Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


 Qadimgi sharq mamlakatlarda iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi



Yüklə 438,5 Kb.
səhifə3/48
tarix19.12.2023
ölçüsü438,5 Kb.
#185536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
«sanoat marketingi» kafedrasi-hozir.org

2. Qadimgi sharq mamlakatlarda iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi. 
Iqtisodiy fan manbalarni avvalo jaxon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lgan 
qadimgi sharqdan izlamoq mantiqan to‘g‘ridir.
Iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo‘lishi bilan 
boglangan ammo xozirgi paytda qul yozmalarda aks ettirilgan g‘oyalargina
taxlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy bilimlar tarixi quldorlik jamiyati paydo 
bo‘lishi bilan boglanadi.
Dastlabki quldorlik jamiyati sharqda sinfiy ajralish boshlagan joylarda, 
Mesopatomiya (Tigr va Yevfrat daryolari oraligida) va Misrda eramizdan
avvalgi 1V ming yillikda yuzaga keldi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda 
texnologik inqilob ro‘y berdi. Metall kurollar ishlatila boshlandi, qishloq
xo‘jaligida intensif ko‘p xollarda sugorma dexqonchilikka o‘tildi. Shu asosda 
nisbatan turgun qo‘shimcha maxsulot olish imkoni tugilgan. Oqibatda
jamiyatda mexnat taqsimotini rivojlantirishga, ko‘pgina xunarmandchilik 
sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishiga turtki bo‘ldi. Bu davrda
qo‘shimcha maxsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dexqonlarni 
ekspluatatsiya qilish yo‘li bilan renta soliq olish (Osiyo) bo‘lsa, qullarni
(Davlat yoki xususiy) beayyov ishlatish bilan (Evropa) katta boylik ortirilgan. 
Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasiga qarab, ayrim "Erkin"
axolining axvoli qularanikidan deyarli farq qilmagan (umuman sharq 
mamlakatlarida qulchilik masalasi xali o‘zul-kesil xal etilgan emas). Akademik
V.V.Struve uni tan oladi. Lekin ko‘pgina olimlarning fikricha, sharqda 
quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya’ni uy xo‘jaligida ustun
bo‘lgan. 
Sharq, jumladan O‘rta Osiyo mamlakatlaridagi xo‘jalik faoliyatida
nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dexqonchilik, qurilish sohasida 
qullar mexnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (G‘arbiy Yevropadagi) ayrim
regionallarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog‘liq ravishda tovar-pul 
munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, gretsiyaning ayrim




7
shaxarlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. 


O‘z maxsulotini mo‘ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo‘jaliklari


ekspluatatsiyani kuchaytirishi talab etilgan. Oqibatda klassik yoki antik 
qulchilik yuzaga kelgan (Gretsiya va Italiya).
Qadimgi Misrdan farqli ravishda mesopatamiyada xususiy mulkchilik va 
tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Bu-bobil
(Vavilon) da podsholik qilgan hammurapi qonun to‘plamlari (jami 282ta) 
diqqatga sazovar. Bunda ishlab chiqarishni, birinchi navbatta qishloq
xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash bo‘lgan, ya’ni mexnatsiz daromat 
topishga qarshi ko‘rashilgan. Qarzni qarz xisobiga uch yildan ortiq ushlab
turish mumkin bo‘lmagan umuman, xususiy mulkchilik shu jumladan yerga 
ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko‘z olaytirgan, unga zarar
yetkazganlar iqtisodiy jixatdan jazolangan. Bu qonunlar tuplami davlatning, 
mamlakatlarning iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini
ko‘rsatadi. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jipslashgan ham 
iqtisodiy ravnaq topdi.
Qadimgi xindistonning "Manu qonunlari "da (e.a.1V-111 asrlar) ijtimoiy 
mexnat taxsimotining xukmronligi va buysunush institutlarining mavjudligi
aytiladi.
Xindistondagi iqtisodiy g‘oyalarni aks ettiruvchi Qadimgi yodgorlik
"Artxashastra"dir (e.a.1V-III asrlar oraligida) unda qulchilikni mustaxkamlash 
asosiy vazifa qilib kuyilgan. Asarda "Buyumning qiymati" muammosi, qiymat
miqdori, davlatning boshqarish bo‘yicha takliflar va bir qancha iqtisodiy 
g‘oyalar ilgari surilgan.
Qadimgi Xindistonda yaratilgan "Veda"larda bir qancha muxim iqtisodiy 
g‘oyalar keltirilgan.
Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g‘oyalari Konfutsiy yoki Kun-Szi (e.a. 551-
478 y y.) va boshqa iqtisodchilarning asarlarida jamlangan bo‘lib, tabiiy xuquq
nazariyasi ilgari suriladi. 
Ularda mexnat taxsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va xunarmandlar
mulki o‘rtasidagi boglanish, iqtisod va qonun masalalariga bagishlanadi. 
Respublikamiz
olimlarining 
tadqiqotlariga
ko‘ra,

zardushtiylik


(Zaroastrizm) dinning (islomgacha) mukaddas kitobi bo‘lgan "Avesto" (asli 
"Ovesta")da ham muxim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan.
Jumladan, sun’iy sugorish asosida dexqonlik yuritish, ona tabiatni 
ezozlash, xayvonlarni asrash, noo‘rin suymaslik, unga zulm qilmaslik, tuprok
sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi 11 ming 
yillik oxiri - 1 ming yillik boshlaridagi vokealarni aks ettiradi va juda qadimiy
yodgorlikdir. Bu dinning ta’sir doirasi juda keng bo‘lib, xozirgi Eron, markaziy 
Osiyo Kavkaz orti yurtlari (ayniqsa Ozarboyjon) va boshqa joylarda tarqalgan.




8
Avesto ma’lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy axvolini 


bilib olish mumkin. Bu davrda urug jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta) lar


paydo bo‘lganligi ayondir, ular koxinlar, xarbiylar, chorvadorlar va 
xunarmandlar, demak ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo‘lgan. Axoli
ko‘proq yarim kuchmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstesiv chorvachilik 
yetakchi edi.

Yüklə 438,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin