- mutaxasisligi bo`yicha bilimlarni puxta egallashi, mavzularda uchraydigan matematik tushunchalarni aniq tasavvur qila olishi, eng sodda texnikaviy jarayonlarni matematik “til”ga o`gira olish;
- eng sodda amaliy jarayonlarning modellarini tahlil qilish uchun kerakli matematik usullarni tanlay olishni, tahlil asosida amaliy xulasalar chiqara olish ko`nikmalariga ega bo`lish;
- kuzatuv natijalariga statistik ishlov bera olishni, noma`lum ko`rsatkichlar uchun statistik baholarni har xil usullar yordamida qurish borasida;
Statistik gipotezalar haqida amaliy tushunchaga ega bo`lishi, ularni tekshirish bosqichlarini bilish borasida malakalarga ega bo`lishi kerak.
4.
V. Ta’lim texnologiyalari va metodlari Fanning xususiyatlari dasturni o‘zlashtirishning interfaol usullaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Bunda auditoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish va mustaqil ta'lim jarayonlarida talabaning o‘rganilayotgan fanni xarakterlovchi nazariy bilimlarga, ob'ektiv jarayonlar va hodisalarga nisbatan dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga alohida e'tibor qaratiladi.
Materialning muammoli va mustaqil o‘zlashtirish uchun qiyin bo‘lgan bo‘limlarini, shuningdek, talabalarda alohida qiziqish uyg‘otuvchi bo‘limlarni o‘zlashtirishda quyidagi pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi:
- ilg‘or ma'ruzalarni interfaol usulda bayon qilish bilan;
- mustaqil o‘rganish uchun mo‘ljallangan mavzular bo‘yicha kollokviumlar va munozaralar o‘tkazish bilan;
- zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan o‘qitish shakllari va vositalarini qo‘llash bilan.
Kompetensiyani baholash uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi:
- og‘zaki;
- yozma.
Talabalar bilimi darajasini baholash uchun quyidagi baholash vositalari qo‘llaniladi:
- suhbat;
- testlar;
- amaliy, laboratoriya va seminar ishlari bo‘yicha yozma hisobotlar;
- mustaqil bajarilgan ishlarning himoyasi;
- nazorat topshirish.