DMTTga kelgan buyruq va boshqa hujjatlar ijro bo‘yicha masul shaxs D.A.Xalmatova tomonidan o‘z vaqtida rasmiylashtirilib, ijrosi ta’minlandi. Buyruq va tadbirlar ishlab chiqilib, xodimlarga yetkazildi, har chorakda MTBga hisobotlar topshirildi.
DMTT yillik ish rejasi asosida bir yilda to‘rtta pedagogik kengash yig‘ilishi, bir yilda uch marotaba seminar, ikki marotaba umumiy ishlab chiqarish yig‘ilishi, yilda ikki marta ota-onalar yig‘ilishi, har chorakda guruh ota-onalar yig‘ilishi rejasi, har oyda bir marta maslaxat va ishlab chiqarish yig‘ilishlari, mahalla va maktab bilan hamkorlik, ilg‘or ish tajriba, pedagogik jarayonni nazoratga olish, pedagogik jarayonni jamoa bo‘lib kuzatish, o‘tkaziladigan tadbirlar, yosh mutaxasislar bilan ishlash kabi vazifalar belgilangan.
Ta’lim-tarbiya dasturlarining tuzilishi “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi asosida har bir guruh o‘z ish rejasini tuzib oldi va shu reja asosida o‘quv yili davomida faoliyat yurgizildi. DMTT jamoa pedagoglari tomonidan ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida guruhlarda rivojlantiruvchi burchaklar faoliyati yanada jonlantirildi va ta’limiy o‘yinlar, ko‘rgazmalar bilan boyitildi.
Dostları ilə paylaş: |