10
chiqarish bilan birga savodga ham e’tibor berildi, foydaning katta qismi shu
sohaga (ya’ni muamola sohasi) bilan bog‘liq ekanligi aytildi va "Buyuk Ipak
Yo‘li" ni avj oldirishga ahamiyat berildi.
Jaxonda birinchi marta byudjet (davlat xazinasi), kirim-chikim daftari,
xisob-kitob, maosh, soglik,
taksimot, nazorat masalalari ilmiy darajaga
ko‘tarildi. Soglik tizimi daromad katta yordam berdi, ya’ni soglik daromadning
o‘sishiga xalaqit bermagan. Bu davlatda iqtisodiy g‘oyalar asosida shunday
iqtisodiy
siyosat olib borilganki, davlat va xalqning turmush darajasi ancha
yuksaklikka ko‘tarilgan. Sovdagorlarning faoliyati (10% foyda) kallob va
tovlamachilardan farqlangan. Iqtisodiy erkin
soxibkorlar tomonidan olib
borilgan, ammo bunda davlat ham ancha ishtirok etgan (qonunlar amaliyoti
nazorat etilgan). Ayniqsa yer, suv munosabatlarida muxim g‘oyalar bo‘lgan,
masalan, yangi yer olganlar dastabki uch
yil dovamida soliqdan ozod
etilganlar. Ishlab chiqarishning shaxsiy manfaatdorlik tamoyiliga amal
qilinganligi juda muxim narsa bo‘lib, u rivojlanishning bosh omili edi.
Mamlakatlar rivojida tinch osoyishtalik va birlikning ahamiyati tushinib
yetilgan (A.Navoiy).
Xulosa
Dastlabki iqtisodiy g‘oyalar insoniyatning paydo bo‘lishi
bilan
shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari e.a. 2-ming yillikka to‘g‘ri
keladi, ko‘proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo‘jalik faoliyatini aks ettiradi.
Antik dunyoga ma’lum darajada birinchi iqtisodiyot mushoxadalar, ayrim
iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshlagan.
Qullikka asoslangan natural xo‘jalik, ayniqsa qishloq xo‘jaligi qo‘llab-
quvvatlangan, boylikning asosiy manbai mexnat deb xisoblangan Xindistonda
"Buyumning qiymati" ni "ish kunlari"
bilan belgilash, maxsulotning bozor
baxosi bilan uning tabiiy o‘iymati o‘rtasidagi farq aytilgan,
foyda masalasi
ko‘tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodiga aralashuvi qo‘llab -
quvvatlangan.
Feodal yer egalari davrida natural xo‘jalik, ayniqsa qishloq xo‘jaligi asosiy
edi, ammo shu bilan birga bu paytda shaxarlar soni o‘sdi, tovar-pul
munosabatlari ham ancha rivojlandi, nisbatan erkin va
samarali ishlab chiqarish
usuli bo‘lgan krepostnoylikka o‘tildi. Avvalgi davrdagi natural xo‘jalik ishlab
chiqarishni (T-T) asta-sekin T-P-T munosabatlari bilan almasha bordi (agrar
yo‘nalish xal qiluvchi), iste’mol qiymatlarini yaratish baribir asasiy maksad
bo‘lgan va shu g‘oya ximoya etilgan, mexnat qurollari takomillashgan davrda
bu tabiiy bir xol edi.
Feodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq davom
etdi. Arab mamalakatlari iqtisodiyotiga Islom aqidalari faol ijodiy ta’sir etdi.
Qur’oni Karim va Xadislarda keltirilgan iqtisodiyotga aloqador qonun qoidalar
11
"Xidoya" va shu kabi boshqa fiqx kitoblarida keng o‘rganilib, amalga oshirildi,
natijada muxim iqtisodiy g‘oyalar ilgari surildi. Mexnat, ayniqsa, qishloq
xo‘jaligi, xunarmandchilik va savdo qo‘llab quvvatlandi. Isrofganchilik,
mexnatsiz daromad, ayniqsa sutxo‘rlik xarom deb e’lon qilindi.
Dostları ilə paylaş: