Mahalla bilan hamkorlikda “Nur” va “ Mir Alisher” mahalla oqsoqoli va faollari bilan uchrashib hamkorlik ish rejasi tuzildi, mahalla hududida yashovchi DMTTga qamrab olinmagan bolalar aniqlandi va ro‘yxati shakllantirildi. DMTTning ota-onalar yig‘ilishiga mahalla faollari taklif etildi. Shu bilan birga mahalla bilan hamkorlikda DMTTda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Maktab bilan hamkorlikda ish reja tuzildi va shu asosida hamkorlik ishlari davom ettirildi. DMTTda tashkil etilgan tadbirlarga maktab o‘qituvchilari taklif etildi.