Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


- mavzu. Qadimgi dunyo va feodal jamiyati



Yüklə 438,5 Kb.
səhifə2/48
tarix19.12.2023
ölçüsü438,5 Kb.
#185536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
«sanoat marketingi» kafedrasi-hozir.org

1- mavzu. Qadimgi dunyo va feodal jamiyati 

davridagi iqtisodiy bilimlar 


Reja 
1. "Iqtisodiy bilimlar tarixi" ning predmeti, uslubi (metodi) va ilmiy davrlash. 

2. Qadimiy sharq mamlakatlarida iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi.


3. Antik dunyo davlatlaridagi dastlabki iqtisodiy qarashlar. 
4. Arab va g‘arbiy yevropa davlatlarida feodalizm davridagi iqtisodiy
g‘oyalar. 
5. IX-XV asrlarda o‘rta osiyodagi iqtisodiy fikrlar.
6. Xulosa. 


Tayanch ibora va tushunchalar 
Konfutsiylik; boylik taqsimoti; legistlar; daosizm; "Manu qonunlari"; 
"Artxoshastra"; "Buyumning qiymati"; sudxo‘rlik; "Gapiruvchi qurollar";
"Ekonomika"; "Xrematistika"; "Buyuk Ipak Yo‘li"; A.Temur davrida yer 
egaligining besh ko‘rinishi; A.Navoiy savdogarlarning ikki guruxi va boylikni
orttirishning ikki yo‘li to‘g‘risida. 
1 "Iqtisodiy bilimlar tarixi" ning predmeti, uslubi (metodi) va ilmiy 

davrlash. 
"Iqtisodiy bilimlar tarixi" fanning predmeti bo‘lib, ma’lum davrlardagi u 
yoki bu sinflar ijtimoy qatlamlar insonlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy
g‘oyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashuvining tarixiy jarayoni 
xisoblanadi.
"Iqtisodiy bilimlar tarixi" mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan 
boshlab, to xozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‘oya,
qarash nazariya va bilimlarni o‘z ichiga oladi. 
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa iqtisodiy nazariyasi fani bilan
bevosita bog‘liq. Iqtisodiy tarix ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil 
xarakterga ega. Bu fanni o‘rganish orqali ekonomiks, xalq xo‘jaligi tarixi,
iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalari hamda aniq iqtisodiy predmetlarni 
o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishlarni shart-sharoitlari va
oqibatlarini taxlil etishga katta ko‘mak beradi.
Masalan: bizga bugun yangidek tuyilgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi
fikrlar adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan "Xalqlar boyligi" asarida 
asosan to‘la taxlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiy g‘oyalar esa qadimdan ma’lum,
ularni o‘rganishda eng muximi xayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko‘p 
xollarda Amerikani yangidan kashf etishga xojat q‘olmaydi.




6
Bu fanni o‘rganish metodologiyasi asosida tarixiylik, ob’ektivlik va 


dialektik usuli yotadi.


"Iqtisodiy bilimlar tarixi" ni o‘rganishda ma’lum davrlash tizimidan 
foydalaniladi. Xozircha eng makbo‘l usul ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarning
o‘zgarishiga qarab ish yuritishdir. Chunki qaysi formatsiya ustun, ilgor 
boshqarishning amalga oshirish bo‘lsa o‘sha (masalan, quldorlik yoki
kapitalizm) davrga xos jamiyatning sinfiy tuzilishi iqtisodiy manfaatlari va 
boshqalar yotadi.
Quldorlik va feodalizm davrida g‘oyalarning tarqalishi (migratsiyasi) juda 
qiyin bo‘lgan. Shuning uchun bu davrlardagi iqtisodiy fikrlarni mamlakatlar
miqyosida alohida-alohida o‘rganishmoqda. 



Yüklə 438,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin