Tasdiqlayman


Davolovchi jismoniy tarbiya shakllari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə5/14
tarix25.11.2016
ölçüsü0,72 Mb.
#8
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Davolovchi jismoniy tarbiya shakllari

DJT shakllari ikki guruhga bo‘linib o‘rganiladi :

1.Shifoxonada qo‘llaniladigan DJT shakllari :

-ertalabki badan tarbiya

15 – 20 minut davomida bajariladi, qo‘llashdan maqsad organizmning umumiy tonusini ko‘tarish, tetiklashtirish. Shakl yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi;

-davolovchi gimnastika muolajasi

shifoxonada o‘tkziladigan shakllarning asosiysi bo‘lib hisoblanadi. Muolaja 3 qismdan iboratdir, ya'ni - kirish qismi, bunda organizm asosiy yuklamani bajarishga tayyorlanadi. Birinchi qismda yengil mashqlar berilib, umumiy vaqtning 15-25 %ni tashkil etadi;

- asosiy qismi,bunda organizmga aso-siy mashqlar beriladi va uning jismoniy yuklamaga moslashishi amalga oshiriladi. Mashqlar, yuklamalar asta-sekin o‘sib boradi, avvaliga umumiy vaqtning 50 %, keyinchalik 70 % ajratiladi;

-tugallanish qismi – bunda organizmga yengil, bo‘shashtiruvchi mashqlar beriladi, organizmning dastlabki holatiga qaytishi ta'minlanadi. Avvaliga umumiy vaqtning 25 %, keyinchalik 15 % ajratiladi.

Davolovchi gimnastika muolajasini amalga oshirish uchun har bir sistema kasalligiga, har bir kasallikka alohida gimnastik mashqlar kompleksi tuziladi va yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi;

-bemorlarga beriladigan individual topshiriqlar

bemorlarga kasalligini bilgan holda shifokor yoki metodist tomonidan individul bajarishi uchun mashqlar beriladi. Masalan : nafas organlari kasalligida – drenajlovchi dastlabki holatlarda mashqlar baja-rish, maxsus tovushli nafas mashqlari va h.z.;

-me'yorli yurish

bu shakl yurak-qon tomir sistemasi, nafas organlari, tayanch-harakat apparati kasalliklarida, modda almashinuvi buzilishlarida qo‘llaniladi. Shakl davolovchi shifokor yoki metodist tomonidan nazorat qilinadi. Masalan : miokardning o‘tkir infarkti – bemorlar me'yorli yurishni palatada, so‘ngra koridorda ma'lum masofalarni o‘tish bilan amalga oshiradilar.

2.Shifoxonadan tashqarida qo‘llaniladigan DJT shakllari :

-terrenkur

Har xil ko‘tarilib tushish burchagiga, masofa uzunligiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan yo‘lka. Bu shakl asosan sanatoriya-kurortlarda, dispanserlarda qo‘llaniladi. Yurak-qon tomir kasalliklarida, nafas organlari, oshqozon-ichak yo‘li, tayanch-harakat apparati kasalliklari va modda almashinuvi buzilishi bor bemorlarga tavsiya etiladi. Davolash maqsadida buyurilishi uchun terrenkurning 4 ta mashruti tavsiya etiladi, ular :

-1-marshrut – ko‘tarilish burchagi 4 gradusdan oshmaydi, masofa uzun-ligi 500 metr;

-2-marshrut – ko‘tarilish burchagi 5-10 gradus, masofa 1000 metrgacha;

-3-marshrut – ko‘tarilish burchagi 11-15 gradus, masofa 2000 metrgacha;

-4-marshrut – ko‘tarilish burchagi 16-20 gradus, masofa 3000-5000 metrgacha.

-sog‘lomlashtiruvchi yugurish

me'yorli sur'atda yugurish uchun oyoqlar ma'lum balandlikka ko‘trilib yuguriladi;

-sayr qilish, ekskursiya

sog‘lomlashtirish, organizmni mustahkamlash, chiniqtirish, emotsional tonusni tiklash maqsadida foydalaniladi;

-yaqin turizm

asosan sanatoriya-kurortlarda, tog‘li sharoitda qo‘llanilib, bemorlarga kuniga ko‘p emas, kam emas o‘rta hisobda 15 kmgacha yurish tavsiya etiladi;

-o‘yinli darslar

shifoxonadan tashqarida o‘yin vositalaridan foydalangan holda o‘yinli darslar amalga oshiriladi. Bu bilan bemorlar organizmini o‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga moslashtirib boriladi.

-ommaviy jismoniy tarbiyaviy chiqishlar.



Davolovchi jismoniy tarbiyada harakat tartibotlari

DJTda quyidagi harakat tartibotlari va ularning vazifalari farqlanadi:

1.Tushak harakat tartiboti

A) qat'iy

B) kengaytirilgan

Muolajaning davomiyligi 5-7 minut, ishlash – dam olish nisbati 1:1, o‘rta hisobda 8-10 ta mashq beriladi, har bir mashq 3-4 marta sekin sur'atda qaytariladi.

Umumiy vazifalari :

1.Bemorga ta'sir etayotgan ruhiy va jismoniy ta'sirlarni kamaytirish yoki yo‘qotish.

2.Qon aylanishning ekstrakardial omillarini faollashtirish yoki yaxshilash.

3.Qat'iy tushak tartiboti asoratlarining oldini olish (yotoq yara, qon dimlanishi, ichak parezi, mushak atrofiyasi, kontraktura va h.z.).

2.Yarim tushak yoki palata harakat trtiboti

Muolajaning davomiyligi 15-20 minut, ishlash – dam olish nisbati 3:1, o‘rta hisobda 20-25 ta mashq beriladi, mashqlarning qaytarilish soni 6-8 marta, sekin sur'atda.

Umumiy vazifalari :

1.Qon aylanishning ekstrakardial omillarini asta – sekin chiniqtirish;

2.yengil jismoniy yuklamalarga organizmni asta-sekin moslashtirish.

3.Dimlanish holatlari bilan kurashish.

3.Erkin harakat tartiboti

A) erkin avaylovchi

B) erkin avaylovchi-chiniqtiruvchi

V) erkin chiniqtiruvchi

Muolajaning davomiyligi 30-45 minut, ishlash – dam olish nisbati 5 : 1, o‘rta hisobda 25-35 ta mashq beriladi, mashqlarning qaytarilish soni 10-12 marta, sekin, o‘rta sur'atlarda.

Umumiy vazifalari :

1.O‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga organizmni moslashtirib borish.

2.Organ va sistemalar orasidagi o‘zaro aloqalarning korrelyativligini yaxshilash.

3.Bemorlarni kasb va yashash faoliyatlariga tayyorlash.

Davolovchi gimnastika muolajasini tuzish prinsiplari:

1.Dastlabki holatni tanlash.

2.Patogenetik belgisi bo‘yicha maxsus mashqlarni tanlash.

3.Muolajaning davomiyligi.

4.Beriladigan mashqlarning soni.

5.Har bir mashqning qaytarilish soni.

6.Bir mashqning davomiyligi (tushak tartiboti – 10-15 sekund, yarim tushak tartiboti – 15-20 sekund, erkin tartiboti – 30-40 sekund).

7.Qo‘llaniladigan mashqlarning tarqoqligi, ya'ni muolajaga har xil mashqlar kiritilishi kerak.

8.Berilayotgan yuklamaning asta-sekinlik prinsipi, ya'ni muolaja shunday tuzilishi kerakki, avval bemor organizmi yengil mashqlar yordamida asosiy yuklamaga tayyorlanadi, so‘ngra muolaja oxirida bo‘shashtiruvchi mashqlar yordamida bemor organizmi dastlabki holatga qaytarilishi lozim.

9.Qo‘llaniladigan mashqlar sur'ati (sekin, o‘rta, tez, tezlashadigan).

10.Muolaja vaqtida ishlash-dam olish nisbati.

11.Muolaja vaqtida bajariladigan harakatning ritmi va amplitudasi.

12.Muolajaga emotsional omillarni qo‘shish (musiqa, raqslarga xos mashq).

DJT bo‘yicha vrachning majburiyatlari

1.Bemorlarni qabul qilish va tekshirish.

2.Davolovchi shifokorlar bilan DJTga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar haqida suhbat o‘tkazish.

3.Mashg‘ulotlarning samaradorligini aniqlash.

4.Shifokor-pedagogik nazoratini o‘tkazish.

5.Metodistning malakasini oshirishni muntazam nazorat qilish.

6.DJT mashg‘uloti sxemasini tuzish va davolovchi gimnastika muolajasini tuzishda DJTning vazifalarini tavsiya etish.

Davolovchi gimnastika muolajasini o‘tkazishga qarshi ko‘rsatmalar:

1.Nisbiy qarshi ko‘rsatmalar :

-bemorlarning umumiy og‘ir holati;

-kasallikning o‘tkir davri;

-tana haroratining 37,5 gradusdan ortishi;

-jismoniy mashqlar bajarishda og‘riqning zo‘rayishi;

-yiringli jarayonning bo‘lishi;

-shikastlangan suyak bo‘laklarining yetarli bo‘lmagan immobilizatsiyasi;

-yirik qon tomir va nerv yaqinida yod tanalarning bo‘lishi;

-qon ketish va qon ketishga moyillik.

Bu qarshi ko‘rsatmalarning nisbiy deyilishiga sabab shuki, ular bartaraf etilganidan so‘ng davolovchi jismoniy tarbiya muolajasini bemorga tavsiya etish mumkin.

2.Absolyut qarshi ko‘rsatma :

-yomon sifatli shishlar yoki onkologik kasalliklar.



Stomatologiyada DJTning vositalarini qo‘llashga asosiy ko‘rsatmalar – mahalliy va umumiy ko‘rinishdagi buzilishlar.

Umumiy buzilishlar :burun halqum va og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalaridagi patologik o‘zgarishlar natijasida nafas funksiyasining buzilishi. Yallig‘lanish jarayonlari, og‘riq sezgisi, jaoroxatlar o‘pka ventilyasiyasining yetishmovchiligini chaqiradi.har xil guruh mushaklarining ( yonoq, til, yumshoq tanglay va halqum) koordinatsion ta'sirining buzilishi natijasida yutish aktining buzilishi ham ma'lum ahamiyat kasb etadi. Og‘iz oldi va bo‘shlig‘ining buzilishlari bemorlarning har xil tovush chiqarish imkoniyatini yo‘qotadi, ularning gaplari tushunarsiz chiqadi.

Mahalliy buzilishlar – to‘g‘ri ovqatlanishning buzilishi: chaynash, til bilan ovqatni aylantirish, tilni tufuk bilan namlash va h.z.

Bu buzilishlarda DJT nafasni, harakatlar koordinatsiyasini, muvozanat hisini tiklanishini ta'minlaydi, bemorning ruhiy emotsional tonusini ya'shilaydi. Maxsus mashqlar yutish, chaynash va gapirishda ishtirok etuvchi mushaklarning koordinatsion harakatini tiklaydi.



Yuz chag‘ sohasi kasalliklari va jaroxatlarini davolashda DJTning asosiy vositalari:jismoniy mashqlar (maxsus), amaliy sport, o‘yinlar. Maxsus mashqlar anatomik belgisi bo‘yicha mimik va chaynov mashqlari uchun mashqlarga bo‘linadi. Shuningdek faol, faol-passiv, passiv, hamda mexanoterapiya.

Maxsus gimnastik mashqlar

Chaynov mushaklari uchun:

-birlashgan jag‘lar dastlabki holatida og‘izni ochish va yopish;

-tishlarni birlashtirish dastlabki holatida og‘izni ochish va yopish;

-pastki jag‘ni oldingi yo‘naltirish;

-jag‘larni yon tomonlarga harakati;

-pastki jag‘ni oldinga harakat qilish bilan birga og‘izni ochish;

-pastki jag‘ni oldiniga harakat qilish bilan birga yon tomonlarga harakat qildirish;

-mimik mushaklar bilan pastki jag‘ni aylanma harakati.



Mimik mushaklar uchun:

-lablarni trubochkaga yig‘ish;

-yuqori labna pastga harakati;

-pastki labni yuqoriga ko‘tarish;

-o‘ng va chap tomonga galma-gal og‘iz bo‘shlig‘ini maksimal harakatlantirish;

-lablarning aylanma harakati;

-peshanani tirishtirish va qoshlarni ko‘tarib tushurish.

Harakat koordinatsiyasiga mashqlar:

-pastki jag‘ning o‘ng va chap tomonga galma-gal harakati bilan bir vaqtda boshni shu taraflarga burish bilan;

-pastki jag‘ni oldinga va orqaga harakati bilan bir vaqtda boshning oldinga va orqaga harakati;

-daxan bilan galma-gal o‘ng va chap yelkaga va ko‘krakka yetish;

-qo‘llarni yong tomonga harakat qilish, bir vaqtda og‘izni ochish bilan boshning orqaga harakati;

Yumshoq tanglay mushagiga mashq:

-tomoqni iliq suv bilan chayish (bosh orqaga egilib, “gr.gr.gr” tovushini chiqarish);

-“xr.xr,xr” tovushini chiqarish bilan og‘iz orqali nafas olish – tanglay vibratsiyasi;

-suvni yutish (20-30 ta kichik yutish);

-Sekin, chuqur nafas olish, avval o‘ng keyin chap burun bo‘shlig‘i orqali (burun bo‘shliqlari galma-gal yopiladi, og‘iz yopiq);

-yumshoq tanglayni ko‘tarish va tushurish (oyna oldida mashqni bajarish, 10-15 marta);

-rezinali o‘yinchoqni shishirish (nafas chiqarish sonini sanash);

-ochiq og‘iz bilan yo‘talish (oyna oldida bajarish, tanglay harakatini kuzatish);

-qisqa nafas chiqarish bilan “a-a-a” harfini chiqarish;

-nafas olishda “i-o”, “e-o” tovushini chiqarish.



Yuqori lab mushagi uchun mashq:

-og‘iz burchagini yuqoriga va yon tomonlarga tortish (aktiv va qo‘llar yordamida);

-lablarni cho‘zish (burun bilan nafas olish vaqtida burungacha yetkazishga harakat qilish) ;

-og‘izning aylanma mushagini til bilan massaji;

-yonoqlarni shishirish va qo‘llar yordamida qattiq birlashgan lablar orqali havoni sekin chiqarish;

-tilni lablar bilan qisish va havoda harflar yoki har xil shakllarni chizish (kvadrat, aylanma va x.z);

-lablarni trubochka shaklida yig‘ish va “fu” tovushini chiqarish;

-lablar orasidagi yupqa plastinani ritmik siqish, 20-30 sekund davomida;

-lablarni trubochka holida kuchli jipslashtirish va qo‘llar yordamida og‘iz burchagini sekin cho‘zish;

-“p,b,m,v,f,” tovushlarini chiqarish.



Til mushagi uchun mashq:

-tilni chiqarish va yarim ochilgan va ochilgan og‘izda lablarni yalash;

-tilni tez bukish va yozish (qattiq tanglayning oldingi bo‘lagiga tegiz bian) bir vaqtning o‘zida tilni chiqarish;

-tish qatorining chiki va tashqi tomoni bo‘yicha tilning aylanma harakati (o‘ngdan chapga va chapdan o‘ngga);

-til bilan tlunjlarga tegish;

-til bilan tishning yuqori qatori bo‘yicha sekin harakat qildirish (tishlar sonini sanash).

Chakka pastki jag‘ bo‘g‘imi kontrakturalarida davolash kompleksiga stomatologiya klinikasi uchun ishlangan maxsus apparatlarni qo‘llash bilan mexanoterapiya qo‘llaniladi.Mexanoterapiya qo‘llashdan olin mushaklarni, chadiqlarni yumshatish uchush massaj. Issiq kompresslar yoki parafin applikatsiyasi tavsiya etiladi.
Stomatologiyada DJTning shakllari

Asosiy kasallikning davolash jarayonida mushak va bo‘g‘imlarning fnuksiyalarining buzilishini olidini olish, ish qobiliyatini saqlash uchun bemorlarga umummustaxkamlovchi ta'sir maqsadida stomatologiyada gigienik va davolovchi gimnastika qo‘llaniladi.

Davolovchi gimnastika mashg‘ulotini o‘tkazishda uslubiy tavsiyalarga asoslanish lozim.

Bo‘yin va yelka kamariga yuklama berish bilan har xil mushak guruhlariga mashqlarni DJT mashg‘ulotlariga qo‘shish. Yuz jag‘ sohasining yallig‘lanish jarayoni yoki jaroxatidan keyin bemorlarga tanani bukish va keskin harakatli mashqlar tavsiya etilmaydi.

Mimik va chaynov mushaklari bir qatorda joylashganligi uchun kasallanish vaqtida bir vaqtda ikkala mushak uchn mashqlar berish tavsiya etiladi.

Mimik mushaklar bir nuqta bilan suyak to‘qimasiga yopishadi, shuning uchun katta bo‘lmagan kuchga ega; ularning jaroxatida chaynov mushaklariga nisbatan uzoq tiklanish vaqti talab etiladi.

Yuklamani ratsional taqsimlash uchun mashqlarni chaynov va mimik mushaklarga galma-gal berish kerak, boshqa mushaklarni qamrab olish bilan (umumrivojlantiruvchi mashqlar). Yaqqol yuklamadan so‘ng (chaynov mushaklari uchun mashq) ularni kamaytirish tavsiya etiladi (mimik mushaklar uchun mashq).

Og‘iz oldi sohasidagi mimik mushaklari faqat asosiy funksiyani bajaribgina qolmay balki yutish, nafas olish, gapirish, ovqat qabul qilish aktlarida ham ishtirok etadi.Shuning uchun bu mushaklar jaroxatlanmasa ham mashg‘ulotlarga ular uchun mashqlar kiritilishi kerak.

Chag‘ suyaklari bo‘laklarining immobilizatsiyasida chag‘larning vertikal harakatiga impulslar yuborish mashqlari tavsiya etiladi (ideomotr mashq) va mushaklarni izometrik kuchlantirish shuningdek mimik va chaynov mushaklar uchun mashqlar tavsiya etiladi.

DJT mashg‘ulotida mushaklar kuchini tiklash uchun qarshilikda mashqlar bajariladi, pastki jag‘ga yuklama berish bilan avval metodist qo‘li bilan keyinchalik bemorning qo‘li bilan amalga oshiriladi.

Chakka pastki jag‘ bo‘g‘imida aylanma va yon tomonga harakatlarni bajarish ancha murakkab hisoblanadi, shuning uchun birinchi mashg‘ulotlarda bemorlarga pastki jag‘ga yo‘naltirilgan harakatlar bilan yordam berish kerak.

Jag‘larning mushak kontrakturalarida bemorlarda pastki jag‘ning harakati vaqtida tez charchashni kuzatiladi, shuning uchun mashqlar o‘rtasida pauzalar berilishi lozim (ekspozitsiya 2-3 minut).

Jismoniy yuklamani ratsional taqsimlash uchun chaynov mushaklariga beriladigan mashqlarni mimik va boshqa mushak guruhlariga beriladigan mashqlar bilan galma-gal berilishi lozim.

O‘tirgan va turgan dastlabki holatlarida yuz mushaklarining ko‘proq bo‘shashishi kuzatiladi.

Mashg‘ulot vaqtida bemorlarni oyna oldiga shunday o‘tkazish kerakki, ular o‘z harakatlarini nazorat qila olishlari lozim.

Davolanish boshida bemorlar DJT bilan kuniga 2-3 marta metodist nazorati ostida yoki mustaqil shug‘ullanadilar. Keyinchalik mustaqil mashg‘ulotlar soni kuniga 5-8 martagacha olib boriladi.

Maxsus mashqlar simmetrik bajariladi, ya'ni jaroxatlangan va sog‘ yuzda.Jaroxatlardagi drenaj va sistemalarning dializi mashqlarni bajarish uchun qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanmaydi.

Bemor mashg‘ulotlarni mustaqil bajarishda maxsus mashqlardan foydalaniladilar.Pastki jag‘ning harakatini tiklash uchun DJT mashg‘ulot vaqtida va ovqat qabul qilish vaqtida rezinali bog‘lamni (ikki jag‘ fiksatsiyalanganda) yechishga ruxsat etiladi.



Yuz-jag‘ sohasi yallig‘lanish kasalliklarida DJT

Davolovchi gimnastika muolajasi jarroxlik yo‘li bilan yallig‘lanish o‘chog‘i kesilganidan keyin va o‘tkir jarayon bosilganidan so‘ng tavsiya etiladi, og‘riq kamayganda va bemorning umumiy holati yaxshilanganda, odatda operatsiyadan 2-3 kun o‘tganidan keyin. Subfebril harorat va YuChTning oshishi davolovchi gimnastika muolajasini tavsiya etishga qarshi ko‘rsatma bo‘lmaydi.



Mashg‘ulotning birinchi (kirish) bosqichida davolovchi gimnastikaning vazifalari: 1).bemor organizmiga umumiy tinchlantiruvchi ta'sir etish. 2).operatsiyadan keyingi jaroxat sohasida rezorbsiya va gidratatsiya jarayonlarini yaxshilash maqsadida mahalliy qon aylanishini tezlashtirish. 3).bo‘g‘im oldi to‘qimalarda destruktiv-atrofik jarayonlari rivojlanishining oldini olish, kontraktura profilaktikasi.

Davolovchi gimnastika muolajasida qo‘llaniladi :

a)qo‘l va oyoq, orqa va qorin oldi mushaklari uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar, sekin sur'atda, yotgan va o‘tirgan dastlabki holatlarda;

b)nafas chiqarish fazasini cho‘zish bilan statik va dinamik nafas mashqlari (rezinali o‘yinchoqlarni shishirish);

v)mimik va chaynov mushaklari uchun maxsus mashqlar (og‘riqni kuchaytirmasdan), har bir mashqni 5-10 marta qaytarish bilan. Og‘izni ochish va yopishni bosh harakatlari bilan birga bajarish mumkin (boshni egish, aylantirish, aylanma harakatlar), bosh aylanishiga yo‘l qo‘ymasdan.

Mashg‘ulotning ikkinchi (asosiy) bosqichida davolovchi gimnastikaning o‘tkazidish uslubi, bosqich jaroxatdan drenajni olish bilan boshlanadi va yara granulyasiya qatlami bilan qoplanadi, bemorning harakat aktivligining kengayishi va maxsus mashqlarning keng qo‘llanilishi nazarda tutiladi.Ochiq havoda sayr etish tavsiya etiladi, bemorning umumiy holatini yaxshilash maqsadida asta sekin jismoniy yuklama oshirib boriladi. Maxsus mashqlarning hammasi cheklanishsiz, maksimal amplitudagi harakatlar kun davomida ko‘p marta bajariladi. Mashg‘ulotlar buzilgan funksiyalarning to‘liq tiklangunicha olib boriladi. Massaj, iliq muolajalar va mexanoterapiya tavsiya etiladi.
Nazariy qismni baholash mezoni

Maksimal ball 25-24

23-21 ball

20-19 ball

17-16 ball

13 ball

A'lo

yaxshi

o‘rta

qoniqarsiz

yomon

100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va undan kam


15.2. Taxliliy qism

Mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari:

Grafikli organayzerlar - fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi.

Klaster tuzilmasi- (klaster-tutam, bog‘lam) axborot xaritasini tuzish yo‘li barchatuzilmaning markazlashtirilishini aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish.

Klasterni tuzish qoidasi.

1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing.

2. G‘oyalar sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.

3. Xatni to‘xtatadigan imlo hatolariga va boshqa omillarga e'tibor bermang.

4.Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.

Pedagog tushintiradi.

1.Klaster tuzish qoidasi bilan tanishtiradi

2.Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz varag‘ini o‘rtasiga mavzu nomi yoki savol yozadi



Talaba bajaradi.

1.Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar yo‘ldoshlarni yozib qo‘shadilar.

2.Ularni asosiy so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiradilar.

3.Bu yo‘ldoshlarda kichik yo‘ldoshlar bo‘lishi mumkin.

4.Yozuvni ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugaguncha davom ettirishlari mumkin.
Klaster tuzishga savollar to‘plami.

DJTning umummiy asoslari. DJT vositalari va shakllari. Harakat tartibotlari.


Klaster tuzilmasi.




ЛФК»










ОЗДОРОВИ-ТЕЛЬНЫЙ БЕГ














ТЕРРЕНКУР





ФИЗКУЛЬТУРНО- МАССОВЫЕ МЕРОПРИЯТИЯ



Aqliy hujum usuli”

Usulni asosiy qoidalari:

  • fikrlash qobiliyatini shakllantirishini to‘xtatib qo‘yadigan tanbeh va kamchiliklarni aytmaslik;

  • o‘ziga xos sifatli g‘oyalarni shakllanishni rag‘batlantirish;

  • turli takliflarni yechish;

  • g‘oyalarni kombinatsiyalash, ularni rivojlantirish;

  • qiska javoblar, argumentatsiyasiz;

-guruhni ikki guruhga bo‘lish: fikr beruvchilar va fikrni rivojlantirish;

Savolar:1.Talabalarga yuz jag‘ sohasining odontogen yallig‘lanish jarayonlarida DJTning maqsadi, vazifalari, shuningdek harakat tartibotlari va qo‘llanilishi zarur bo‘lgan mashqlarining muxokamasi taklif etiladi. Har bir talaba o‘z fikrini bildiradi, doska yoki flipch-kartaga yozadi, keyin tayyor shablon yozuvlar bilan birma-bir solishtirilib, og‘zaki taxlil qilinadi. Qilingan vazifaning to‘g‘riligi baholanadi.

Javoblar shabloni DJTning maqsadi va vazifalari:

-yallig‘lanish jarayoniga qo‘shilgan mushak va chakka pastki jag‘ bo‘g‘imining funksional buzilishi hosil bo‘lishining olidini olish maqsadida tavsiya etiladi;

-mushak va chakka pastki jag‘ bo‘g‘imining yallig‘lanish kontrakturalarining asoratlarini yo‘qotish;

-jaroxatlangan to‘qimaning regenerator qobiliyatini stimullash va funksiyani tiklash;

-limfa oqimini tezlashtirish, yallig‘lani so‘rdirish, oksidlanish-tiklanish jarayonlarini va fagotsitar fuknksiyani shirish;

-mushaklarda destruktiv-atrofik jarayonlar rivojlanishining va qo‘pol chandiqning hosil bo‘lishining olidini olish.

Operatsiyadan keyin bemor holatiga qarab to‘shak, yarim to‘shak yoki erkin harakat tartiboti tavsiya etiladi.

Taklif etiladigan mashqlar: mimik, chaynov mushaklari uchun maxsus mashqlar nafas mashqlari bilan birga, bosh va qo‘l-oyoqlarning sekin suratda harakatlari.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin