80
B) baxolarning erkinligi (baxoni talab va taklif asosida bozor belgilaydi);
V) erkin raqobat (monopologiyaga qarama -qarshi);
G) mulklarning turli tumanligi va ularning xuquqiy jixatdan qonun oldida
tengligi (davlat, xususiy, jamoa mulklari...);
D) davlatning iqtisodiyotga imkoni boricha kamroq aralashuvi va
boshqalar.
Respublikamizning bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi
O‘zbekiston respublikasi prezidenti, akademik i.a.Karimovning asarlari, risola
va nutklarida izoxlab berilgan. O‘zbekistonning tarixiy, milliy, an’anaviy,
eqologik va boshqa sohalardagi tajribalariga asoslanib, Respublikada ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li makbo‘l deb topildi. Bu o‘tish
yo‘li tadrijiy (evolyusion), ketma-ket, boskichma-boskich amalga oshiriladi.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga tez va buxronsiz o‘tishi
uchun qulay sharoitlar anchagina. Bu avvalo siyosiy mustaqillikning
mavjudligidir; xalqimizning boy tajribasi va mexnatkashligi, intelektual
boyligi tufayli xatto ma’muriy-buyruqbozlik davrida ham bozorlar mavjud
bo‘lgan va asosiy talab-extiyojni kondira olgan. Agar ishlab chiqarishga ilgor
texnologiya, Fan - texnika yutuklari joriy etilsa, boy moddiy texnika
resurslarimiz ishga solinsa, xalqimiz va davlatimiz tezda rivojlanib, nisbatan
kiska davr ichida ilgor mamlakatlar qatoriga kushiladi. Bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning "O‘zbek modeli" konsepsiyasi O‘zbekiston respublikasi prezidenti
akademik I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan.
Uning besh tamoyili mavjud:
1.Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi va bunda iqtisodiyotning
mafkuradan xoli bo‘lishi.
2.Davlat bosh isloxotchi.
3.Qonunning hamma narsadan ustun turishi.
4.Kuchli ijtimoiy siyosat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor.
5.Bozorga boskichma-boskich, tadrijiy (evolyusion) yo‘l bilan borish.
Dostları ilə paylaş: