"tasdiqlayman" Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shaxrisabz filiali


=5 m va ko’ndalang kesimining yuzasi S=2 mm2 bulgan simga m=



Yüklə 71,6 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü71,6 Kb.
#203586
1   2   3   4   5
tasdiqlayman Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shaxrisabz f-hozir.org

=5 m va ko’ndalang kesimining yuzasi S=2 mm2 bulgan simga m=5,1 kg massali yuk osildi. Natijada sim x=0,6 mm ga uzaydi. Sim materiali uchun Yung moduli Ye topilsin.
  • 4.44. Uzunligi l=3 m va diametri d=2 sm bo’lgan po’lat tayoqchaga massasi m=2,5-103 kg bo’lgan yuk osilgan. Tayoqchadagi kuchlanish σ hamda tayoqchaning nisbiy ε va absolyut x cho’zilishi aniqlansin.


  • 4.47 Ikkita prujinadan iborat tizimning ular ketma-ket va parallel ulanganlaridagi bikrligi k aniqlansin. Prujinalarning bikrligi k1=2 kN/m va k2 =6 kN/m.


  • 4.51 Uzunligi l=1 m va ko’ndalang kesimining yuzasi S=1 sm2 bo’lgan po’lat tayoqchani x=1 mm ga cho’zish uchun qanday A ish bajarish kerak?


  • 4.52. Prujinani x=1 sm ga siqish uchun F=10 N kuch qo’shish kerak. Agar kuch siqishga proporsional bo’lsa, prujinani x=10 sm ga siqish uchun kanday A ish bajarish kerak?


  • 4.59 m=3,9 kg massali po’lat tayoqcha o’z boshlang’ich uzunligining x=0,001 qismiga cho’zilgan. Cho’zilgan tayoqchaning potensial energiyasi P topilsin.


  • 6.1 Nuqtaning tebranish tenglamasi x=Acosω(t+τ) ko’rinishga ega, bunda ω=π c-1, τ=0,2 s. Tebranishning davri T va boshlangich fazasi φ aniqlansin.


  • 6.2 x=Asinω(t+τ) tenglama bilan berilgan tebranishning davri T, chastotasi υ va boshlang’ich fazasi φ aniqlansin. Bunda bunda ω=2.5π c-1, τ=0,4 s.


  • 6.9 Nuqta x=Acosωt qonun bo’yicha tebranadi, bunda A=5 sm; ω=2 c-1. Nuqtaning tezligi x=8 sm/s bo’lgan momentdagi tezlanishi a aniqlansin.


  • 6.13 Nuqtaning tebranishi x=Acosω(t+φ) qonun bo’yicha ro’y bermoqda. Vaqtning muayyan momentida nuqtaning siljishi x=5 sm, uning tezligi v=20 sm/s va tezlanishi a=8 sm/s2 bo’ldi. Vaqtning ko’rilayotgan momenti uchun tebranish amplitudasi A, burchak chastota ω, davr T va faza (ωt + φ) topilsin.


  • 6.32 m=50 g massali moddiy nuqta tenglamasi x=Acosωt ko’rinishga ega bo’lgan tebranishlarni amalga oshiradi. Bunda A=10 sm, ω=5 s-1. Qo’yidagi ikki hol uchun nuqtaga ta’sir etuvchi kuch topilsin: 1) faza ωt =π/3 bo’lgan moment uchun 2) nuqtaning eng ko’p siljigan holati uchun.


  • 6.36 Prujinaga osilgan m=250 g massali yuk T=1 s davr bilan tik yo’nalishda tebranadi. Prujinaning bikrligi k aniqlansin.


  • 6.37. Urama prujinaga yukcha osdilar, buning natijasida prujina x=9 sm ga cho’zildi. Agar yukcha pastga ozroq tortib qo’yib yuborilsa, uning tebranish davri T qanday bo’ladi?


  • 6.40. Uzunligi l=1 m bo’lgan matematik tebrangich liftning ichida o’rnatilgan. Lift a=2,5 m/s2 tezlanish bilan ko’tarilmoqda. Tebrangichning tebranish davri T aniqlansin.


  • 7.1 ξ(x, t)=A cos(ωt-kx) yassi to’lkin tenglamasi berilgan, bunda A=0,5 sm, ω=628 s-1, k=2 m-1 1) tebranish chastotasi v va to’lkin uzunligi λ 2) fazaviy tezlik v; 3) muhit zarralari tebranish tezligining vmax va tezlanishining amax maksimal qiymatlari aniqlansin.


  • 7.4 v = 0,5 kGs chastotali va A=0,25 mm amplitudadagi tovush tebranishlari qayishqoq muhitda tarqalmoqda. To’lqin uzunligi λ =70 sm 1) to’lqinning tarqalish tezligi v 2) muhit zarralarining maksimal tezligi vmax topilsin.


  • 7.12 Bo’ylama qayishqoq tebranishlarning: 1) alyuminiy 2) mis 3) volfram metallarida tarqalish tezligi v topilsin.


  • 7.15 T1=290 K va T2=350 K haroratlarda tovushning havodagi tezligi v aniqlansin.


  • 12.45 Kesimi o’zgaruvchan bo’lgan gorizontal ravishda joylashgan quvurdan suv oqmoqda. Quvurning keng qismida suvning tezligi V1=20 sm/s. Quvurning diametri d2 keng kismining diametri d1 dan 1,5 marta kichik bo’lgan tor qismidagi tezlik V2 aniqlansin.


  • 12.51. Diametri d=2 sm bo’lgan, v=10 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan suv oqimi oqimga tik qo’yilgan harakatsiz yassi sirtga uriladi. Suv zarralarining sirtga urilgandan keyingi tezligini nolga teng deb hisoblab, suv oqimining sirtga bosim kuchi F topilsin.


  • 8.1 1) suvning 2) karbonat angidrid SO2 ning 3) osh tuzi NaCl ning nisbiy molekulyar massasi Mr aniqlansin.


  • 8.3 1) karbonat angidrid 2) osh tuzi molekulalarining massasi m0 aniqlansin.


  • 8.5 Massasi m=0,2 kg bo’lgan azotning modda miqdori ν va molekulalar soni N aniqlansin.


  • 8.9 Sig’imi V=0,5 l bo’lgan kolbada normal sharoitdagi gaz bor. Kolbadagi gaz molekulalarining soni N aniqlansin.


  • 8.20 Ballonda t=100°S haroratli gaz bor. Gazning bosimi ikki marta ortishi uchun uni qanday t2 haroratgacha qizdirish kerak?


  • 8.27 V=12 l sig’imli ballonda karbonat angidrid gazi bor. Gazning bosimi r=1 mP da, harorati T=300 K. Ballondagi gaz massasi aniqlansin.


  • 8.28 Modda miqdori v= 1 kmol bo’lgan r =1 mPa bosimdagi T=400 K haroratli ideal gaz qanday V hajmni egallaydi?


  • 8.31 Harorati T=309 K va bosimi R=0,7 mPa bo’lgan gaz ρ=12 kg/m3 zichlikka ega. Gazning nisbiy molekulyar massasi Mr aniqlansin.


  • 8.32 T=300 K haroratda havodagi to’yingan suv bug’larining zichligi ρ aniqlansin. Shu haroratda to’yingan suv bug’ining bosimi R=3,55 kPa.


  • 8.36 m1=1 kg massali azot va m2=1 kg massali geliy gazlarining aralashmasi normal sharoitda qanday V hajmni egallaydi?


  • 8.42 V=30 l sig’imli ballonda T=300 K haroratda va r=828 kPa bosimda vodorod hamda geliy aralashmasi saqlanadi. Aralashmaning massasi m=24 g. Vodorodning m1 va geliyning m2 massalari aniqlansin.


  • 9.9 Massasi m=58,5 g bo’lgan gaz V=5 l sig’imli idishda saqlanmoqda. Gaz molekulalarining konsentrasiyasi n=2.2*1026 m-3. Bu qanday gaz?


  • 9.10. Sig’imi V=2 l bo’lgan ballonda m=1,17 g massali kislorod bor. Idishdagi molekulalarning konsentrasiyasi n=1,1* 1025 m-3. Shu berilganlar bo’yicha Avogadro doimiysi Na aniqlansin.


  • 9.14. V=30 l sig’imli ballonda T=300 K harorat va r=5 mPa bosim ostida qancha gaz molekulasi bo’ladi?


  • 9.27 Qanday T haroratda kislorod molekulasi vodorod molekulasi T=100 K haroratda ega bo’ladigan < vkv> o’rtacha kvadratik tezlikka ega bo’ladi?


  • 11.1 1) Geliy; 2) vodorod; 3) karbonat angidrid gazlarining solishtirma issikliq sig’imlari sv va sp lar hisoblansin.


  • 11.18 Massasi m=4 g bulgan vodorod o’zgarmas bosim ostida T=10 K ga kizdirilgan. Gaz kengayishining ishi A aniklansin.


  • 11.19. V1=12 l hajmni egallagan R1=100 kPa bosim ostidagi gaz T1=300 K haroratdan to T2=400 K haroratgacha izobarik ravishda qizdiriladi. Gaz kengayishining ishi A aniqlansin.


  • 11.20. Agar m=5 g massali vodorod T=290 K haroratda izotermik ravishda kengayganda uning xajmi uch marta oshgan bo’lsa, bunda qanday A ish bajarilgan?


  • 11.25 ΔT=150 K ga qizdirilgan m=5 kg massali azot V hajmini o’zgarmas saqladi. 1) gazga berilgan issiqlik miqdori Q 2) ichki energiyaning o’zgarishi ΔU 3) gaz bajargan ish A topilsin.


  • 11.27 Hajmi V=50 l bo’lgan kislorodni izoxorik ravishda qizdirilganda uning bosimi Δr=0,5 mPa ga o’zgardi. Gazga berilgan issikliq miqdori Q topilsin.


  • 11.53Aylanma jarayon natijasida gaz A=1 J ish bajardi va sovitkichga Q2=4,2 J issikliq miqdori berdi. Siklning termik FIK η aniqlansin.


  • 12.21 Tkr=126 K kritik haroratdagi v=1 mol modda miqdoridan iborat azotning ichki energiyasi U aniqlansin. Hisoblash V hajmning quyidagi qiymatlari uchun bajarilsin: 1) 20 l; 2) 2 l; 3) 0,2 l; 4) Vk.


  • 12.24 Massasi m=8 g bo’lgan kislorod T=300 K haroratda V=20 sm3 hajmni egallaydi. Kislorodning U ichki energiyasi aniqlansin.


  • 12.25 Modda miqdori v=1 mol bo’lgan neonning hajmi V1=1 l dan V2=2 l gacha izotermik ravishda kengayganda ichki energiyasining o’zgarishi ΔU aniqlansin.


  • 13.1 Vakuumda bir-biridan r=1 m masofada bo’lgan ikkita Q1=Q2=1 Kl nuqtaviy zaryadning o’zaro ta’sir kuchi aniqlansin.


  • 13.6 Ikkita Q1=1 mkKl va Q2=-Q1 nuqtaviy zaryadlar orasidagi masofa 10 sm ga teng. Birinchi zaryaddan r1=6 sm va ikkinchisidan r2=8 sm masofada bo’lgan Q=0,1 mkKl nuqtaviy zaryadga ta’sir etuvchi kuch aniqlansin.


  • 14.1 Q=10 nKl nuqtaviy zaryad o’zidan r =10 sm masofada hosil qilgan elektr maydon kuchlanganligi aniqlansnn. Dielektrik - yog’.


  • 14.5 Ikkita Q1=2Q va Q2=-Q nuqtaviy zaryad bir-biridan d masofada joylashgan. Shu zaryadlardan o’tadigan to’g’ri chiziqda yotuvchi maydon kuchlanganligi Ye nolga teng bo’ladigan nuqtaning o’rni topilsin.


  • 15.1 Maydonning muayyan nuqtasida turgan Q=10 nKl nuqtaviy zaryad P=10 mkJ potensial energiyaga ega. Maydonning shu nuqtasidagi potensial φ topilsin.


  • 15.2. Q=20 nKl zaryadni maydonning ikki nuktasi orasida ko’chirishda tashqi kuchlar tomonidan A=4 mkJ ish bajarilgan. Maydon kuchlarining ishi A1 va maydonning shu nuqtalari orasidagi potensiallar farki Δφ aniqlansin.


  • 15.5 Maydonni Q1=1 nKl nuqtaviy zaryad hosil qilgan. Zaryaddan r=20 sm uzoklikda turgan nuqtadagi maydon potensiali aniqlansin.


  • 15.8 Bir-biridan d=10 sm masofada turgan ikkita Q1=100 nKl va Q2=10 nKl nuqtaviy zaryadlar tizimining potensial energiyasi P hisoblansin.


  • 15.41 Q1=1 mkKl va Q2=0,1 mkKl nuqtaviy zaryadlar bir-biridan r1=10 sm masofada turishibdi. Agar ikkinchi zaryad birinchisidan itarilib undan: 1) r2=10 m; 2 ) r3=∞ masofaga uzoqlashsa, bunda maydon kuchlari qanday A ishni bajaradi?


  • 15.51 Elektron kuchlanganligi E=200 kV/m bo’lgan bir jinsli elektr maydonda turibdi. Agar uning boshlang’ich tezligi nolga teng bulsa t=1 ns vaqtda elektron kanday yo’lni o’tadi? Shu vaqt oralig’ining oxirida elektron qanday tezlikka ega bo’ladi?


  • 15.52 1) Elektronga; 2) protonga v=30 Mm/s tezlik berish uchun qanday U tezlantiruvchi potensiallar farqi kerak bo’ladi?


  • 15.55 Zaryadlangan zarra U=600 kV tezlantiruvchi potensiallar farqidan o’tib v=5,4 Mm/s tezlik oldi. Zarraning solishtirma zaryadi (zaryadning massaga nisbati) aniqlansin.


  • 17.1 R=1 sm radiusli yakkalangan metall sharning elektr sig’imi S topilsin.


  • 17.2 Suvga botirilgan R=2 sm radiusli metall sferaning elektr sig’imi S aniqlansin.


  • 17.6 Qoplamalarining yuzasi S=100 sm2, ular orasidagi masofa 0,1 mm bo’lgan slyudali yassi kondensatorning elektr sig’imi S aniqlansin.


  • 18.1 Elektr sig’imi S=10 pF bo’lgan kondensatorga Q=1 pKl zaryad berilgan. Kondensatorning energiyasi W aniqlansin.


  • 18.4 Havo kondensatori qoplamalari orasidagi tortishish kuchi F=50 mN. Har bir qoplamaning yuzasi S=200 sm2. Kondensator maydoni energiyasining zichligi ω topilsin.


  • 18.13 R=4 sm radiusli φ=500 V potensialgacha zaryadlangan yakkalangan sferaning energiyasi W topilsin.


  • 18.14 Agar diametri d=20 sm bo’lsa, Q=100 nKl zaryad berilgan metall shar elektrostatik maydonining energiyasi W hisoblansin.


  • 19.1. O’tkazgichdagi tok kuchi t=10 s vaqt davomida I0=0 dan I=3 A gacha bir tekisda o’sadi. O’tkazgichdan o’tgan zaryad Q aniqlansin.


  • 19.2. Agar sim U=6 V kuchlanish ostida turgan bo’lsa, uzunligi l=10 m bo’lgan temir o’tkazgichdagi tok zichligi j aniqlansin.


  • 19.14. Xar biri uchtadan ketma-ket ulangan elementlardan iborat bo’lgan ikki guruh elementlar parallel ulangan. Xar bir elementning EYuK E


    Yüklə 71,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin