Talabalarni ushbu mavzu bo'yicha o'qitish odam anatomiyasi, topografik anatomiya va operativ hirurgiya, radiologiya, anesteziologiya-reanimatologiya va umumiy jarrohlikda olgan bilimlariga asoslangan. Talabalarning mashg’ulot davomida olgan bilimlari tez tibbiy yordam ko'rsatish, tekshirish uslublari, og’riqsizlantirish turlari, immobilizaciya, rentgen suratlarni tahlil qilish, sinish joyini mahalliy anesteziya qilish, skelet tortishni o'rnatish, gipsli bog’lamlarni tayyorlash, langetali va cirkulyar gipsli bog’lamlarni qo'yishga imkon beradi.