Vazifa/topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda o‘qituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat/masala/topshiriqni Esse/Hisobot (2000 so‘zdan kam bo‘lmagan) ko‘rinishida bajaradi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kunida dars mashg‘uloti vaqtida (yozm ashaklda yoki kompyuter dasturida) olinadi. Unda quyidagilar aks etadi: Test. Modulning 8-haftasiga qadar o‘tilgan mavzular asosida uch darajali testlar asosida. Atamalar izohi. Fanga doir ijtimoiy-iqtisodiy qonun-qoidalar, kategoriyalarning ma’nosi, tavsifi yozma ko‘rinishda izohlanishi so‘raladi. Muammoli vaziyat. Masala yoki muammolarni hal etish/yechish bilan bog‘liq vazifalar (2 ta yoki undan ko‘p).
Yakuniy imtihon (YaI). Modulning oxirgi (16-haftada) haftasida test, atamalar izohi va muammoli vaziyat (oraliq imtihondan keyingi o‘tilgan mavzular asosida) ko‘rinishida amalga oshiriladi (yozm ashaklda yoki kompyuter dasturida). Imtihon variantlari 8-haftasidan keyingi o‘tilgan mavzular asosida tayyorlanadi.