31
Sen-Simon yangi ijtimoiy tashqilotni vujudga keltirishda ayniqsa sanoatda
anarxiyaga (xoqimyatsizlikka) yo‘l kuymaslikka va reja asosidagi markaziy
boshqaruvga katta e’tibor berishni taklif qiladi.
Sen-Simonning yangi industrial sistemasida xususiy mulkchilik, kapital
jamgarish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari xali mavjud edi. Bu esa o‘z
navbatida umumxalq mexnatiga asoslangan rejali keng ishlab chiqarishni inkor
etadi.
Sen-Simon asarlarining asosida kapitalizmni tankid qilish yotadi. U ishlab
chiqarish va taksimotdagi anarxiyani, raqobat, xalq ommasi kashshoqlashuvi
va ishchilarning ayanchli axvoldaligini kapitalizm illati deb xisoblaydi.
Fratsuz xayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyondosi fransua mari
sharl furedir (1772-1837). Sh.Fure o‘zining «to‘g‘ri xarakat va mushtarak
takdirlar nazariyasi», «umumiy birlik nazariyasi», «savdo kallobligi xaqida»,
«yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo» nomli asarlari va qator maqolalarida
kapitalistik jamiyatni keskin tankid qildi va ijtimoiy adolatli jamiyat barpo
etish dasto‘rini ishlab chikdi. Uning tasvirlashicha, inson o‘zi yashayotgan
jamiyatning barcha yaramas illatlaridan tozalanishi lozim, shunday ijtimoiy
tuzum urnatish kerakki, bu tuzum inson kamol topishiga, extiroslarini tulik
namoyon qilishga, extiyojlarini kondirishga imkoniyat bersin.
Fure sistemasida xususiy mulkni saklagan xolda, jamiyat falangalari
bo‘linadi. Barcha daromad 12 qismdan iborat bo‘lib, uning 5 qismi kapital
egasiga, 4 qismi ishchilarga va 3 qismi yaxshi ishlaganlarga mukofot sifatida
berilishi kerak.
Akliy va jismoniy mexnat (sanoat va k.x.) Almashib turadi. Birgalashib
ovqatlanish, bolalarni tarbiyalashda jamiyat roliga alohida e’tibor beriladi.
Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishn robert
Ouen (1771-1858) xayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liqdir. U shimoliy uelsda
xunarmand oilasida dunyoga keldi. Maktabni tugatgach, o‘zi mustaqil
shugullangan, yoshlik yillaridayok mexnatkashligi, tadbirkorligi bilan ajralib
to‘rgan. R.Ouen 1800 yildan boshlab, yigiruv korxonasida boshqaruvchi
bo‘lgan. Usha yillarda insoniyatni kutkarishni maksad qilgan, unda
isloxotchilik g‘oyalari shakllandi. Biroz keyinroq (1820 yildan boshlab)
xayoliy sotsializmga xos bo‘lgan fikrlar va tashvikotga asosiy e’tiborni qaratdi.
R.Ouenning «jamiyatga yangicha qarash yoki xarakterni shakllantirish xaqida
tajribalar», «yangi axlokiy dunyo kitobi», «adolatni almashuv bozori», «ulug
milliy xunar ittifoki» asarlarida uning sotsialistik loyixalari bayon etilgan.
R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, u
fratsuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o‘z nazariyalarini yaratishda
Rikardoning qiymatning mexnat nazariyasiga tayanadi. Qiymatning asosiy
manbai deb mexnatni xisobladi. Xususiy mulkka qarshi chikadi.
32
R.Ouen qiymatning sunggi ulchovi bo‘lmish puldan voz kechib, mexnat
xarajatlarining ekvivalenti sifatida – «ishchi pullarini» joriy etishni taklif etadi.
U kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan to‘zib, «ishlab chiqarish
uyushmalarini» tashqil etishga xarakat qildi.
R.Ouen birinchilar sifatida t.maltusning «axoli nufusi» qonuniga qarshi
chikdi. U mexnatkashlarning og‘ir axvolga tushib qolishlariga axoli soni ortib
borishi emas, balki mavjud maxsulotlarning adolatsiz taksimlanishini sabab
qilib ko‘rsatadi.
R.Ouen xayoliy sotsializmi va uning isloxotchilik faoliyati qarama - qarshi
xarakterdadir. U ishchilarning manfaatlarini ximoya qilib, boylik mexnatda
yaratiladi deb ko‘rsatish bilan birga, ayni vaqtda ishchilarga e’tiborsiz passiv
rol belgilaydi, kapitalistlarni esa asosiy kamchiligi konikarsiz tarbiyada deb,
ularni oqlashga xarakat qildi.
Dostları ilə paylaş: