Qabul qildi : MMIDO` _________S.Egamov Sana:__________________ Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Maqsad:O`quvchilarga masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari haqida ma’lumot berish;
Vazifa: Ta’limiy:Matematikada masalalar yechish bosqichlarini ko’rish bilan kompyuterda masalalar yechishning 6 ta bosqichlari haqida tushuncha hosil qilish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish,
1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;
2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi;
3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi Axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;
DTS: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari haqida ma’lumotga ega bo`lish.
Dars turi: Kirish darsi.
Darsning borishi: I. Tashkiliy davr 1) salomlashish;
2) davomatni aniqlash.
II. Takrorlash elektron jadvalning imkoniyatlari;
III. Yangi mavzuni o`rganish. Inson amaliy ish jarayonida juda ko‘p masalalarni hal etishiga to‘g‘ri keladi. Masalalarning ba’zilari oson, ba’zilari murakkab hisob-kitob bilan bog’liq bo’ladi. Ba’zi masalalarni hal etishda biror amallar guruhi esa minglab marta bajarilishiga to’g’ri kelishi mumkin. Shuning uchun beminnat va o’ta tez ishlaydigan yordamchimiz bo’lgan kompyuter bu ishimizda yordam bera oladimi, agar yordam bera olsa, u holda masalalarni kompyuterda hal etish qanday tashkil etiladi? degan savol tabiiydir. Bu savolga javob berishdan avval bir nechta masala va ularni yechilishini ko’rib chiqaylik.
1–masala. Hajmi 20 sm3 bo’lgan jism suvga botirilganda unga ta’sir etuvchi ko’taruvchi kuch qiymatini toping.
Masalani tahlil etamiz: fizika kursidan ma’lumki, suvga botirilgan jism o’z hajmiga teng suvni siqib chiqaradi va unga siqib chiqarilgan suv og’irligiga teng kuch ta’sir etadi, bu kuch Arximed kuchi deb ataladi.