Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


 Simond de sismondning iqtisodiy qarashlari va uning nazariyasi



Yüklə 438,5 Kb.
səhifə16/48
tarix19.12.2023
ölçüsü438,5 Kb.
#185536
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
«sanoat marketingi» kafedrasi-hozir.org

2. Simond de sismondning iqtisodiy qarashlari va uning nazariyasi. 
Simond De Sismondi (1773-1842) Shvetsariyalik iqtisodchi, fransuz 
klassik iqtisodiy maktabini nixoyasiga yetkazuvchi va ayni vaqtda mayda
ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy maktabi asoschilaridan biridir. U mu’tabar 
protestant pastor oilasida tugilib voyaga yetdi, protestantlar qollegiyasini bitirib
chikdi, jeneva universitetida ukidi. Siyosat bilan unchalik ko‘p vaqt 
shugullanmadi, Fransiya ma’naviy va siyosiy fanlar akademiyasining a’zosi
etib saylandi. S. Sismondi iqtisod va tarix fanlari sohasida katta ishlarni amalga 
oshirib, boy ilmiy adabiy meros qoldirdi. "Tosqani qishloq xo‘jaligining
ko‘rinishi"(1801), "Savdo boyligi yoki siyosiy iqtisod prinsiplari va ularni 
savdo qonunchiligida qullanish to‘g‘risida"(1803), "Italiya respublikalarining
tarixi" (1807), 1818 yilda esa edinburg ensiklopediyasi uchun "siyosiy iqtisod" 
maqolasini tayyorladi. Lekin "Siyosiy iqtisod yangi ibtidolari yoki boylikning
axoli nufusiga munosabatlari to‘g‘risida" (1819) kitobining nashr qilinishi 
uning shuxratini keskin oshirdi. Keyingi yillarda "Siyosiy iqtisoddan etyudlar"
(1837) va fundamental tarixiy asarlar "Fratsuzlar tarixi" (31 tom), "Rim 
imperiyasi qulashining tarixi" va boshqa asarlari nashr qilindi.
S.Sismondi g‘oyalarining shakllanishi sanoat tuntarilishi davri bilan, 
shuningdek, mayda ishlab chiqaruvchilarining iqtisodiy kuchsizlanishi bilan
bog‘liq bo‘lib, bu esa o‘z navbatida kapitalizmni feodalizm o‘stidan, yirik 
mashinalashgan ishlab chiqarishni mayda ishlab chiqaruvchilar o‘stidan
galabasini anglatar edi. S.Sismondi mayda ishlab chiqaruvchilar tomonida turib 
kapitalizmni tankid qilib, mayda tovar ishlab chiqarishga kaytishni orzu qildi.




27


Sismondi odamlar baxt va tenglikni ta’minlash uchun birlashadilar, degan
fikrga asoslandi. Olim klassik maktab g‘oyalarini qo‘llaydi, ammo 
taksimotning ko‘pdan-ko‘p muammolari xususida o‘z fikrini bildirdi.
Kapitalni, inkirozlarni, maxsulotni realizatsiya qilish masalalarini tadqiq etadi, 
jamiyatni o‘zgartirishni mayda burjuacha dasto‘rini ilgari suradi. A. Smitning
ta’limotida qiymat va boylikning birdan-bir manbai mexnat deb taxlil qilingan 
edi. Zarur ish vaqti tushunchasi birinchi bor joriy etildi. Sismondi pul-ichki
qiymatga ega bo‘lgan mexnat maxsuloti va shu sababli u qiymatning umumiy 
mezoni tarzida namoyon bo‘ladi, degan to‘g‘ri xulosa chiqaradi. Pulning
kadrsizlanishi ortiqcha kogoz pullar muomalaga chiqarilishi xaddan ortib 
ketishining natijasi, deb talqin etiladi. Ammo u pulning vujudga kelish
jarayonini, uning vazifasini tadqiq etmaydi. Sismondi iste’mol qiymati bilan 
qiymat o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko‘ra bilgan bo‘lsa ham, ammo uning
mohiyatini tushunmadi. U qiymatdan chetga chikishni qiymat qonunining 
buzilishi deb xisoblaydi.
S.Sismondi ta’biricha, ijtimoy fan ikki qismdan: oliy siyosat va siyosiy 
iqtisoddan iborat. Agar siyosat davlat tarkibini qanday vujudga kelishini
o‘rgatsa, fukarolarni diyonat va din to‘g‘risida tarbiyalash, siyosiy iqtisod 
xo‘jalikni qanday boshqarishni, ijtimoy tartibni saklashni xukumatga tavsiya
qilishi kerak. 
Umuman, siyosiy iqtisod-ma’naviy fan bo‘lib, u odamlarni xis tuygulari,
extiyojlarini va extiroslarini o‘rganishi kerak. S.Simondining fikricha 
"Odamlarning moddiy farovonligi, inson tabiati" siyosiy iqtisod predmeti
bo‘lishi kerak, "Odamlarning moddiy farovonligi esa" davlatga bog‘liq, 
S.Sismondi siyosiy iqtisod predmetini davlatning iqtisodiy siyosati bilan aini
bir narsa deb biladi, uni sinflardan ustun turadigan fan deb talqin etdi. U ishlab 
chiqarish munosabatlari, iqtisodiy qonunlarni bilish zarurligini inkor qiladi. U
insonning fe’l-atvorini birinchi o‘ringa kuydi. 
S.Sismondi uslubiyatiga kuyidagilar xosdir: 1) Ijtimoy-iqtisodiy
jarayonlarni sub’ektiv-idealistik talqin etish; 2) Ilmiy abstraksiya usulining 
yo‘qligi; 3) Tarixdan tashqari yondashuv; 4) Ayirboshlash konsepsiyasi
ustunligi. Mayda ishlab chiqaruvchilar nazariyatchisi bo‘lgan S.Sismondi 
iqtisodiy qonunlarning sub’ektiv xarakterini tan olmadi. U kapitalistik
iqtisodiyot notekis rivojlanishini xakli ravishda ko‘rsatgan bo‘lsa ham, bu narsa 
iqtisodiy qonunlar amal qilinishining o‘ziga xos tarzida namoyon bo‘lishi
ekanini ko‘ra bilmadi. 
S.Sismondi klassik maktabga qarama - qarshi ularoq, mayda tovar ishlab
chiqaruvchilarning xonavayron bo‘layotganligini "Ortiqcha" axoli paydo 
bo‘laetganini,
mashinalar 
ishchilarni 

sikib
chiqarayotganini 


ko‘rsatdi.S.Sismondi klassik maktabning inkirozlar bo‘lishi mumkin emas va




28


kapitalizm ziddiyatlar nima ekanligini bilmaydi degan muloxazalarini tankid
qildi. Uning tarixiy xizmati mana shundan iborat. 
Olim o‘z g‘oyasini isbotlashda ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi
tafovutni 1-o‘ringa qo‘yadi. Yirik ishlab chiqaruvchilar iste’moli pasayadi, 
oqibatda mamlakat va dunyoda inqiroz ro‘y beradi, deydi u. Shuning uchun
yirik ishlab chiqarishni tuxtatish va mayda ishlab chiqarishga kaytishni taklif 
etadi, kapitalizmni inkor etadi.
S.Sismondi yakka tartibdagi daromadlardan, boyliklardan olingan foyda va 
ishchi ish xaqining yigindisi bo‘lgan daromad muammosiga utadi. Bu milliy
daromad bilan yalpi maksulotni aynan bir narsa deb bilganligi uning asosiy 
nazariy xatosidir. Agar u birlamchi maxsulotda A.Smit izidan borib, uch
qismdan: xom material va mexnat kurollarining urni koplanishini, ish xaqi va 
foydani ajratgan bo‘lsa yigindi maxsulotda faqat sunggi qismni ajratadi.
Doimiy qism yo‘q bo‘lib ketadi. Kapital deganda S.Sismondi ishlab chiqarish 
zapaslarini (ishlab chiqarish vositalarini) tushunadi. U kapital jamgarilishini
tejamkorlik bilan boglaydi, S.Sismondi asosiy (mashinalar, ish kurollari) va 
aylanma (uruglik, xomash’yo, ish xaqi) kapitalini bir-biridan ajratib
A.Smitning hamma xatolari va yutuklarini takrorlaydi. U kapitalni doimiy va 
o‘zgaruvchi kapitalga ajrata bildi. Oxir oqibatda Sismondi kapitalni milliy
daromaddan farqini izoxlay olmadi va uning o‘stiga Smitning shu ikki 
o‘rtadagi tafovo‘tini nazariy jixatdan isbotlash yo‘lidagi intilishlarini pisand
qilmay, orqaga kadam tashladi. 
"Uchinchi shaxslar" nazariyasi Sismondi nazariy qarashlarida asosiy
o‘rinni egallaydi, u ishlab chiqarish va ijtimoy daromad xajmlarining birligini 
ijtimoiy maxsutotni to‘la-tukis realizatsiya qilishning asosiy sharti deb
xisoblaydi. "Uchinchi shaxslar" yana mayda ishlab chiqaruvchilarga madad 
berishiga umid boglaydi, turli mamlakatlarning xukumatlariga murojat etib,
ularning kapitalistik rivojlanishini to‘xtatsinlar, deb suraydi (masalan, 
napoleondan) jamiyat mayda ishlab chiqarishga kaytgan takdirdagina guyo mul
-qulchilik boshlanar emish (mulkni bo‘lish kerak). 
Ishlab chiqarish bilan taksimot o‘rtasidagi ziddiyatni shaxsiy istemolning
takror ishlab chiqarish jarayonlari uchun muximligini tan olganini Sismondi 
o‘rtaga tashlagan konsepsiyaning ijobiy jixatidir.
Sismondi kapitalistik yo‘ldan voz kechishni taklif qildi. Kapitalizmni 
tartibga solishga, ishchilar bilan kapitalistlar o‘rtasidagi patriarxalchilik
munosabatlarini o‘rganishga, ishchilarni foydani taksimlashda katnashtirishga 
ishsizlar, invalidlar xaqida gamxurlik qilishda va buning uchun maxsus
fondlarni vujudga keltirishga, mayda ishlab chiqarishni saklab qolish va 
qo‘llab-quvvatlashga, manufakturagacha bo‘lgan yirik mulkchilikni ko‘p sonli
kapitalistlar o‘rtasida taqsimlashga chaqirdi. U yo‘llanma ishchilarni ham 



29


mulkdorlar safiga kushishni orzu qildi. S.Sismondi davlatning yordamiga umid
qildi.

Bu g‘oyalar insoniy jixatdan soglom, ammo amalga oshmas fikr edi.


Uning ijtimoiy tadbirlar dasturi reaksion - xayolparastlik xarakteriga ega. 
S.Sismondi ob’ektiv tarixiy jarayonga tuskinlik qilishga o‘rinadi. O‘z
muloxazalarini Fransiyada xali ham kuchli bo‘lgan feodal tuzum 
ximoyachilariga qul kelishini sezmaydi.

Yüklə 438,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin