III. Yangi mavzuni o`rganish Windows yo’lboshlovchisi (Проводник) Windowsdan foydalanuvchisi uchun grafik qobiq-dastur vazifasini o’taydi.
Windows tarkibida ishga tushadigan bu qobiq-dastur Windows 95 dan boshlab Windows yo’lboshlovchisi deb atala boshlangan. Windows yo’lboshlovchisining ishlashiga Explorer.exedasturi javob beradi.
Yo’lboshlovchi yordamida fayl va papkalar bilan ishlash (nusxa olish, ko’chirish, o’chirish va hokazo) mumkin. Windows ish stolida yo’lboshlovchini ishga tushirish usullari ko’p. Masalan:
sichqoncha yordamida: “Пуск” tugmasi tanlanadi va ochilgan Bosh menyudan “Программы” bo’limi, undan “Стандартные” va nihoyat “Проводник” bandi tanlanadi;
klaviatura yordamida: klavishi bosiladi va ochilgan Bosh menyudan yo’nalish klavishlari yordamida “Программы” bo’limi, undan “Стандартные” va nihoyat “Проводник” bandi tanlanadi va Enter klavishi bosiladi;
+ E (ya’ni, Winkey+E) klavishlari birgalikda bosiladi.
“Пуск” tugmasi yordamida ishga tushirilgan yo’lboshlovchi oynasi papkalarning shajaraviy tuzilmasini quyidagi ko’rinishda aks ettiradi:
Umuman, har qanday papkaning iyerarxik tuzilishini ko’rish uchun sichqoncha yordamida uning kontekst-menyusidagi Yo’lboshlovchi bandini tanlash yetarli. Masalan, “Mening hujjatlarim” papkasining shajaraviy tuzilmasi quyidagicha:
Yo’lboshlovchi oynasi interfeysi quyidagilardan iborat:
Demak, yo’lboshlovchi oynasi interfeysi “Mening kompyuterim” katalogi oynasi interfeysi bilan o’xshash ekan. Ko’rish mumkinki, yo’lboshlovchi va “Mening kompyuterim” katalogi menyulari va uskunalari bir xildir.
Bu ikkala qobiq dasturlar interfeysi tezkor klavishlar bilan ishlash imkonini beradi, ya’ni:
– Alt + : shu oynada ochilgan katalogdan avval ochilgan katalog yoki kataloglarga qaytish;
– Alt + : shu oynada ochilgan katalogdan keyin ochilgan katalog yoki kataloglarga o’tish;
– Backspase: bir pog’ona yuqori katalogga o’tish;
– Ctrl+F yoki Ctrl+E: joriy katalogdan faylni izlash;
Yo’lboshlovchining Papkalar sohasida kerakli obyekt tanlansa, uning tarkibi yonidagi Obyektlar sohasida ko’rinib turadi. Agar sichqoncha yordamida papka oldida aks etib turgan + belgisi tanlansa, Papkalar sohasida papka tarkibi ochiladi, agar – belgisi tanlansa papka tarkibi yopiladi:
Yo’lboshlovchi oynasida obyektdan klavishlar yordamida nusxa olish uchun CTRL+C, joylashtirish uchun CTRL+V klavishlar juftligi bosiladi. Bir necha fayldan birdaniga nusxa olish uchun esa avval bu fayllarni guruhlash kerak. Fayllarni guruhlaish uchun SHIFT klavishini bosib turgan holda yo’nalish klavishlaridan foydalaniladi. Obyektni qayta nomlash uchun F2 tezkor klavishidan foydalanish mumkin. Obyektga mos kontekst-menyusini ochish uchun SHIFT+F10 klavishlar juftligi bosiladi.
Yo’lboshlovchining menyulari “Mening kompyuterim” sistema katalogi kabi bo’lgani uchun mashq sifatida mustaqil ko’rib chiqishni tavsiya etamiz.