Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


A.Smitning iqtisodiy g‘oyalari. Uning «xalqlar boyligi» asaridagi



Yüklə 438,5 Kb.
səhifə12/48
tarix19.12.2023
ölçüsü438,5 Kb.
#185536
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
«sanoat marketingi» kafedrasi-hozir.org

2. A.Smitning iqtisodiy g‘oyalari. Uning «xalqlar boyligi» asaridagi 

iqtisodiy qarashlar. 
A. Smit (1723-1790) Shotlandiyaning kerqoldi shaxrida bojxona 
chinovnigi oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim
oldi.

1759 yilda o‘qigan leksiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga


bagishlangan o‘zining birinchi «Axlokiy xissiyot nazariyasi» kitobni yaratdi. U 
1766 yilda o‘zining bosh asari –« Xalqlar boyligining tabiati va sabablari
to‘g‘risidagi tadqiqot»ni yozishga kirishdi. Bu asar 1776 yil martda Londonda 
chop etildi. Smitning bu asari 5 kitobdan iborat bo‘lib, birinchisida qiymat va
qo‘shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida – kapital 
jamgarilishining shakllanishi davrida yevropaning iqtisodiy rivojlanishi,
uchinchisida 

kapitalizm 

taraqqiyotining


tarixiy

shart-sharoitlari,


turtinchisida- Merkantilizm va fiziokratlarning bilimlariga munosabati, 
beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. A.Smit tomonidan tadqiq
etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat orasidagi munosabatlar klassik 
(mumtoz) maktab qarashlarining asosini tashqil etdi. Bunda «Iqtisodiy odam»
tushunchasi keninrok paydo bo‘lishiga qaramasdan, uning kashfiyotchilari 
A.Smitga tayanganlar.
Smit o‘z asarlarida va tadqiqotlarida odamlar ba’zi bir shunday tabiiy 
xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog‘liq emas, degan xulosaga
asoslandi. Ana shunday xususiyatdan biri Egoizm bo‘lib, odamlar o‘z xo‘jalik 



19


faoliyatlarida unga amal qiladilar. Xar bir odam o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zda
tutadi, ammo bu xolatda ko‘p boshqa xolatlardagi kabi, u «Ko‘rinmas qul» 
tomondan uning niyatida ham bo‘lmagan maksad sari yo‘naltirildi.
Smitning ta’rificha foyda ketidan kuvish va raqobat butun jamiyatga naf 
keltiruvchi faoliyat deb qaraladi (Sho‘rolar davrida, markscha-Lenincha
g‘oyada tankid qilinar edi). 
A.Smit kapitalistik jamiyatni tabiiy tuzum bilan bir deb tushungan,
shuning uchun kapitalistik munosabatlar adabiy, kapitalistik xo‘jalik 
namoyandalarining xususiyatlari odamning tabiiy xususiyatlari kabidir, deb
izoxlaydi.bu fikrni bozor munosabatlariga ham tadbiq etish mumkin. 
A.Smit abstraksiya usulidan foydalanib qator chuqur ilmiy xulosalarga
keldi, xodisalarning ichki boglanishi masalalariga kirib bordi. Shunga parallel 
ravishda u boshqa yo‘ldan ham bordi, kapitalistik xaqikat to‘g‘risidagi bevosita
ko‘zatish natijalarini umumlashtirdi. Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - 
ekzoterik usullar deb ataladi.
Mexnat taksimoti va pul to‘g‘risidagi ta’limot. Smit o‘z davri uchun mos 
ravishda manufakturani ishlab chiqarishning eng ilgor shakli deb baxolaydi,
uning tarixan utkinchiligini tushunmaydi. A.Smitning iqtisodiy qarashlari 
asosida shunday g‘oya yotadiki, unga ko‘ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish
jarayonida mexnat tufayli paydo bo‘ladi. A.Smit mexnatni barcha sohalarda 
(sanoat,qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalari) boylikning asosi deb
biladi. U kapitalistik ishlab chiqarishning manufaktura boskichini taxlil qilish 
asosida iqtisodiy progress (taraqqiyot) ning muxim omili mexnat taksimotidir,
degan xulosaga keldi. Birinchidan, mexnat taksimoti tufayli ayrim 
ishchilarning chakkonligi va moxirligi oshadi. Ikkinchidan, bir turdagi ishdan
boshqasiga o‘tish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi. Uchinchidan, mexnat 
taksimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tugdiradi, ya’ni takrorlanadigan
jarayonlar mashina qullashga qulaylik yaratadi. 
A.Smit asarida mexnat taksimotining salbiy tomonlari ham berilgan (bir
xil mexnat, toliqish…) manufakturadagi mexnat taksimoti va endigina 
rivojlanib kelayotgan mashina sanoatining salbiy oqibatlari ham tan olinadi.
Smit tovar dunyosida pulning stixiyali ravishda, uzoq rivojlanish jarayoni 
natijasida ajralishini ko‘rsatib berdi. Smit pulning muomala vositasi
funksiyasini boshqalarga nisbatan alohida ta’kidlaydi. Oqibatda Smitning 
fikricha, pul texnik kurol bo‘lib, iqtisodiy jaraenlarni yengillashtiradi, uni
«Muomalaning buyuk gildiragi» deb baxolaydi. A.Smit qiymatning mexnat 
nazariyasini V.Pettining nazariyasiga nisbatan ancha chuqur va to‘larok ishlab
chikdi. A.Smit qiymatni daromad bilan ham tenglashtirishga o‘ringan. U 
aytadiki, ish xaqi, foyda va renta xar qanday daromadning, xuddi shuningdek
xar qanday almashuv qiymatining dastlabki uch manbaidir.



20


Demak, Smit kapitalizmiga xos yana bir qiymat- daromad nazariyasini
uylab topdi, bu yerda daromad ish xaqi darajasi, foyda, renta bilan aniklanadi. 
Qiymatni daromadlar asosida tushuntirish olimning qiymatning mexnat
nazariyasiga qarama - qarshidir. 
Daromadlar to‘g‘risidagi ta’limot
A.Smit jamiyat a’zolarining ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan 
munosabatlariga ko‘ra uch sinfni ajratib berdi: ishchilar, kapitalistlar va yer
egalari. Xar bir sinf o‘zining asosiy daromadini: ishchilar, ish xaqini, 
kapitalistlar foydani, yer egalari esa rentani oladilar. Ular o‘rtasida
nomuvofiklik yo‘q. Ish xaqi, ya’ni ishchining daromadi Smitning fikri bo‘yicha 
mexnat maxsuloti bo‘lib, mexnat uchun to‘lanadigan tabiiy mukofotdir, oddiy
takror ishlab chiqarishda ham mexnat xaqi mavjuddir. U oddiy ishlab 
chiqaruvchi bilan yollanma ishchining daromadlarini bir deb bildi. U oddiy
takror ishlab chiqarishda «Ish xaqi» ishchining butun mexnat maxsulotiga teng.
Smit ta’limotida ishchi kuchi degan kategoriya yo‘q, u kapitalist va ishchi
o‘rtasidagi munosabatda ishchi kuchi sotilishi jarayonini tushunmagan. Ammo 
ish xaqining normal darajasini aniklashda u amalda ishchi kuchining
qiymatidan foydalangan, ish xaqining miqdori to‘g‘risida gap borganda esa 
tirikchilik xarajatlari qiymati xisobga olinishi kerak, deydi. Smit foyda normasi
va protsent (foiz)ning past darajasini iqtisodiy rivojlanish va «Millatning 
ravnaki» ko‘rsatkichi deb xarakterladi, ammo foyda normasining pasayib
borish tendensiyasini tushuntirib bera olmadi.
Unumli va unumsiz mexnat to‘g‘risidagi ta’limot.
Smitda bu masala ancha mukammal taxlil etilgan. Fiziokratlarda 
qiymatning manbai u yoki bu konkret mexnat shakllari emas, qaysi sohada
bo‘lishining farqi yo‘q, balki umuman mexnat ekanligini ko‘rsatib berdi. 
Smitning fikricha, qiymat foyda umumiy ijtimoiy mexnat bilan yaratiladi.
Avvalo kapitalga almashuvni, ya’ni foyda yaratuvchi mexnat unumli deb 
e’lon qilinadi, maksadidan kat’iy nazar odamlarning boshqa turdagi faoliyati
unumsiz mexnat xarajatlari deb aytiladi. Unumli va unumsiz mexnatning farqi 
shundaki, birinchisi kapitalga almashtiriladi.
Tovarda o‘z aksini topgan mexnat unumli, xizmat sohalari unumsiz 
mexnat bo‘lib chikadi (marjinalizmda boshqacha fikr). Smitning tasdiklashicha
davlat daromadining deyarli hammasi unumsiz elementlarni ta’minlash uchun 
sarf bo‘ladi, shu sababli jamiyatda bunday guruxlar imkoni boricha kam
bo‘lishi kerak, deydi, ya’ni u arzon davlat tarafdori bo‘lgan, bunga kushilish 
mumkin.
A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni 
asoslashga katta e’tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy erkinlik




21


ta’minlashni, davlatning iqtisodiy xaetga aralashmasligini ta’rifladi, ammo
mamlakat xavfsizligi iqtisodiyotdan ustun, deyiladi. 
Smit merkantilizmga, shu bilan birga savdodagi proteksionizmga (davlat
tomonidan cheklashlar, soliq,bojxona va boshqalar), tashki savdodagi xar 
qanday cheklashlarga qarshi edi, demak erkin iqtisodiyotni qo‘llaydi.
Smit nochor axvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun 
kuyidagi uch omilni ko‘rsatib bergan edi: 1. Mamlakatda tinchlik, osoyishtalik
bo‘lishi va saqlanishi. 2. Me’yoridagi yengil soliqlar tizimi. 3. Davlat 
iqtisodiyot ishlariga xadeb aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda
amalga oshaveradi. 
3.D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti. 
Ingliz klassik iqtisodiyotining mashxur namoyondasi D. Rikardo (1772-
1823) Petti va Smitning iqtisodiy g‘oyalarini yanada rivojlantirdi. U Londonda
burjua dalloli oilasida tugildi. Ikki yil Amsterdam (Gollandiya) da savdo 
maktabida ta’lim oldi. D.Rikardo dastlab birja dalloli, keyinroq matematika
ukituvchisi bo‘ldi. 
Tarixiy manbalarga qaraganda, D.Rikardo 1799 yilda kurortda
A.Smitning "Xalqlar boyligi" asarini ko‘rib qoladi va unda bu fanga ishtiyok 
paydo bo‘ladi. U jamiyat moddiy boyligi o‘sishi uchun ijtimoiy va
taksimotning qanday sharoitlari eng qulay va optimal degan masalaga 
tuxtaladi. Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosi-pul muammosi va kredit,
xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, yer rentasi, xalqaro mexnat taksimoti 
to‘g‘risida fundamental fikrlar berdi.
Smitdan keyinroq yashagan Rikardo sanoat inqilobi natijalarini to‘larok 
tushundi. Uning fikrlari nisbatan teran bo‘lib, klassik iqtisodiyotni nixoyasiga
yetkazdi; u agar A.Smit manufakturasini qullasa, Rikardo sanoat davrining 
iqtisodchisi edi va fabrika afzalligini tushundi. Uning dastlabki «Oltin ajdaxosi
to‘g‘risida uch xat» (1809) va boshqa asarlari pul va muammolarining taxlil 
qilishga bagishlangan. 1807 yilda uning asosiy asari bo‘lgan «Siyosiy iqtisod
va soliq solishning boshlanishi» chop etildi. 1824 yilda yozilgan «Milliy bank 
tuzishning rejasi» asari esa uning vafotidan keyin bosilib chikdi.
Rikardo qiymat qonunini ishlab chikishda Smitning xulosalariga, garchi 
ularni qisman rad etsada, suyandi va ularni rivojlantirdi. U tovarning ikki
faktori: iste’mol va almashuv qiymatlarini yanada anikrok o‘rgandi.
Rikardo Smit kabi qiymatning mexnat nazariyasini kapitalistik ishlab
chiqarish sharoitida qullashda katta qiyinchiliklarga uchradi. Qiymatning ishlab 
chiqarish baxosiga aylanish muammosiga e’tibor berdi va uni xal etishga
o‘rindi. Real xayotda kapitaldan olinadigan foyda shu kapitalning miqdori 
bilan aniklanadi yoki foyda normasi mutaddillashish tendensiyasiga ega.




22


Rikardo ish xaqi, foyda va renta masalalarini yechishga katta xissa
kushdi. U Smit kabi asosiy uch sinfning dastlabki daromadlari masalasiga 
e’tibor berdi. U mexnatni tovar deb (aslida ishchi kuchi tovar) xisoblab
mexnatning bozor baxosi (ish xaqi) tabiiy baxo bo‘ladi va shu atrofda 
o‘zgaradi deb xisoblagan; tabiiy baxo deganda ishchi kuchining qiymatini
tushungan. Rikardo masalaga tarixiy an’analar asosida yondoshishga o‘rinsa 
ham mexnatning tabiiy baxosini jismoniy minimumga tenglashtiradi: masalan,
nonning baxosi va ish xaqining pul miqdori o‘rtasida bevosita bog‘liqlik bor, - 
deydi u,- agar nonning baxosi oshganda ish xaqi o‘zgarmasa ishchilar och
qoladi va ulimga maxkum etiladi. Rikardo pul va pul muomalasi masalalariga 
katta e’tibor qildi. U dastlabki asarlarida pulni ichki qiymatga ega bo‘lgan
tovar deb qaragan. Pul qiymati uni topishga sarf qilingan mexnat bilan 
aniklangan
Rikardo pulning xususiyati shundaki, u alohida tovar, boshqa tovarlarning 
qiymat ulchovi va muomala vositasi sifatida xarakat qiladi,- deydi.
Rikardo angliyaning tashki aloqalar iqtisodiyotida katta rol uynashini 
alohida o‘rgandi. U birinchilardan bo‘lib ayrim tovarlarni ishlab
chiqarishdagina emas, (korxona doirasida), balki mamlakatlar o‘rtasidagi 
xalqaro mexnat taksimoti va ixtisoslashuvining foydaliligini ishlab chikdi. Bu
tamoyil ko‘ra, ayrim mamlakatlar tovarlarni ishlab chiqarishda ayrim 
qiyinchiliklarga ega bo‘ladi va kam xarajat sarf qilinadi. Nisbiy ustunlik
nazariyasini yaratdi. Misol sifatida Angliyada tekstil, Portugaliyada vino ishlab 
chiqarish ustunligini isbotlab berdi.
Rikardoning 1815 yilda yozilgan «Nonga bo‘lgan past baxoning kapital 
foydasiga bo‘lgan ta’siri to‘g‘risidagi tajriba nomli pamfletida sinflarning
iqtisodiy munosabatlari va kapitalizm rivojlanish nazariyasi kiska, ammo lunda 
tarzda bayon etilgan. Uning asosiy xulosalari kuyidagilardan iborat: agar
iqtisodiyot rivoji o‘z xoliga kuyilsa, axolining o‘sishi va kam unumdor yerlarga 
ishlov berilishiga o‘tishi tufayli qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining baxosi oshib
boradi.buning barcha foydasi yer egalari bo‘lgan lendlordlarga utadi. 
Vaxolanki, kapitalga bo‘lgan foyda normasi pasayadi. Bundan esa
ishchilar ham ziyon ko‘radi, chunki ularning mexnatiga talab pasayib boradi. 



Yüklə 438,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin