Tasdiqlayman


Mashg’ulotning tarkibiy qismi (mazmuni)



Yüklə 230,77 Kb.
səhifə8/28
tarix02.01.2022
ölçüsü230,77 Kb.
#1316
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
3. Mashg’ulotning tarkibiy qismi (mazmuni)

3.1. Nazariy qism:

Bemorlarni har daqiqa ahvolini baxolash uchun travmatik shokning quyidagi fazalarini ajratib olish: qaytuvchi kompensaciyalangan shok, qaytuvchi dekompensaciyalangan shok, qaytmaydigan dekompensaciyalangan shok.



O’z-o’zi bilan tushunarliki, har bir bemorda sanab o’tilgan bosqichlar kuzatilishi shart emas. Shu ma’lumki, kompensaciyadan dekompensaciya va qaytmas holat intensivligiga o’tishi, vaqtinchalik kategoriyalarni ko’rinishi, bemorni boshlang’ich holatiga, UAQ miqdori va defitsitini o’sib borishiga bog’liq.Shokning og’irlik darajasini omillarning alohidaligi emas, balki shu omillarning butun majmuasiga bog’liq.

Shokning kompensaciyalangan bosqichi ko’p yoki kam qon hajmini yo’qotilishi bilan ta’riflanadi, bu holat yurak-qon tomir tizimidagi uzgarishlar hisobiga kompensaciyalanadi. Bemor hushi odatda saqlangan, u biroz qo’zg’algan (hayajonlangan) yoki tinch holatda bo’ladi. Teri qoplamlari oqargan, qo’l-oyoqlar muzlagan. Qo’llardagi teri osti venalari bo’shashganligi va ipsimon bo’lishi bilab o’ziga jalb qiladi. Tomir urishi zich, bo’shroq to’ladi. Yurakdan otilib chiqayotgan qon miqdori pasayishiga qaramay arterial qon bosimi pasaymaydi, aksincha ba’zi holatlarda qon-tomirlarni torayishi hisobiga ko’tarilishi mumkin. Pereferik vazokonstrikciya UAQ pasayishi bilan darhol vujudga keladi va katexolaminlarni ajralishi bilan ham bog’liq. Shokning kerakli simptomlaridan biri oligouriya xisoblanadi. Ajralayotgan siydik miqdori yarimidan yoki ko’proq pasayadi (normada 1 min. 1—1,2 ml). Venoz qaytishning kamayganligi sababli MVB pasayadi.Boshlang’ich davrdan boshlab umumiy qon aylanishning 75% gacha kamaysa ham arterial bosimni tushishi kuzatilmaydi. Bu shundan dalolat beradiki, shokning kompensaciyalangan davri uzoq davom etishi mumkin, hattoki qon yo’qotish to’htatilgandan keyin ham.

Yüklə 230,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin