Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»



Yüklə 438,5 Kb.
səhifə20/48
tarix19.12.2023
ölçüsü438,5 Kb.
#185536
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
«sanoat marketingi» kafedrasi-hozir.org

Nazorat va muloxaza savollari 
1. Mayda iqtisodiyot nazariyotchilariga xos xususiyatlar nimalardan 
iborat?
2. S.Sismondining metodologiyasiga xos xususiyatlar nimalardan iborat? 
Uning fikricha boylikning manbai nima?
3. S.Sismondi kapitalizmni qanday tarzda tankid qildi? 
4. Prudon o‘z ta’limotida qanday iqtisodiy muammolarga e’tibor bergan?
5. J.B. Seyning asosiy iqtisodiy g‘oyalari nimadan iborat? Qiymat tushun 
chasi nima bilan almashtiriladi?
6. T.r.Maltusning iqtisodiy ta’limoti, uning «Axoli nufusi» nazariyasi 
mohiyatini tushuntirib bering.

Adabiyot 
Asosiy adabiyot 
1. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., O‘zbekiston,1998.
2.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., TDIU, 2000. 
3.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., Fan, 2001.
Qo‘shimcha adabiyot 
1.Anikin A.V. Yunost nauki. M., Politizdat, 1985.




36


5- mavzu. Markscha iqtisodiy g‘oyalarning mohiyati 

va tarixiy takdiri

Reja 
1. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart sharoitlari. 
2. K.Marks va F.Engels iqtisodiy g‘oyalarining mohiyati.
3. V.Leninning sotsialistik jamiyat iqtisodiyoti to‘g‘risidagi g‘oyalari. 
4. Markscha iqtisodiy g‘oyalarning tarixiy takdiri.
5. Xulosa. 
_Tayanch ibora va tushunchalar 

Marksning jamiyat rivoji munosabati; qo‘shimcha qiymat nazariyasi;


Asosiy va aylanma kapital; kapitalning organik tuzilishi; axolining 
absolyut va nisbiy kashshoqlashuvi; monopolistik kapitalizm; "Xarbiy
kommunizm"; yangi iqtisodiy siyosat. 
1.Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari. 

Angliya, Fransiya, Germaniya kabi Yevropa mamlakatlarida X1X asr


boshlaridayok kapitalistik munosabatlar yetakchilik mavkeini egallay boshladi. 
Mashina industriyasi tufayli sanoatning iqtisodiyotdagi urni bekiyos oshdi.
Birok mazkur o‘zgarishlar tekis va ravon amalga oshirilmayotganligi ham 
oydinlasha bordi. 30-40 yillarda vuddistlar va chartistlar (Angliya) xarakati,
1831-1834 yy. Lion (Fransiya) va 1844y. Sileziya (Germaniya) dagi 
to‘quvchilar ko‘zgolonlari bo‘lib utdi. Mexnatkash xalqning kapitalizmga
nisbatan noroziligi va nafrati ko‘payib bordi. Ish vaqtining o‘zunligi, 
maoshning kamligi, mulkiy va sinfiy tabakalashuvning kuchayishi, ishsizlik,
iqtisodiy inkrozlar noroziliklarning sabablari edi.
Ayni paytda, mexnatkashlarning kashshoqlashuvi jarayonini kuchayishi
bilan bir qatorda nisbiy ortiqcha ishlab chiqarish mavjudligi oddiy xolga 
aylanib qoldi. Mavjud ziddiyat va illatlar yechimi A.Smit, D.Rikardo, Sey,
Prudon kabilarning tadqiqotlarida o‘tkinchi va nojiddiy xolda zamonga 
moslashtirish nuktai nazaridan talqin etildi. Xayoliy sotsialistlar (Sen-Simon,
Sharl Fure va R. Ouen) faoliyatida esa, mavjud tuzum negizlarini (xususiy 
mulkchilik, sinfiy tabakalashuv) o‘zgartirmay jamiyatni islox qilish yo‘li
bayon etiladi. 
Mavjud tadqiqotlar ishchilarning kapitalistik munosabatlarga nafrati
bilan bog‘liq muammolar yechimini topishda yetarli bo‘lmay qoldi. Bu esa 
kapitalizm tubdan islox qilish sohasidagi yangi tadqiqotlarni yuzaga keltirdi.




37


K.Marks va F.Engels asarlarida bunday tadqiqot amalga oshiriladi.
V.I.Lenin esa markscha g‘oyani kapitalizm rivojining keyingi boskichiga 
bog‘lab rivojlantiradi.

Yüklə 438,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin