Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


 Nokapitalistik (kapitalizmni chetlab o‘tib) sotsialistik jamiyati



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/49
tarix24.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#70375
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
«sanoat marketingi» kafedrasi


partiyaviylik urnatildi. 
3. Nokapitalistik (kapitalizmni chetlab o‘tib) sotsialistik jamiyati 
ko‘rish nazariyasi va uning tarixiy taqdiri. 
O‘z taraqqiyotida orqada qolgan sobiq mustamlaka xalqlarining 
kapitalizmga qadar tuzumdan uni chetlagan xolda yangi tuzum tomon 
borishlari uchun moddiy - texnik, sotsial-iqtisodiy va siyosiy sharoit yaratishga 
qaratilgan inqilobiy o‘zgarishlar yo‘li, nokapitalistik rivojlanish konsepsiyasi 
sifatida ilgari surildi. 
Qoloq xalqlarning kapitalizmni chetlab sotsializmga o‘tishlari ikki asosiy 
xususiyatga ega:
1.Sotsializmni ko‘rib bo‘lgan yoki uni ko‘rayotgan xalqlarga sotsializm 
uchun intilayotgan xalqlarga xar taraflama yordam berishlari kerak. 
2.Qashshoq xalqlarning sotsializm tomon borishi ko‘p pogonali bo‘ladi, 
ya’ni bu xalqlar turli boskichlardan utadi. 
Bu yerda gap markaziy osiyodagi davlatlarda sotsializm ko‘rish 
masalasidir.bu g‘oya Sho‘ro va jumladan, O‘rta Osiyo va Kozogiston olimlari 
tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi. 
O‘zbekistonda asta sekin avvalo qishloq xo‘jaligini, ayniqsa 
paxtachilikni tiklash bo‘yicha talay ishlar amalga oshirildi, ekin maydonlari 
ko‘paytirildi. Yangi sanoat, fabrika-zavodlar ham barpo qilina boshladi. 
Amalda nokapitalistik (kapitalizmni chetlab) rivojlanish yo‘li o‘zini 
oqlamadi. 1985-1990 yillard ro‘y bergan o‘zgarishlar tufayli deyarli barcha 
sotsialistik deb atalgan davlatlar bozor iqtisodiyoti prinsiplariga, yangi 
kapitalizmga kaytishga majbur bo‘ldilar. 


78 
Asosan kapitalistik, ya’ni bozor munosabatlarining yordamida tiklangan 
xalq xo‘jaligini rivojlantirish notabiiy yo‘l bilan davom ettirildi. Iqtisodiyotni 
kat’iy rejalar asosida rivojlantirish ma’qul deb topildi. Asosiy maksad nisbatan 
qolok, asosan, agrar mamlakatda ilgor industrlashgan iqtisodiyotni yaratish edi. 
Buning uchun 1928 yilda yillik rejalar asosida ish yuritildi. Ilgor 
mamlakatlardan 50, xatto 100 yil orqada bo‘lgan xalq xo‘jaligini kiska (10 yil) 
vaqt davomida ilgorlar qatoriga yetqazish yo‘li to‘tildi. Bunda asosiy e’tibor 
og‘ir sanoatga qaratildi. Unga eng ko‘p investitsiyalar ajratildi, oqibatda 
ko‘mir qazish, metal eritish, elektroenergiya xosil qilish mashinasozlik va 
boshqa tarmoqlarga ustuvor yo‘nalishi berildi, xalq iste’mol darajasi past qilib 
saqlandi. Ishchi kuchlarini qishloq xo‘jaligidan sanoatga jalb etish zarur edi. 
Ishchilarning iste’molini va sanoatini xomashyo bilan ta’minlash uchun agrar 
sohani o‘stirish talab etiladi. 
Rejalashtirilgan iqtisodiyotga o‘tilishi bilan (1928-29 - 1932-33 yillar 
uchun) birinchi besh yillik reja qabul qilindi. Bu ikki asosiy o‘zgarishga sabab 
bo‘ldi. 
Birinchidan investitsiyalar va xarbiy xarajatlarning ko‘payishi tufayli 
iqtisodiyotda shaxsiy iste’mol xissasi o‘zgardi (kamaydi). 1928 yil shaxsiy 
iste’mol yalpi milliy maxsulotning 65% ini tashqil etgan. Keyingi 50 yil 
davomida bu ko‘rsatkiyach 50% atrofida bo‘lgan, xolos. 
Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi qollektivlashtirildi. Yer to‘g‘risidagi 
dekret, yer-suv isloxoti bo‘yicha dexqonlarga bo‘lib berilgan yerlar majburan 
qolxoz va sovxozlarga birlashtirildi, aslini olganda dexqonlar yerdan, mol-
mulkidan va asosiy ishlab chiqarish vositalaridan maxrum qilindi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin