O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYО-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
«MENEJMENT VA KASBIY TA’LIMI» FAКULTETI
«SANOAT MARKETINGI» KAFEDRASI
Tasdiqlayman
Tosh KTI o‘quv ishlari bo‘yicha
Rektor muovini
dots.Ismailova L.A.
____________________
«____»____________2007
«IQTISODIY BILIMLAR TARIXI»
FANI BO‘YICHA
MA’RUZALAR MATNI
Toshkent – 2007 y
2
Ma’ruza matni “Sanoat marketingi” kafedrasi yig‘ilishida _________
200__ yil protokol № __, ko‘rib chiqildi va bosmaga ruxsat berildi.
Tuzuvchilar: dots.Xasanov R.S.
ass.Usmanova K.A.
Taqrizchilar: TDAI prof., t.f.d. Axmetov K.
TKTI “Sanoat menejmenti” kafedrasi
dots. Sabirova M.P.
3
Mavzular mundarijasi
1-mavzu. Qadimgi dunyo va feodal jamiyati davridagi iqtisodiy bilimlar.
2-mavzu. Merkantilizm va ilk klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi.
3-mavzu. Adam Smit va David Rikardoning iqtisodiy bilimlari.
4-mavzu. Mayda ishlab chiqarish nazariyalarining vujudga kelishi va
XU111-X1X asrlar bo‘sagasida yangi iqtisodiy yo‘nalishning paydo bo‘lishi
.
5-mavzu. Markscha iqtisodiy g‘oyalarning mohiyati va tarixiy taqdiri
6-mavzu. X1X asr oxiri-XX asr boshidagi jaxon iqtisodiy g‘oyalari mohiyati
.
7-mavzu. Sovet davri iqtisodiy bilimlari shakllanishining dastlabki
bosqichlari .
8-mavzu. Xozirgi davr garb iqtisodiy bilimlarning shakllanishi,
rivoji va
ularning makro-iqtisodiy taxlili .
9-mavzu. Jaxon xo‘jaligi to‘g‘risidagi iqtisodiy bilimlar.
10-mavzu.
O‘zbekiston respublikasida erkin bozor iqtisodiyotini
yaratishning konsepsiyalari va uning shakllanish xususiyatlari.
4
Kirish
"Iqtisodiy bilimlar tarixi" kursi iqtisodiy fanlar tizimida muxim o‘rin
egallaydi.
Insoniyat o‘zining ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoy
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Xar bir davrda u yoki bu mamlakatlarda ayrim
shaxslar (olim yoki xokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik
fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalari ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir
xolda shular tufayli davlat
va xalqaro ravnaq topgan, ba’zida tushkunlikka
uchragan. Ana shu iqtisodiy g‘oyalar har tomonlama chuqur o‘rganish, taxlil
etish, ular orasidan umumbashariy
ahamiyatlarini ajratib olib, xozirgi davrda,
ya’ni xayotga tadbiq etish nixoyatda ham nazariy ham foydalidir. Chunki
ulardan ko‘p yillik tajriba mujassamlashgan bo‘ladi.
"Iqtisodiy bilimlar tarixi" kursi iqtisodiyot
mutaxassislari tayorlashda
muxim fan sifatida o‘rganiladi. Iqtisodchi bakalavr yo‘nalishida bu fan uchun
o‘quv rejalarida 54 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, uning 36 soati ma’ruzalardir.
Kafedra tomonidan tayorlangan va qabul qilingan namunaviy dastur bo‘yicha
o‘nta mavzu berilgan. Ushbu dastur asosida ma’ruza matnlari tayorlandi,
kafedra a’zolaridan kat.o‘q.Saipova M.P. ass.Usmanova K.A. kafedra mudiri
dots.Xasanov R.S. lar ishtirok etishdi.
Yordamchi materiallarni tayorlashda prof. Kadirov M.A. ham qatnashdi.
Ma’ruzalar
matnida qadimdan, to xozirgi davrgacha paydo bo‘lgan
iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash va bilimlarning mazmuni, mohiyati,
ularning
evolyusiyasi (rivojlanishi) va bugungi kundagi ahamiyati mantiqiy va tarixiy
ketama-ketlik va namunaviy dastur asosida ifoda etiladi. Mustaqil
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi yoritilgan.
Keltirilgan
materiallarda mavzu, unga oid reja, rejadagi savollarga
qisqacha javob, muxim tushuncha va matnlar ro‘yxati shaklida tuzildi.
Adabiyotlar ro‘yxati oxirida (asosiy va qo‘shimcha) to‘laroq shaklda berildi.