malakasini oshirish.
Darsning jihozi: Matn muharrirlari va matn protsessorlarida yaratilgan hujjatlar namunalari
Darsning uslubi: Suhbat.
Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) Davomatni aniqlash;
b) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash.
II. O’tgan mavzularni takrorlash. a) Paintning uskunalar panelidan foydalanish.
b) Ranglar majmuasidan foydalanish
d) Paint menyusi buyruqlari.
III. Yangi mavzuni o’rgansh. Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o'yib yozilgan bo'lsa, keyinchalik turli bo'yoqlar yordamida yozildi. Hayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo'lga qo'yildi. Qog'oz ishlab chiqarilishi bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga, yozuv quroli ham takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo'yqalam, qamish-perolar, g'oz patlaridan foydalanildi. Patlar о'rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avto-ruchkalar o'rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon-matn o'zgartirilishi kerak bo'lsa, uni qayta ko'chirib yozish zarurligi o'zgarmadi. Bu esa juda ko'p kuch va mehnat talab qiladi.
Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan ko'plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo'linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq.
Matn muharriri kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Hatto bir rusumli kompyuter uchun ishlab chiqilgan o'nlab matn muharrirlarini ko'rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlari uchun „RED", „Volna", „Punktir”, IBM rusumidagi kompyuterlar uchun „WD", „Foton", „Leksikon", Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Bloknot, Word Pad va hokazo. Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
ma'lumotlarni kiritish;
xatoliklarni tuzatish;
belgilar, so'zlar, satrlar, abzaslar o'rnini almashtirish yoki o'chirib tashlash;
matnni biror „qolipga solish", ya'ni chap va o'ng tomonlarini tekislash, satrlar orasidagi masofani o'zgartirish;
matnni diskda saqlash;
matnni diskdan o'qish;
chop etish.
Matn muharrirlarida, asosan, matnning mazmuniga e'tibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog'ozdagi ko'rinishi (bezagi) ahamiyatga ega bo'lmaydi.