Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
UB=JB+OI+YaI bu yerda: JB – joriy baholash; OI – oraliq imtihon; YaI – yakuniy imtihon.
Eslatma: dars mashg‘ultotlaridagi ishtiroki, joriy baholash va oraliq imtihon uchun ajratilgan jami ballar (50 ball)ning kamida 60 foizi (30 ball)ni to‘play olmagan talabaning yakuniy nazoratga kirishiga ruxsat berilmaydi. Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy imtihonga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy imtihonga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu imtihondan qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. *) – sirtqi ta’limda oraliq imtihonlar amaliy yoki seminar darslarining ichida tashkil etiladi.
X. Akademik talablar O‘qituvchi va talaba o‘trasidagi o‘zaro munosabat samimiy va beg‘araz bo‘ishi lozim, talaba mustaqil bajargan topshiriqlarni belgilangan tartibda elektron pochta yoki o‘quv platforma orqali yuboradi va javobni ham shu tartibda oladi. Belgilangan muddatda bajarilmagan topshiriqlar qayta qabul qilinmaydi. O‘qituvchi talaba tomonidan bajarilgan topshiriqlarni antiplagiat dasturida tekshiradi, originallik darajasi 70 foizdan past bo‘lgan ishlar baholash uchun qabul qilinmaydi. Talabaning bajargan topshirig‘i antiplagiat dasturida tekshirilishiga imkoniyat beriladi, natija talab darajasida bo‘lmasa ish qabul qilinmaydi.