Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə69/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

Chiqib gardun sori afg’oni oning,
Fig’oni birla chiqti joni oning.
Chu Shirin joni erdi, onsiz o’ldi,
Damekim o’ldi onsiz, jonsiz o’ldi.

Ko’rinadiki, inson bekorga va bir o’zi hyech vaqt o’lmaydi. Mehru muhabbat rishtalari bilan bog’langanlar birga yashaydilar yoki birga rixlat qiladilar; bu vafoning, sadoqatning, insoniylikning, poklikning, niyatning yetukligi natijasidir; romantik tasvirning qudratidir.


Romantik metodning asosiy xususiyatlaridan yana biri har qanday jamiyat (quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sosializm)ning antigumanistik mohiyatini doimo fosh etish va qoralashdir. Ijodda va hayotda erkinlik, shaxs ozodligi va komilligi uchun kurashdir. Bu xususiyat hamma romantik ijodkorlar faoliyatida pafos darajasiga ko’tarilgan, o’lmaydigan ruh bag’ishlaydigan “hamma xalqlarda va hamma zamonlarda umumiy bo’lgan hodisadir”(V.Belinskiy).
REALIZM. Bu metodning bosh xislati- “Hayotni butun yalong’ochligi va haqqoniyligi bilan qayta tiklash” (V.Belinskiy)dir. Bu qonuniyat – adabiyotning tug’ilishidanoq paydo bo’lgan bo’lib, uning tarixiy rivojlanish taraqqiyoti davomida to’xtovsiz tarzda sayqallashdi, yangi-yangi xususiyatlar dunyoga keldi, tobora boyib takomillashishda davom etmoqda. Romantizm bilan doimo bahslashib, uni ham boyitib, undan ham ruh olib, birgalashib “bir maqsadga yetaklashda” (V.Belinskiy) musobaqa qilmoqdalar. To’g’ri, adabiyot tarixi davomida romantizmning ham, realizmning ham barcha oqimlari hamma vaqt ijobiy natijalarga olib kelgan emas. Jumladan, naturalizm oqimi – hayotni o’ta yalong’och va butun tafsilotlari bilan ikir-chikirigacha tasvirlash orqali- ta’sirdorlik xususiyatini muayan darajada yo’qotgan bo’lsa, sentimentalizm oqimi hayotni tasvirlashda aql-idrokdan his-tuyg’uni ustun bildi, uning musoffaligini yagona mezon darajasiga ko’tardi; xo’rlanganlar, jabrdiydalar, jafokashlar, baxtsizlar, nochorlarning ideal obrazlarini yaratdilar va shu bilan hayotning bosh lokomotivi – kurashchanlikdan, yaratishdan ma’lum darajada uzoqlashdilar. Bunday holat tabiiydir, izlanish, o’sish, taraqqiyot yo’lidagi yutuqlar va kamchiliklarning bo’lishidir. Romantizm va realizm qudratining turli darajadagi (go’yo dengiz qudratidan hosil bo’lgan ulkan) hayotbaxsh yoki halokatli to’lqinlaridir.
Gumanizm, erkin va ozod hayot, baxt va tinchlik uchun kurash – insoniylik romantizmning ham, realizmning ham bayrog’idir. Faqat realizm inson va jamiyat hayotini real (aniq) va rost tadqiq etish yo’lidan bordi. U B.L.Suchkov yozganidek, realizm “kishilarning harakatlari va hislari ehtiroslarning yoki ilohiy irodaning oqibati emasligi, balki ular real sabablar, aniqrog’i, moddiy sabablar bilan tayin etilishini tushuna boshlagan paytda paydo bo’lgan”. Bu tushuncha eng qadimgi davr kishilarida (Neandartal odamlarda) ham bo’lganini fan isbotlamoqda. Tarixda shaxs va jamiyat orasidagi ijtimoiy munosabatlarni bugungidek badiiy ta’sirchan va haqqoniy (Sosial va psixologik determinizm (shartlanganlik)ka asoslangani holda) aks ettirish darajasi bo’lmaganligi ayon, lekin, ayni paytda, bugungi darajaning yuzaga kelishida o’tmishdagi realizm poydevor bo’lgani ham haqiqatdir. Bobur, Maxmur, Turdi, Muqimiy, Furqat, A.Qodiriy, A. Qahhor, P.Qodirov, O.Yoqubov, M.Muhammad Do’st, T.Malik, T.Murod kabi yozuvchilar ijodi ham ularning shu soha bo’yicha saboqlaridagi vorislik ham isbotdir.
Realizmning estetik prinsiplaridan yana biri – hayot voqea – hodisalarini haqqoniy detal va tafsilotlar vositasida tipik xarakterlarni tipik sharoitda tasvirlashdir (Darslikning “Hayotiy haqiqat va badiiy haqiqat”, “Syujet va kompozitsiya” qismlarga qarang). Ana shu tasvir asosida kishilik jamiyati taraqqiyoti uchun muhim bo’lgan ijtimoiy – ma’naviy muammolar turishi, ular badiiy umumlashtirilishi, tipiklashtirilishi zarur. M.Gorkiy jahon adabiyotida yaratilgan badiiy obrazlar xususida shunday yozadi: “Mana shu sanab o’tilgan odamlar turmushda bo’lgan emas: ammo ularga o’xshash kishilar hayotda bo’lgan va shu borlari ham ancha mayda bo’lib, u qadar mukammal bo’lmaganlar, ayrim g’ishtlardan minora... yasalgani kabi, mana shu mayda, chakana kishilardan so’z san’atkorlari umumlashma tiplarini, turdosh tiplarni yaratganlar, “to’qiganlar”. Shunday “to’qima” natijasida biz endi har bir yolg’onchini Xlestakov, xushomodgo’yni Molchalin, ikkiyuzlamachini Tartyuf, rashk qiluvchini Otello va hokazo deb ataymiz”(M.Gorkiy, Adabiyot to’g’risida, 72-bet).
Ko’rinadiki, realist – san’atkor hayot qa’rida yotgan haqiqatni kashf etuvchi uning ko’p qirrali va qarama-qarshi tomonlarini ro’yi-rost ochuvchi, uni tadqiq va tahlil qiluvchi hislatga ega bo’lishi kerak; hayotning ob’ektiv manzarasini xolis tasvirlovchi yozuvchi bo’lishi lozim. Bu – realizmning bosh talabi, uning mohiyatidir. Hayotga yaqinligining, romantizmga teskariligining yaqqol ko’rinishidir.
Romantizm va realizm metodining barcha hususiyatlari, hislatlari haligacha voqye bo’lgan emas. Shundan bo’lsa kerakki hyech kim ularga mukammal ta’rifni ham bera olgani yo’q. Biz ham ta’riflashdan voz kechamiz, chunki ularning xususiyatlarini yetarli tarzda o’rganishga va kelajakda voqye bo’ladigan alomatlarini bashorat qilishga umr kamlik qiladi, lekin shu yo’ldagi izlanishlarga baraka tilaymiz.

Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin