O‘qitish texnologiyasi
O‘qitish davomiyligi: 6,4 soat
|
O‘quv mashg‘ulotining tarkibiy tUTTlmasi
|
- Poliklinikaning o‘quv-tematik xonasi.
- Poliklinikaning UASh xonasi.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
UAVni postxolesistektomik sindrom, operatsiya qilingan meda kasalliklarida optimal davo taktikasini tuzishga, hamda sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini sharoitida bemorlarni “Umumiy amaliyot vrachining kvalifikatsion xarakteristikasi”da ko‘rsatilgan tamoyillar asosida olib borishga o‘rgatish.
|
Pedagogik maqsadlar:
-
Postxolesistektomik sindromning diagnostika masalalarini ko‘rib chiqish.
-
Postxolesistektomik sindrom va operatsiya qilingan meda kasalliklari bo‘lgan bemorlarni namoyish qilish.
-
Postxolesistektomik sindrom, operatsiya qilingan meda kasalliklaridagi klinik, laborator-instrumental ko‘rsatkichlarni muxokama qilish.
-
Postxolesistektomik sindrom, operatsiya qilingan meda kasalliklarida qiyosiy tashxisot o‘tkazish.
-
UASh kvalifikatsion xarakteristikasi doirasida o‘tkaziladigan olib borish tamoyillari masalalarini muxokama qilish.
-
Davolash tamoyillarini muxokama qilish (medikamentoz, nomedikamentoz).
-
QVP yoki OP sharoitida olib borish, kuzatish va bemorlar monitoringini tamoyillarini muxokama qilish.
-
Ushbu xolatlardagi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika masalalarini muxokama qilish.
|
O‘quv faoliyati natijalari:
UASh bilishi kerak:
-
Postxolesistektomik sindrom va operatsiya qilingan meda kasalliklarining sabablari va kelib chiqish mexanizmlari.
-
Postxolesistektomik sindrom va operatsiya qilingan meda kasalliklari klinik kechishi.
-
Postxolesistektomik sindrom va operatsiya qilingan meda kasalliklari diagnostikasi
-
Postxolesistektomik sindrom va operatsiya qilingan meda kasalliklarini qiyosiy tashxislash.
-
Postxolesistektomik sindrom va operatsiya qilingan meda kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dori vositalari, ularning farmakodinamikasi va dozalash.
-
QVP va OP sharoitlarida dispanser kuzatuvi va monitoring qilish tamoyillari.
-
Ushbu xolatlardagi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika tamoyillari.
UASh qila olishi kerak:
-
Postxolesistektomik sindrom va operatsiya qilingan meda kasalliklarining diagnostikasida bemor shikoyatlari va anamnezini taxlil qila olish.
-
Postxolesistektomik sindrom va operatsiya qilingan meda kasalliklarini klinikasi va laborator-instrumental tekshiruvlar orqali tashxislash va qiyosiy tashxislash.
-
Samarasi isbotlangan dori vositasini tanlay bilish.
-
Nomedikamentoz davo tadbirlari bo‘yicha maslaxat berish.
-
QVP, OP sharoitida monitoring o‘tkazish.
|
O‘qitish usuli
|
Usul * aylana stol *; grafik organayzer – baliq skeleti
|
O‘quv faoliyatini tashkillash shakllari
|
Individual, guruxlardagi va jamoa mashg‘ulotlar.
|
O‘qitish vositalari.
|
O‘quv qo‘llanmalari, o‘quv materiallari, bemorlar EKGsi, slaydlar, video va audioyozuvlar, bemorlar kasallik tarixlari.
|
Qayta bog‘lov usullari va vositalari
|
Blis-so‘rov, testlash, o‘quv mashg‘ulotlarini bajarilishi natijalarini prezentatsiyasi, tibbiy kartalarni to‘ldirish, “professional so‘rov” amaliy ko‘nikmasini bajarish.
|
Mashg‘ulot texnologik kartasi
Mavzu: "Dispepsiya (zarda qaynashi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish). Taqoslama tashxis postxolesistektomik sindrom va operatsiya qilingan meda kasalliklarining qiyosiy tashxisoti. UASh taktikasi. Tor mutaxassisga yuborish yoki ixtisoslashgan bo‘limga gospitalizatsiya qilish uchun ko‘rsatmalar. QVP yoki OP sharoitida davolash, dispanser kuzatuvi, nazorat va reabilitatsiya tamoyillari. Profilaktika tamoyillari. Mavzuni o‘tish tamoyillari.
№
|
Amaliy mashg‘ulot bosqichlari
|
Mashg‘ulot shakllari
O‘tkazilish joyi
|
mashg‘ulot davomiy-ligi
225
|
1
|
Kirish qismi (mavzuni asoslash)
|
|
10
|
2
|
Yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan xolda (“aylana stol” usuli)amaliy mashg‘ulot mavzusini, hamda ko‘rgazmali materiallarni (tibbiy kartalar komplektlari, jadvallar, plakatlar, rentgenogrammalar) muxokama qilish, birlamchi bilimlarni baxolash.
|
So‘rov, muxokama
O‘quv xonasi, UASh vrachlari xonalari
|
40
|
3
|
Muxokamani xulosalash
|
|
10
|
4
|
Amaliy qismni bajarish uchun topshiriqni berish – professionl so‘rov. Usulni tushintirish va tibbiy kartalarni to‘ldirish vazifasini bajarish bo‘yicha tavsiyalar berish.
|
Muxokama
UASh vrachi xonasi
|
20
|
5
|
Mashg‘ulotning amaliy qismini o‘qituvchi boshchiligida o‘zlashtirish
|
Prof. so‘rov. Bemorlar bilan muloqot va tibbiy kartalarni to‘ldirish, vaziyatli masalalar.
Poliklinikada bemorlarni qabul qilish, uyda ko‘rik o‘tkazish.
|
20
|
6
|
Bemorlarning tekshirish natijalarini izohlash – shikoyatlar, ko‘rik, bemorlar palpatsiya, perkussiya, auskultatsiyasi, hamda UQT, UST va bioximik taxlillar va tashxis qo‘yish.
|
Kasallik tarixlari, laborator malumotlar, vaziyatli masalalar.
|
25
|
7
|
Talabalarni nazariy va amaliy bilimlarini muhokama qilish, mavzuni mustaxkamlash, baxolash orqali bilimlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash.
|
Og‘zaki so‘rov, testlar, muxokama, amaliy ko‘nikmalarni baxolash.
Poliklinikadagi o‘quv xonasi.
|
75
|
8
|
Amaliy mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha xulosa berish, 100 ballik tizim bo‘yicha baxolash va baxolarni elon qilish. Keyingi amaliy mashg‘ulot bo‘yicha uy vazifasi (savollar ro‘yxati).
|
Axborot, mustaqil ish uchun savollar.
Poliklinikadagi o‘quv xonasi.
|
25
|
2. Motivatsiya
Postxolesistektomik sindrom, operatsiya qilingan meda kasalliklari bo‘lgan ko‘p bemorlar tibbiy yordam bo‘yicha dastlab umumiy amaliyot vrachi (UAV)ga murojaat qilishadi. Bu xolda UAVning vazifasi bo‘lib kasallikni tashxislab QVP yoki OP sharoitida tibbiy yordam ko‘rsatish va ixtisoslashtirilgan shifoxonaga yuborish bo‘ladi. Bu va boshqa xolatlar ushbu mavzuni UASh tayyorlash bo‘yicha dastur rejasiga kiritishga asos bo‘ladi.
3. Fan ichi va fanlararo bog‘liqliklar.
Ushbu mavzuni o‘tish talabalarni Anatomiya, Gistologiya – embriologiya va sitologiya bilan, Biologiya, Normal fiziologiya, Bioximiya, Patologik anatomiya, Patologik fiziologiya, Topografik anatomiya va operativ xirurgiya, Ichki kasalliklar propidevtikasi, Sil kasalliklari, Onkologiya, Rentgenologiya va tibbiy radiologiya, Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya asoslarini bilishlariga asoslanadi.
4. Nazariy qism
Dars taxlilida mashg‘ulotning quyidagi qismlariga etibor beriladi:
O‘t qopini olib tashlangandan so‘ng yuzaga keluvchi va bevosita o‘tkazilgan operatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar bo‘lib quyidagilar xisoblanadi: 1) o‘t qopining bo‘lmasligi sindromi; 2) o‘t yo‘lining cho‘ltog‘i sindromi; 3) stenozlovchi xolangit va papillit. Postxolesistektomik sindromning klinikasi o‘ng qovurg‘a yoyi ostida to‘mtoq og‘riqlar, o‘t kolikasining qaytalama xurujlari (tosh xosil bo‘lganida), xolangit simptomlari bilan xarakterlanadi. Tashxisni vena ichi xolegrafiyasi, retrograd xolangiopankreatografiya orqali tasdiqlash mumkin. Bazan xolestz belgilari, yallig‘lanish ustunlik qilganida – solangit simptomlari kuzatiladi. Ko‘pincha dispeptik va ichak bUTTlishlari kuzatilib, ular ayniqsa ko‘p miqdorda va yog‘li ovqat yeyilganidan so‘ng kuchayadi. Davosi o‘t yo‘llari diskineziyasi va xolesistit davosi bilan bir xil, toshlar va strikturalar bo‘lganida qayta operatsiya qilinadi.
Erta va kechki operatsiya qilingan meda kasalliklari farqlanadi. Ularga: Demping sindrom, gipoglikemik sindrom, olib keluvchi xalqa sindromi, anastamozning peptik yaralari kiradi. Demping sindromda odatda ovqatdan so‘ng 10-15 daqiqa o‘tgach (ayniqsa shirin va sutli maxsulotlardan so‘ng) to‘satdan keskin xolsizlik, terlash, arterial gipotoniya, taxikardiya, bosh og‘rig‘i, ifodalangan mushak gipotoniyasi va yotishga bo‘lgan kuchli moyillik kuzatiladi. Bazan qorinda kesuvchi og‘riqlar, g‘uldirash bo‘lib, ich ketishi bilan yakunlanadi. Gipoglikemik sindromda to‘satdan xolsizlik, bosh aylanishi, ovqatdan 2-3 soat o‘tib keskin qorin ochishi, uchliklar titrashi, taxikardiya, gipotoniya yuzaga keladi. Qonda gipoglikemiya kuzatiladi. Bemor axvoli ovqat yegach yaxshilanadi. Olib keluvchi xalqa sindromida epigastral soxada, o‘ng qovurg‘a yoyi ostida og‘riqlar, yengillik keltiruvchi ko‘plab qayt qilish kuzatilishi mumkin. Ovqatdan so‘ng qayt qilishlar oqibatida bemorlar o‘zini ovqatdan cheklaydi.
Operatsiya qilingan meda kasalliklari
|
Rivojlanish mexanizmi
|
Klinik manzara
|
Tashxislash
|
Davolash
|
Demping sindrom. Bilrot II bo‘yicha meda rezeksiyasi o‘tkazgan bemorlarning 30-40%ida uchraydi.
|
Meda saqlamasining evakuatsiyasini tezlashishi va ovqat massalarining ingichka ichak bo‘ylab tezkor passaji → ingichka ichakning boshlang‘ich qismida osmotik faol moddalarning nofiziologik yuqori konsentratsiyasi to‘planishi → tomir ichi suyuqligining ingichka ichakka o‘tishi va AQXning kamayishi → tomirlar o‘zanining impresso- va volyumoretseptorlari tasirlanishi → katexolaminlar, serotonin, asetilxolin, bradikininning qonga tashlanishi.
|
Ovqat vaqtida yoki 5-20 daqiqa o‘tib, ayniqsa shirin va sutli ovqatlardan so‘ng bemorda kuchli xolsizlik, terlash, yurak urib ketishi, uyquchanlik, yuz oqarishi yoki giperemiyasi, bosh aylanishi, gipotoniya, kam xollarda AQB oshishi, bazan xushdan ketish ro‘y beradi. Epigastral soxada og‘irlik va diskomfort, ko‘ngil aynishi, bazan qayt qilish, kekirish, meteorizm, ich ketishi kuzatiladi. Vaqt o‘tishi bilan ishtaxa pasayadi, tana massasi kamayadi, asteniya, psixik depressiya rivojlanib, ishiga oilaga bo‘lgan qiziqish kamayadi. Ko‘pincha diensefal sindrom paydo bo‘lib keskin xolsizlik, yurak urib ketishi, paresteziyalar bilan kechadi. Xuruj ko‘p miqdorda peshob va najas ajralishi bilan yakunlanadi. Xuruj 10 daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi.
|
Xos bo‘lgan simptomatika. Rentgenologik tekshiruvda: bariy aralashmasining meda cho‘ltog‘idan tez evakuatsiya bo‘lishi (“tashlanishi”) va ingichka ichak bo‘ylab tezlashgan passaj.
|
Parxezdan yengil xazm bo‘luvchi uglevodlar, sutli maxsulotlar, o‘ta issiq yoki sovuq ovqatlar chiqarib tashlanadi. Birinchi va ikkinchi ovqatlarning o‘rni almashtiriladi. Ovqatdan so‘ng 30 daqiqa davomida o‘rinda yotish yoki kresloda yarim yotgan xolatda bo‘lish tavsiya etiladi. Antiserotonin preparatlari buyuriladi (rezerpin, peritol). Konservativ davo samarasiz bo‘lgan og‘ir xollar rekonstruktiv gastroeyunoduodenoplastikaga ko‘rsatma bo‘ladi.
|
Gipoglikemik sindrom (kechki demping sindrom) meda rezeksiyasini o‘tkazgan bemorlarning 5%ida uchraydi.
|
Och ichakka bir vaqtda ko‘p miqdorda so‘rilishga tayyor uglevodlar tushadi → qonda qand miqdori ortadi → insulin ko‘p miqdorda xosil bo‘ladi→ keyinchalik gipoglikemiya rivojlanadi.
|
Ovqatdan 2-3 soat o‘tib rivojlanadi. O‘ta kuchli ochlik xissi, ko‘krak ostida so‘ruvchi og‘riqlar, xolsizlik, ko‘plab ter ajralishi, yurak urib ketishi, bosh aylanishi, ko‘z oldi qorong‘ulashuvi, qizib ketish, butun tananing qaltirashi, bazan xushni yo‘qotish kuzatiladi. Bemor yotishga majbur bo‘ladi. AQB pasaygan, qonda qand miqdori past ko‘rsatkichlargacha tushib ketadi. GS bir necha daqiqadan 2 soatgacha davom etadi.
|
Xos bo‘lgan simptomatika. Glyukoza berilgach glikemik egrilik bo‘lishi. Qonda glyukozaning tez va o‘tkir ko‘tarilishidan so‘ng keskin va avvalgi ko‘rsatkichdan ham kamroqqa pasayishi ro‘y beradi.
|
Gipoglikemiya xurujlarini o‘rnini qoplash. Bemor GSning mushkul vaziyatlariga tushib qolmaslik uchun o‘zi bilan doimo qand yoki pechene olib yurishga majbur.
|
Olib keluvchi xalqa sindromi. Bilrot II bo‘yicha meda rezeksiyasi o‘tkazgan bemorlarning 5-10%ida uchraydi.
|
Duodenal saqlamalarning evakuatsiyasining buzilishi oqibatida yeyilgan ovqatning bir qismi olib ketuvchi emas, balki olib keluvchi ichakka o‘tib qoladi.
|
Bemorlar ovqatlangandan so‘ng 30min-1soat o‘tib qovurg‘a yoyi va ko‘krak ostidagi og‘irlikka, ko‘ngil aynishiga, ko‘p miqdordagi, suyuq va o‘t bilan qayt qilishga shikoyat qiladilar. Qayt qilish yengillik keltiradi. Ko‘plab qayt qilish elektrolitlar yo‘qotilishiga, hazm qilishning buzilishi va tana massasining kamayishiga olib kelishi mumkin.
|
Rentgenologik belgilari bo‘lib kontrastning och ichakning olib keluvchi qismida uzoq vaqt ushlanib qolishi, uning peristaltikasining buzilishi, ichak xalqasining kengayishi xisoblanadi.
|
Ovqatlangandan so‘ng ovqatning olib keluvchi xalqaga tashlanishini oldini olish maqsadida chap yonboshda yotish tavsiya etiladi. Prokinetiklar qo‘llaniladi (metoklopramid, loperamid, bromoprid). Og‘ir xollarda rekonstruktiv operatsiya qilinadi.
|
Postgastrorezeksion anemiya. meda rezeksiyasini o‘tkazgan bemorlarning 15%ida uchraydi.
|
Temir tanqisligi anemiyasi anastamozning peptik yaralaridan qon ketishidan kelib chiqishi mumkin bo‘lib, bu simptomsiz bo‘lishi ham mumkin. Uni rivojlanishiga ingichka ichak bo‘ylab passajning tezlashishi va atrofik enterit oqibatida temirning ionizatsiyasi va so‘rilishining buzilishi keng imkon beradi. Ichki faktor sintezining kamayishi vitamin V12 utilizatsiyasini kamaytiradi → giperxrom anemiya rivojlanadi.
|
Anemiyaning klinik manzarasi.
|
Anemiyadagi diagnostik tekshiruv natijalari..
|
Temir sulfat, temir laktat, ferrokal, ferropleks, feramid, ferrogradumet, tardiferon va boshqalar qo‘llaniladi. Ferroterapiya askorbin kislotasini qabul qilish bilan birga olib boriladi. Vitamin V12 tanqisligida oksikobalmin yoki sianokobalmin qo‘llaniladi.
|
PXES ko‘rinishlari
|
Klinik ko‘rinishi
|
Davolash
|
O‘t qopi bo‘lmasligi sindromi (xoledox yoki Oddi sfinkterining spazmi)
|
Xolesistektomiyadan so‘ng operatsiya qilingan bemorlarning taxminan 50%ida Oddi sfinkterining gipertonusi bo‘ladi deb xisoblanadi. Odatda uning spastik xolatida tipik irradiatsiya beruvchi o‘tkir, davomli bo‘lmagan og‘riqlar yuzaga keladi. Yog‘larni ko‘tara olmaslik kuzatiladi. Og‘riqlar psixoemotsional zo‘riqish oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Xatto kuchli og‘riqlar vaqtida ham isitma, sariqlik, teri qichishi bo‘lmaydi.
|
O‘tkir og‘riqlar davrida spazmolitiklar qo‘llaniladi. Muxim omillardan bo‘lib avaylovchi parxez (№5 individual qabulni xisobga olib), tez-tez ovqatlanish xisoblanadi. Issiqlik applikatsiyalari, novokain yoki magniy sulfat bilan elektroforez, diatermiya, induktometriya, UVCh buyurish mumkin.
|
Obstruksion sindrom. “Unitilgan toshlar” (97% xolda) va o‘t yo‘llarida qaytadan xosil bo‘lgan toshlar (3% xolda)oqibatida hamda surunkali pankreatit, o‘t yo‘li cho‘ltog‘ining divertikuliti oqibatidagi umumiy o‘t yo‘li stenozi oqibatida kelib chiqadi.
|
Xoledoxolitiazning klinik manzarasi o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi, bazan o‘ng yelka va kurakka uzatiluvchi og‘riqlar bilan xarakterlanadi. Og‘riqlar o‘t qopini olingunicha bo‘lgan og‘riqlar bilan bir xil bo‘ladi. Kolika xurujlari odatda peshob rangining to‘qlashuvi, teri qichishi, bazan sariqlik va najas rangining oqarishi bilan kechadi. Xuruj maxalida harorat oshishi va qaltirash kuzatilishi mumkin. Xurujlar orasida qorinning yuqori qismi yoki o‘ng qovurg‘a yoyi osti soxasida doimiy og‘riqlar, ovqatdan so‘ng ko‘krak osti soxasida og‘irlik kuzatiladi.
|
Xoledoxdagi ko‘ndalang o‘lchami 1sm.dan kam toshlar 50 % xollarda 4-6 hafta davomida spontan tushib ketadi. T-simon drenajlar bilan chayish va toshlarni lokal parchalash (litotripsiya) toshlarning tushishini tezlashtirishi mumkin. Sariqlik borligi, o‘t yo‘llari diametrining 1 sm.dan kattalashishi, xolangit klinikasi bo‘lgan xollar xoledoxotomiyaga ko‘rsatma bo‘ladi.
|
O‘t qopi yo‘lining ortiqcha cho‘ltog‘i
|
Siptomatologiya aniq belgilarga ega emas. Ko‘pincha o‘ng qovurg‘a yoyi ostida og‘riq xurujlari, bazan isitma, sariqlik bilan birga kuzatiladi.
|
Og‘riq sindromi va o‘t gipertenziyasining belgilari qayta operatsiya uchun ko‘rsatma xisoblanadi: o‘t qopi yo‘lining ortiqcha cho‘ltog‘i olib tashlanadi.
|
"Aylana stol" usuli.
Maqsad: Muxokama jarayoniga barcha talabalarni jalb qilgan xolda ularning bilimlarini nazorat qilish.
Usulning asosiy mazmuni.
Aylana bo‘ylab masala yozilgan varroq beriladi. Har bir talaba unga o‘zi to‘g‘ri deb topgan javob variantini yozadi va keyingi qatnashchiga uzatadi. Boshqasi o‘z navbatida javobni o‘z varianti bilan to‘ldirishi kerak bo‘ladi. Muxokama jarayonida noto‘g‘ri javoblar o‘chirilib, bu narsa dars so‘ngidagi yakuniy baxolashgda xisobga olinadi.
-
O‘t qopining operativ olib tashlanishidan so‘ng yuzaga keluvchi tipik kasalliklarni sanab bering.
-
Postxolesistektomik sindromning klinikasi.
-
Postxolesistektomik sindromda tekshiruv usullari.
-
Operatsiya qilingan meda kasalliklarini yozing.
Javoblar:
1. O‘t qopining bo‘lmasligi sindromi; o‘t qopi yo‘lining cho‘ltog‘i sindromi; stenozlovchi xolangit va papillit va boshq.
2. Postxolesistektomik sindromning klinikasi o‘ng qovurg‘a yoyi ostida to‘mtoq og‘riqlar, jigar kolikasining qaytalama xurujlari (toshlar xosil bo‘lganida), xolangit simptomlari bilan xarakterlanadi.
3. Vena ichi xolegrafiyasi, retrograd xolangiopankreatografiya.
4. Erta va kechki operatsiya qilingan meda kasalliklari farqlanadi. Ularga kiradi: Demping-sindrom, gipoglikemik sindrom, olib keluvchi xalqa sindromi, anastamozning peptik yarasi.
Baxolash mezonlari
Maksimal ball 20-19
|
18-17 ball
|
16-15 ball
|
14-13 ball
|
12 ball
|
alo
|
yaxshi
|
qoniqarli
|
qoniqarsiz
|
yomon
|
100%-86%
|
85%-73%
|
70-56%
|
53%-46%
|
43% va kamroq
|
4.1 Analitik qism
Vaziyatli masalalar:
1. Bemor 34 yoshda, UAShga ovqatlanganidan so‘ng paydo bo‘luvchi epigastral soxada va o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi og‘irlik va yoyilgan og‘riqlarga, o‘qtin-o‘qtin yengillik keltiruvchi, ko‘plab, o‘t bilan qayt qilishga shikoyat qilib murojaat qildi. Anamnezdan 6 oy avval oshqozon yara kasalligi bo‘yicha operatsiya qilingan (Bilrot II bo‘yicha). Ko‘rilganda: umumiy axvoli o‘rta og‘irlikda, to‘yinishi past darajada, Yurak: tonlari o‘rta jaranglikda, ritmik. Puls 98ta/min. AQB 100/60 mm.sim.ust. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Qorni yumshoq, epigastral soxasi bir oz og‘riqli. Ovqat qabil qilgan zaxoti o‘ng qovurg‘a yoyi ostida shish kuzatilib, qayt qilishi bilan yo‘qoladi. Jigar va talog‘i kattalashmagan. Ich kelishi qabziyatga moyil.
1.Yuqoridagi simptomlar kuzatiluvchi kamida 4 ta jarroxlikdan keyingi kasalliklarni ko‘rsatib bering.
2. Taxminiy tashxis;
3. Informativ tekshirish usullari;
4. Eng informativ tekshirish usuli va unda bo‘ladigan o‘zgarishlar;
5. UASh taktikasi.
Javoblar:
№
|
Javoblar
|
Ball
|
1
|
Demping-sindrom, gipoglikemik sindrom, olib keluvchi xalqa sindromi, anastamozning peptik yarasi.
|
15
|
2
|
Olib keluvchi xalqa sindromi
|
25
|
3
|
Bariy bilan rentgenoskopiya, EFGDS
|
20
|
4
|
Bariy bilan rentgenoskopiya:olib keluvchi xalqaning antirefluks qisqarishi
|
20
|
5.
|
Operativ davo uchun xirurgga yuborish.
|
20
|
__________________________________________________________________
2. Bemor 38 yoshda. UAShga ovqatdan so‘ng, ayniqsa shirinliklar istemolidan keyin 10-15 daqiqa o‘tgach keskin bo‘ladigan xolsizlik, sovuq ter bosishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, yurak urib ketishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan: bemor 12 b.i. yara kasalligi bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan. Bemor ahvoli gorizontal xolatda yaxshilanganligi uchun ovqatdan so‘ng darxol yotib olishga xarakat qiladi. Ko‘zdan kechirilganda bemor ozg‘in, teri va ko‘rinarli shilliq qavatlari oqargan, toza. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Yurak: tonlari o‘rta jaranglikda, ritmik. Puls daqiqasiga 100ta. AQB 100/60 mm.sim.ust. Tili ildiz soxasida oq karash bilan qoplangan. Qorni yumshoq, epigastral soxada og‘riqli. Jigar va talog‘i kattalashmagan.
1. Taxminiy tashxis;
2. Qo‘shimcha tekshirish usullari;
3. UASh taktikasi bemorni olib borishni to‘liq yoritish bilan birga (medikamentoz va nomedikamentoz). __________________________________________________________________
3. Bemor 29 yoshda. UAShga ovqatdan so‘ng 30-40 daqiqa o‘tib epigastral soxada og‘riqlar bo‘lishi, ularning operatsiyadan avvalgiga qaraganda kuchliroq va davomliroqligiga, ko‘ngil aynashi va zarda qaynashiga shikoyat qilib murojaat qildi. Anamnezdan: 2 oy avval bemorda oshqozon rezeksiyasi, gastroenteroanastamoz qo‘yish bilan birga operatsiyasi o‘tkazilgan. Obektiv: bemor to‘yinganligi o‘rta darajada, teri va ko‘rinarli shilliq qavatlari odatdagi rangda, toza. Yurak – tonlari o‘rta jaranglikda, ritmik. Puls daqiqasiga 80 ta. AQB 120/60 mm.sim.ust. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Tili oq karash bilan qoplangan. Qorni yumshoq, epigastral soxada lokal og‘riqli. Jigar va talog‘i kattalashmagan. Ich kelishi qabziyatga moyil.
1. Qaysi 3 ta kasalliklarda yuqorida keltirilgan shikoyatlar kuzatiladi?
2. Taxminiy tashxis;
3. Tekshirish usullari;
4. UASh taktikasi bemorni olib borishni to‘liq yoritish bilan birga (medikamentoz va nomedikamentoz).
__________________________________________________________________
4. Bemor X. 35 yoshda. UAShga oxirgi 2 oy davomida o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi kolikasimon og‘riqlarga, bazida ovqatdan so‘ng ko‘ngil aynishi va qorin dam bo‘lishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezdan: yarim yil avval o‘t-tosh kasalligi bo‘yicha operatsiya qilingan (xolesistektomiya). Obektiv: t 36,6 S Yurak – tonlari o‘rta jaranglikda, ritmik. Puls daqiqasiga 80 ta. AQB 110/70 mm.sim.ust. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Qorni yumshoq, o‘ng qovurg‘a yoyi osti og‘riqsiz. Ortner, o‘ng taraflama frenikus simptomlari manfiy. Jigar va talog‘i kattalashmagan. UQT, UST o‘zgarishsiz.
1.Yuqoridagi simptomlar kuzatiluvchi kamida 4 ta kasallikni sanab bering;
2. Taxminiy tashxis;
3. Informativ tekshirish usullari;
4. UASh taktikasi;
__________________________________________________________________
5. Bemor X. 36 yoshda. UASh.ga o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi ovqatdan so‘ng bo‘luvchi to‘mtoq, tortuvchi og‘riqlarga, ularni o‘ng kurakka uzatilishiga, ich kelishining noturg‘unligiga va uni yog‘lik yoki ko‘p miqdorda ovqatdan so‘ng kuchayishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezdan: yarim yil avval o‘t-tosh kasalligi bo‘yicha operatsiya qilingan (xolesistektomiya). Oxirgi 3 oyda yuqoridagi shikoyatlar bezovta qilmoqda. Obektiv: Yurak – tonlari o‘rta jaranglikda, ritmik. Puls daqiqasiga 70 ta. AQB 120/60 mm.sim.ust. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Qorni yumshoq, o‘ng qovurg‘a yoyi osti og‘riqli. Ortner, o‘ng taraflama frenikus simptomlari manfiy. Jigar va talog‘i kattalashmagan. UQT, UST o‘zgarishsiz.
1.Yuqoridagi simptomlar kuzatiluvchi kamida 4 ta kasallikni sanab bering;
2. Taxminiy tashxis;
3. Informativ tekshirish usullari;
4. Ushbu tashxisni tasdiqlashda xal qiluvchi axamiyatga ega bo‘lgan qo‘shimcha tekshirish usulini ayting.
5.UASh taktikasi;
__________________________________________________________________
6. Bemor 31 yoshda. UASh.ga epigastral soxadagi davriy to‘mtoq og‘riqlarga, og‘iz qurishi va og‘izda achchiq tamga, kekirish, ko‘ngil aynishi, ishtaxa pasayishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezdan 2 oy avval oshqozon ya.k. bo‘yicha operatsiya qilingan (Bilrot 2 bo‘yicha meda rezeksiyasi). Ko‘rilganda: Yurak – tonlari o‘rta jaranglikda, ritmik. Puls daqiqasiga 80 ta. AQB 110/60 mm.sim.ust. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Qorni yumshoq, epigastral diffuz tarqalgan og‘riqlar. Jigar va talog‘i kattalashmagan.
1.Yuqoridagi simptomlar kuzatiluvchi kamida 4 ta kasallikni sanab bering;
2. Taxminiy tashxis;
3. Informativ tekshirish usullari;
4. UASh taktikasi bemorni olib borishni to‘liq yoritish bilan birga (medikamentoz va nomedikamentoz).
__________________________________________________________________
7. Bemor X. 35 yoshda. UAShga epigastral soxadagi, orqaga uzatiluvchi, ba’zan belbog‘simon xarakterdagi og‘riqlarga, ularning yog‘li ovqatdan so‘ng kuchayishiga, zarda qaynashiga, og‘iz qurishiga, kekirishga, qayt qilishga, ishtaxaning pasayishiga, ich ketishlarga shikoyat qilib keldi. Anamnezdan: yarim yil avval o‘t-tosh kasalligi bo‘yicha operatsiya qilingan (xolesistektomiya). Operatsiyadan so‘ng yuqoridagi shikoyatlar bezovta qilmoqda. Obektiv: Bemor oriqlagan. Yurak – tonlari o‘rta jaranglikda, ritmik. Puls daqiqasiga 90 ta. AQB 110/60 mm.sim.ust. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Qorni yumshoq, epigastral soxa og‘riqli. Chap taraflama frenikus simptomlari musbat. Jigar va talog‘i kattalashmagan.
1.Yuqoridagi simptomlar kuzatiluvchi kamida 5 ta kasallikni sanab bering;
2. Taxminiy tashxis;
3. Informativ tekshirish usullari;
4. Najas taxlilida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi..
5.UASh taktikasi;
_________________________________________________________________
8. Bemor 34 yoshda, UASh.ga oxirgi vaqtda paydo bo‘lgan sababsiz xolsizlikga, ishtaxa yo‘qligi, ozish, epigastral soxada og‘irlik va noaniq og‘riqlarga, najasning “ko‘mirsimon”qorayib kelishiga shikoyat qilib keldi. Uzoq yillar mobaynida yara kasalligi bilan og‘rigan. 2 yil avval oshqozan yara kasalligi bo‘yicha operatsiya qilingan (Bilrot 1 bo‘yicha). Oxirgi 10 yil mobaynida kasallik avjlanishi kuzatilmagan. 20 yil avval virusli gepatit “A” o‘tkazgan. Obektiv ko‘rilganda bemor to‘yinganligi past darajada. Teri va shilliq qavatlari oqargan, chap o‘mrov osti soxasida kattalashgan limfa tugunlari aniqlanadi. Cor – tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik puls daqiqaiga 95ta. AQB 100/70 mm.sim.ust. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Tili kir-kulrang karash bilan qoplangan. Qorni yumshoq, palpatsiyada pilorik qismda og‘riqli.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va simptomlar bilan kechuvchi 2 tadan kam bo‘lmagan kasallik va 3 tadan kam bo‘lmagan asoratni sanab bering;
2. Taxminiy tashxis (asosiy, asoratlar);
3.Informativ tekshirish usullari;
4. Ushbu bemordagi kasallikning boshlang‘ich bosqichlarida UASh qanday dispanser nazoratini o‘tkazishi kerak;
5. UASh taktikasi.
Dostları ilə paylaş: |