Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»



Yüklə 438,5 Kb.
səhifə11/48
tarix19.12.2023
ölçüsü438,5 Kb.
#185536
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
«sanoat marketingi» kafedrasi-hozir.org

Nazorat va muloxaza savollari 
1. Merkantilizm ta’limotining mazmuni va uning boskichlari, umumiylik va 
farqlari nimadan iborat?
2. Merkantilizm bo‘yicha boylikning asosi nima? 
3. Merkantilizm ta’limotining asosiy namoyandalari kimlar?
4. Merkantilizm ta’limotining tarixiy ahamiyati va takdiri. 
5.Klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining shart-sharoitlari. Bu
maktabning merkantilizmdan asosiy farqi nimadan iborat? 
6. V.Pettining iqtisodiy qarashlari, uning uslubi.
7. «Fiziokratizm» so‘zining mazmuni va bu ta’limotning muxim 
xususiyatlari nimadan iborat?

Adabiyot 
Asosiy adabiyot 
1. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., O‘zbekiston, 1998.
2.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., TDIU, 2000. 
3.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., Fan, 2001.
Qo‘shimcha adabiyot 
1. Blaug M. Ekonomicheskie misli v retrospektive. M., delo, LTD, 1994.



17


3-mavzu. Adam Smit va david Rikardoning iqtisodiy bilimlari

Reja 
1.A.Smit va D.Rikardo g‘oyalari shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari. 
Klassik iqtisodiy maktabning to‘la shakllanishi.
2.A.Smitning iqtisodiy g‘oyalari. Uning «Xalqlar boyligi» asaridagi 
iqtisodiy qarashlari.
3. D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti. 
4.Smit va Rikardo ta’limoti va xozirgi zamon.
5. Xulosa. 


Tayanch ibora va tushunchalar 
A.Smit; «Ko‘rinmas qul»; qiymatning mexnat nazariyasi; mexnat 
taksimoti; pul va daromadlar to‘g‘risidagi bilimlar; unumli va unumsiz mexnat;
Smit dogmasi; 
D.Rikardo; qiymat qonuni; ish xaqi; foyda renta masalari; nisbiy ustunlik
prinsipi. 
I.A.Smit va D.Rikardo g‘oyalari shakllanishining tarixiy shart 

sharoitlari. Klassik iqtisodiy maktabning to‘la shakllanishi. 
XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi choragida Buyuk 
Britaniyada boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy g‘oyalarning rivojlanishi
uchun nixoyatda qulay sharoitlar yuzaga keldi, bu g‘oyalar A.Smit va 
D.Rikardo bilimlarida o‘z aksini topdi. Ular tomonidan yaratilgan ta’limot
ingliz klassik iqtisodiyotining asosi bo‘ldi va jaxon iqtisodiyoti fikriga katta 
ta’sir ko‘rsatdi. Bu olimlar o‘zlaridan oldingi merkantilizm, ilk klassik maktab
va fiziokratizm g‘oyalarini mukammal o‘rganib, shular asosida yangi iqtisodiy 
maktabning shakllanishini nixoyasiga yetkazdilar. Klassik maktabning
shakllanishida ayniqsa sanoat inqilobi katta rol uynadi.
R.Xeylbroner va L.Turoularning fikriga ko‘ra, shu davrda bozor jamiyati
vujudga keldi. Bu tizimda kapital bozori paydo bo‘ldi va ishlab chiqarishda 
doimo boylik oqimi, ya’ni banklar va boshqa moliya kompaniyalari tomonidan
tashqil etiladigan jamgarma va investitsiyalar oqimi vujudga keladi, karz 
oluvchilar bu boyliklardan foydalanganliklari uchun foiz to‘laydilar.
Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan mexnat sarflari, 
yer va kapitallar ishlab chiqarish omillari deb ataladi. Kapitalizmgacha ishlab
chiqarish omillari umuman bo‘lmagan, degan xulosa chiqariladi. Albatta inson 
mexnati, tabiiy resurslar, shuningdek yer va ishlovchilar san’ati doim bo‘lgan,
ammo mexnat, yer va kapital tovar emas edi. Qanday qilib, xak to‘lanmaydigan 
mexnat, renta puli keltirilmaydigan yer va shaxsiy xazina ishlab chiqarish
omiliga aylanib qoldi? Bu kapitalistik tuzumni keltirib chiqargan inqilob bilan 
bog‘liq. O‘z yerlaridan maxrum bo‘lgan ijarachilar shaxarlarga ketishga va u




18


yerda o‘z ishchi kuchini ishlab chiqarish faktori sifatida sotishga majbur edilar.
Bozor jamiyati uchun xayotiy zarur bo‘lgan ishlab chiqarish omillari tarixiy 
o‘zgarishlar tufayli yuzaga keldi. Oqibatda mexnat tovarga aylandi, yer
kuchmas mulk bo‘lib qoldi. Ammo kapitalizmning iqtisodiy erkinligi ba’zilar 
uchun yutuk, ko‘pchilik uchun esa qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Bozor
tizimi bir tomondan ishonchsizlik, azob-ukubat sababi bo‘lsa, shu vaqtning 
o‘zida taraqqiyot, imkoni va yutuklari manbai hamdir.
XVIII asrning ikkinchi yarmida «Texnik yo‘nalishda» gi ishbilarmonlar 
guruxi iqtisodiyot tarixida butunlay yangi insonlarni vujudga keltirdi.
Sanoat inqilobi dastlab yengil sanoat, xususan, tukimachilik sohasida 
boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nixoyalandi, J.Key
tukimachilik moqkisini, 1733 yilda J.Xargrivs o‘z kizining nomi bilan atalgan 
«Jenni» mexanik to‘quv dastgoxini kashf etdi, sanoat inqilobi iqtisodiyot va
ijtimoiy xayotga keskin o‘zgarishlarga olib keldi.1701-1802 yillar oraligida 
tukimachilik rivoji tufayli Angliyada paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga
usdi.

1788-1838 yillarda cho‘yan eritish 68 ming tonnadan 1347 ming


tonnagacha oshdi. 



Yüklə 438,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin