Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə171/174
tarix07.01.2024
ölçüsü2,73 Mb.
#205597
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174
Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

III. Yangi mavzuni o`rganish
Web-sahifadagi axborot bir nechta bo’limdan iborat bo’lishi mumkin. Bu bo’limlarga tez “o’tish” imkoniyati web-sahifani ko’rib chiqishni osonlashtiradi. Web-sahifada bunday o’tishlar gipermatnli aloqani tashkil etadi. Gipermatn texnologiyasi o’z vaqtida WWW hizmatining oz fursatda ommaviylashishiga sabab bo’lgan edi.
Gipermurojaat, ya’ni hujjatning bir joyidan boshqa joyiga yoki bir hujjatdan boshqa hujjatga o’tish, juft tegi yordamida amalga oshiriladi. Bu tegning HREF parametri bor bo’lib, uning qiymati o’tish joyi manzili (adresi) bo’ladi. Web-sahifaning mazkur teg yozilgan joyi o’tish nuqtasi deyiladi. tegi parametri bilan umumiy holda quyidagicha yoziladi:
matn ,
bu yerda “matn” – ixtiyoriy matn bo’lib, brauzer uni ekranda belgilab ko’rsatadi, “manzil” – o’tish kerak bo’lgan joy (bo’lim) manzili. Odatda o’tish joyini aniqlovchi matn ekranga ko’k rangda va tagiga chizilgan ko’rinishda chiqadi. Manzil ham ixtiyoriy matn bo’lishi mumkin.
Web-sahifaning o’tish kerak bo’lgan joyiga
tegining NAME parametri yordamida “manzil” kiritiladi. U o’tish nuqtasidagi “manzil” bilan bir xil bo’lishi kerak. Bu teg NAME parametri bilan birgalikda umumiy holda quyidagi ko’rinishda yoziladi:
matn ,
bu yerda “matn” – ixtiyoriy matn bo’lib, odatda, “matn” sifatida web-sahifaning shu yeridan boshlangan bo’lim
nomi yoziladi, dagi “manzil” dagi “manzil”dan ko’rib turganingizdek “#” belgisi bilan farq qiladi.

Web-sahifada o’tish nuqtasi boshqa matnlardan “ajralib” turishi uchun, uni ro’yxat tarkibiga kiritish ham mumkin. Gipermurojaat web-sahifada o’tish nuqtasida berilgan matnga sichqoncha parametrini olib kelib, sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Bu holda o’tish nuqtasidagi matn rangi o’zgaradi (odatda pushti rangga bo’yaladi).
Keltirilgan misolda o’tish nuqtalari markerli ro’yxat tarkibiga kiritilgan. O’tish nuqtasi bilan o’tish joyi ekranda ko’rinib turgan bo’lsa, o’tish bajarilgani bilinmaydi.
Gipermurojaat o’tish nuqtasidagi matn o’rniga yoki matn bilan birga rasm ham qo’yish mumkin. Buning uchun o’tish nuqtasidagi matn o’rniga tegi ishlatiladi. Mazkur teg yordamida qo’yilgan rasmni brauzer avtomatik ravishda o’tish buyrug’i bilan bog’laydi. Endi web-sahifada “o’tish” uchun matndan ham, rasmdan ham foydalansa bo’ladi. Masalan, HTML-hujjatga

yozuvi kiritilsa, web-sahifada “mypic.jpg” rasm orqali “1-bob”ga o’tish mumkin bo’ladi.
tegi yordamida nafaqat bitta web-sahifa ichida, balki bir web-sahifadan boshqa web-sahifalarga o’tishni ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun mazkur tegdagi “manzil” sifatida Internet tizimidagi biror web-sahifa manzilini, ya’ni URL-manzilni yozish kifoya. Masalan,
Rambler.ru ga o’tish
O’tishdagi “manzil” sifatida diskdagi web-sahifa faylining nomini yozsa ham bo’ladi va bu holda diskdagi web-sahifa ochiladi. Bu hususiyat tarkibiy web-sahifalar (web-saytlar) yaratish imkonini beradi.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin