Tasdiqlayman


Yakuniy nazorat mezonlari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə4/14
tarix25.11.2016
ölçüsü0,72 Mb.
#8
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Yakuniy nazorat mezonlari



O‘zlash-tirish %

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

96-100


A'lo «5»

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga to‘g‘ri, aniq, ketma-ketlikka rioya qilgan holda javoblar berilgan.

2.

91-95


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ket javob berishda to‘g‘irlangan hollari kuzatildi.

3.

86-90


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikka rioya qilinmagan.

4.

81-85


Yaxshi «4»

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikda 1 ta ahamiyatsiz xato bor.

5.

76-80

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikda 1-2 ta xato bor.

6.

71-75


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor(30%). Javoblar ketma-ketligida bir necha to‘g‘irlangan hollari kuzatildi.

7.

66-70

Qoniqar li «3»



O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor(40%). Javoblar ketma-ketligi buzilgan.

8.

61-65


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 45% javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik buzilgan.

9.

55-60


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 55% javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.

10

54 -30

Qoni-qarsiz «2»



O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 55%dan ko‘p javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.

11

30 va undan kam

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.


DJT fanidan amaliy ko‘nikma ro‘yxati.

  1. DJT bemorlarga to‘g‘ri buyurish.

  2. DJT mashg‘ulotini o‘tkazish.

Amaliy ko‘nikmalar baholash mezonlari.

Joriy nazoratning 40%ni amaliy qism tashkil qiladi.

Maksimal 20 ballga teng.

Davolovchi jismoniy tarbiya fanidan joriy nazorati bo‘yicha o‘zlashtiriladigan har bir amaliy ko‘nikmalar bosqichda amalga oshiriladi va maksimal 100 ball bilan baholanadi.

Amaliy ko‘nikmalar qadamma-qadam bajarilishida hatolar qilinganda, bajarilmagan qadam hisobidan maksimal ajaratilgan ballar olib tashlanadi. Oxirgi qo‘shilgan ballar summasidan quyidagi koeffitsent bilan hisoblanadi, 20 * x/100 koeffitsentga o‘tkaziladi.

Masalan: talaba 80 ball olsa amaliy ko‘nikmani joriy baholashdagi balli 16 ga teng bo‘ladi. 16 ball yoki joriy baholashni 38% tashkil etadi.




Joriy baholash

Nazariy qism 25%

12.5 minimal ball



Analitik qism

30%


15.0 minimal

ball


Amaliy qism 40%

20 minimal

ball


TMI

5%

2.5 minimal ball.




Tekshirish tadbirlari

O‘quv mashg‘ulotini o‘zlashtirish sifatini baholash 2 xil nazorat : joriy va yakuniy baholash orqali amalga oshiriladi.

1.Joriy baholash (JB) - har kuni talabalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirilishi tekshirilib boriladi. Baholash quyidagicha amalga oshiriladi:

-sovollarga og‘zaki javob berishi;

-vaziyatli masalalarni yechish,takliflar berish;

-amaliy ko‘nikmalarni bajarish;

-yangi usullarni qo‘llab, bilimni baholash;

-mavzu bo‘yicha testlarni qo‘llash.

Talabalarning mustaqil ishlari (TMI) – talabalar tomonidan mustaqil tayyorlangan ishlari (referat, slayda, krossvord, tarqatma material, vaziyatli masala) amaliy mashg‘ulotlarda eshitilib, taxlil qilinadi va reyting nazorati tizimi asosida ballarda baholanadi.

Talabaning mustaqil ishi O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligi-ning 21.02.2005 yil 34-sonli buyrug‘i va TTA rektori 2009 yildagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risida Namunaviy nizom» asosida tashkil etiladi.

Har bir bajarilgan ish reyting nazorati tizimiga asosan ballarda baholanadi.

2.Yakuniy baholash (YaB) – amaliy mashg‘ulotlar tugagach, quyidagicha olib boriladi:.

-YaB ga joriy bahoning maksimal reyting balining 55 foizidan yuqori ball olgan talabalar qo‘yiladi;

-yakuniy baholash og‘zaki yoki yozma test shaklida olinadi;

-reyting nazorti tizimiga asosan ballarda baholanadi.

3. Fan bo‘yicha umumiy reyting balli JB va YaB ballarini qo‘shib olinadi. Olingan ballar qaydnoma va talabalarning reyting kitobchasiga qo‘yiladi.

Fan bo‘yicha umumiy reyting balli quyidagicha baholanadi :

86,0 – 100,0 ball - a'lo

71,0 – 85,9 ball - yaxshi

55,0 – 70,9 ball - qoniqarli

54,9 va undan past - qoniqarsiz

7. Adabiyotlar

Asosiy (A)


  1. Yepifanov V.A. “Lechebnaya fizicheskaya kultura” M. 2003g.

  2. Popov V.I., Chogovadze V.G. « Fizicheskaya reabilitatsiya» Rostov na Donu, 2001g.

  3. Sokolov A.A., Zausaev N.K. «LFK v chelyustno-litsevoy xirurgii» M., 1990g

  4. Sokolov A.A. «Lechebnaya fizkultura v stomatologii» 1988g.

Qo‘shimcha (Q)

  1. Bet Shou “Yoga fit Trening dlya zdorovya” Myu 2005 g.

  2. Bokov A., Sergeyev S. “Yoga dlya detey” M. 2004 g.

  3. Dubrovskiy V.A. “ Lechebnaya fizkultura” M. 2004 g.

  4. Yevdokimova T.A. Milyukova I.V. Noveyshiy spravochnik“ Lechebnaya fizkultura” M. 2004g.

  5. Yepifanov V.A. «Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina» M., 2000

  6. Yepifanov V.A., Moshkov V.N. «Lechebnaya fizkultura (spravochnik)» M.1997

  7. Yepifanov V.A., Afanasenko G.L. «Lechebnaya fizkultura i vrachebniy kontrol» M., 1999g.

  8. Korxin M.A. Rabinovich I.M. «LFK v domashnix usloviyax». L.: Len. Izdat., 1990g.

  9. «Massaj - sputnik zdorovya» kniga dlya uchashixsya 1992g

  10. Milyukova I.V. yevdokimova T.A. “Gimnastika dlya detey” M. 2004 g.

  11. Rixsiyeva O.A. «Massaj» T. 1996 g.

  12. Yuldashev K.Yu. “Nemedikamentozniye metodi lecheniya” prakticheskoye posobiye dlya vrachey.

  13. Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990

  14. Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.

Internet saytlari:

www.doktor.ru

www. medinfo. home.ml.org

http://www.restart-med.ru

http://www.mirmed.ru

http://micropolarization.narod.ru

http://skolioz.mccinet.ru

www. aapmr.org

www.alhealth.com

www.docguide.com

www.healthweb.com

www.acsm.org

www.apta.org

www.sportsmed.org.
Xalq tibbiyoti, reabilitologiya, jismoniy tarbiya kafedrasi
Fan: Davolovchi jismoniy tarbiya

Davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari, vazifalari, maqsadi. Jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmi. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.Stomatologiya amaliyotida qo‘llaniladigan DJTning vosita va shakllari. Yuz jag‘ sohasining yallig‘lanish kasalliklarida DJT. Xususiy usullarni tanlash va asoslash, DJTning maqsad va vazifalarini aniqlash, lavolovchi gimnastika kompleksini tuzish va davolash samaradorligining nazorati.


mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot

TA'LIM TEXNOLOGIYASI

Amaliy mashg‘ulot ta'lim texnologiyasi

Mavzu №1

Davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari, vazifalari, maqsadi. Jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmi. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Stomatologiya amaliyotida qo‘llaniladigan DJTning vosita va shakllari. Yuz jag‘ sohasining yallig‘lanish kasalliklarida DJT. Xususiy usullarni tanlash va asoslash, DJTning maqsad va vazifalarini aniqlash, lavolovchi gimnastika kompleksini tuzish va davolash



1. Mashg‘ulotni o‘tkazish joyi va jihozlanishi

Halq tibbiyoti, reabilitologiya, jismoniy tarbiya kafedrasiTTA 1-klinikasi fizioterapiya bo‘limi va TTA 3-klinikasi reabilitatsiya bo‘limi. Mahsus jihozlangan DJT xonalari, tematik bemorlar va kasallik tarixi, jadvallar, videofilmlar, ko‘rgazma materiallari.

2. Mavzuni o‘rganish davomiyligi:

8 soat.(360min)

Talabalar soni 8-9

3.Mashg‘ulot shakli va maqsadi:

Talabalarni jismoniy mashqlarning davolavchi ta'sir mexanizmi va usullari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab davolovchi gimnastika kompleksini tuzishni o‘rgatish. Stomatologiya amaliyotida DJTni qo‘llash imkoniyatlari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish.

4. O‘quv mashg‘ulot tuzilishi:

(mashg‘ulot rejasi)

1.Kirish

2.Asosiy qism:

Nazariy

Analitik


Amaliy

Talabalarning mustaqil ishi

3.Yakuniy-xulosa qiluvchi qism


5. O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari :

-DJT usullarihaqidagi umumiy ma'lumotni mustaxkamlash;

-DJT usullarining o‘ziga xosligi haqidagi tushunchani chuqurlashtirish;

-bemor organizmiga jismoniy mashqlarning davolovchi ta'sir mexanizmi va ularning qo‘llanilish maqsadi haqidagi bilimlarini tartiblashtirish;

-stomatologik bemorlarga DJTni tavsiya etish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni mustaxkamlash va kengaytirish;

-stomatologiyada jismoniy mashqlar qo‘llanilish usullarini ishlab chiqish;

-DJT bilan shug‘ullanuvchi bemorlar ustidan vrach nazorati ko‘nikmalarini rivojlantirish (yualamaga bemorning reaksiyasini, DJT mashg‘uloti samaradorligi kriteriylarini aniqlash);

-yuz jag‘ sohasining yallig‘lanish kasalliklarida DJTning xususiy usullarini asoslash va tanlashni o‘rgatish;

-tartiblashtirish, taqoslash, umumlashtirish, axborot taxlili ko‘nikmalarini shakllantirish;


6. O‘quv faoliyatini natijalari:

- DJT vosita va shakllari, jismoniy mashqlarning klassifikatsiyasi biladilar;

-bemor organizmiga jimoniy mashqlarning davolovchi ta'sir mexanizmini biladilar;

- stomatologik bemorlarga DJTni tavsiya etish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni aytib beradilar;

-stomatologiyada DJTning qo‘llanilash usullarini xarakterlab bera oladilar;

-DJT mashg‘ulotida qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va samaradorligini baholash usularini tartibli ravishda ochib beradilar;

-amaliy ko‘nikmalarini bajara oladilar –stomatologiya amaliyotida qo‘llanila-digan maxsus jismoniy mashqlarni mustaqil ko‘rsata oladilar va mashg‘ulot o‘tkaza oladilar.


7. Ta'lim texnikasi va usullari:

Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.

8. Ta'lim shakillari:

Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.

9.Ta'lim vositalari:

Tarqatma o‘quv materiallari, doska-stend, tekst.

10. Ta'lim shart sharoitlari:

Texnik ta'minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya,TTA 1- va 3-klinika fizioterapiya bo‘limi va davolovchi jismoniy tarbiya zali.

11.Monitoring va baholash :

Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, test, amaliy ko‘nikmalar bosqichlarini ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarni prezentatsiyasi.


12. O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Mashg‘ulot bosqichlari va vaqti

Foaliyat mazmuni

Ta'lim beruvchi

Ta'lim oluvchi

1- bosqich

Mashg‘ulotga kirish

(45daq)


1.1.Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg‘ulot rejasi bilan tanishtiradi.

1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni;mustaqil ishlash uchun adabiyotlarro‘yxatini aytadi.



Tinglaydilar, yozib

oladilar.

Aniqlashtiradilar,

savollar beradilar



2-bosqich. Asosiy

(270daq)


Nazariy qism (90daq).

Analitik qism (90daq).

Amaliy qism (90daq).

1.talabalarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsadida quyidagi mavzular bo‘yicha blits so‘rov o‘tkazish :

-davolovchi jismoniy tarbiya usullari haqida tushuncha;

-DJT usullarining o‘ziga xosligi;

-jismoniy mashqlarning asosiy ta'sir mexanizmi;

-stomatologiyada DJTga ko‘rsatma va umumiy qarshi ko‘rsatmalar.

2.Bemor organizmiga DJTning davolovchi ta'sir mexanizmining, stomatologiyada ularning usullarini qo‘llanilishi, ko‘rsatma va xususiy qarshi ko‘rsatmalarning taxlilini o‘tkazish.

3.Talabalarga yuz jag‘ sohasidagi odontogen yallig‘lanish jarayonlarida DJTning maqsadi va vazifalarini, shuningdek harakat tartibotlarini va qo‘llanilishi zarur bo‘lgan mashqlarni “Miyaga hujum” usuli yordamida muxokama qilish taklif qilinadi.

4.Talabalarni guruhlarga bo‘lish. Guruhlarda ishlash va diskussiya qoidalarini eslatish.

5.”DJT shakllari”, “DJT vositalari”, “Harakat tartibotlari”, “DJTning o‘ziga xosligi, ta'sir mexanizmlari” mavzusi bo‘yicha grafik organayzerlar tuzish vazifasini beradi:

-Taklif etilayotgan vazifani bajarish. Kichik guruhlarda individual ish natijalrini o‘tkazish va muxokama qidish;

-Prezentatsiyaga tayyorlanish.

6.O‘quv faoliyatini yo‘naltiradi, koordinatsiyalaydi, maslahat beradi. Individual ish natijalarini tekshiradi va baholaydi : vaziyatning taxlil varag‘i.

7.Davolovchi gimnastika muolajalarini o‘tkazish usulini ko‘rsatadi.

8.Talabalarning amaliy ko‘nikmalarni bajarishini tashkil etadi.



,Javob beradilar

Yozadilar.

Jadvalar bilan ishlaydilar

Guruhlarda

ishlaydilar,

Olingan ma'lumotlarni daftarga qayd va taqdimot qiladilar



3-bosqich

Yakuniy xulosa qism

45 min


1.Mavzu bo‘yicha yakun qiladi.

2.Guruhlar ishini (alohida ishtrokchilarni) baholaydilar, o‘zaro baholash natijalari bo‘yicha xulosa qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.

3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baholash mezonlarini yetkazadi

Keyngi mashg‘ulotlga tayorlanish uchun vazifalar beradi.



O‘z-o‘zini, o‘zaro

baholashni

o‘tkazadilar.

Savol beradilar

Topshiriqni yozadilar.




13. Motivatsiya

Davolovchi jismoniy tarbiya - jismoniy mashqlarning organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini, davolash va reabilitatsiya davrida DJTning harakat tartibotlarini, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlashni va qo‘llashni o‘rgatadi.

DJT stomatologiyada kasadlliklar va jaroxatlarda kompleks davolashda salomatligini, mehnat qobiliyatini va buzilgan funksiyalarni tez va to‘liq tiklash uchun qo‘llaniladi.DJTning qo‘llanilishi jaroxatlangan to‘qimalarning gregenaratsiya qobiliyatiga stimullovchi va chaynov, mimik va til mushaklarining funksiyasiga tiklovchi ta'sir etadi.
14. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik:

DJT fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha bioximiya, fakultativ terapiya, travmatologiya va ortopediya, jismoniy tarbi va shifokor nazorati, terapevtik va jarrohlik stomatologiya fanlari bilan uzviy bog‘langan.



15. Mashg‘ulot mazmuni

15.1. Nazariy kismi

DJTning o‘ziga xos xususiyatlari yoki davolash usullari:

-DJT tabiiy biologik davolash usulidir. Bunda davolash jarayonida tabiiy bo‘lgan harakatlar va tabiiy omillardan foydalaniladi;

-butun davolanish jarayonida bemorlar faol ishtirok etadilar;

-DJT patogenetik davolash usulidir. Jismoniy tarbiya vositalari yordami bilan kasalliklrning patogeneziga ta'sir ko‘rsatiladi. Masalan : bronxial astmada bronxlarning torayishi (spazmi) kuzatiladi. Beriladigan maxsus mashqlar yordamida bronxlarning torayishiga ta'sir etib, yo‘qotiladi. Bunda o‘pka ventilyasiyasi oshiriladi, drenajlovchi nafas mashqlari yordamida turib qolgan sekretlar haydaladi;

-DJT nospetsifik davolash usulidir. Davolash maqsadida beriladi-gan mashqlar spetsifik ta'sir qilish bilan bir vaqtda, organizmning umumiy reaktivligi,modda almashinuv jarayonlari,organlarning qon bilan ta'minlanishlarini kuchaytiradi;

-DJT funksional davolash usulidir. Patologik jarayonning rivojlanishi hisobiga organ va sistemalarning funksional holatlarida buzilishlar kuzatiladi. DJT vositalari bilan buzilgan funksional holatlar yaxshilanadi va tiklanadi. Masalan : jarohat vaqtida singan suyaklarga gips qo‘yiladi, bunda yaqin bo‘lgan ikki bo‘sh bo‘g‘im fiksatsiyalanadi. Natijada uzoq vaqtga qo‘yilgan gips bo‘g‘imlardagi harakatlarni chegaralaydi, ularning qon bilan ta'minlanishi buziladi va mushaklar atrofiyaga uchraydi. Bemorlarga beriladigan jismoniy tarbiya vositalari bu holatlarni kamaytirishga, yo‘qotishga va funksiyasini yaxshilashga va qisqa vaqt davomida tiklashga qaratiladi. Davolovchi gimnastika muolajasi gips qo‘yilgan birinchi kundan boshlab ochiq joylarga, bo‘sh bo‘g‘imlarga beriladi. Gips olinganidan so‘ng har xil mashqlar beriladi (tuzatuvchi, mexanotera-piya, muvozanatga, koordinatsiyaga va h.z) va ular yordamida buzilgan funksiyalar yaxshilanadi va tiklanadi.



Davolovchi jismoniy tarbiyaning ta'sir mexanizmlari:

1.Neyro-reflektor-gumoral ta'sir – jismoniy mashqlar nerv retseptorlarining nospetsifik qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib hisoblanadilar. Ular nerv retseptorlariga ta'sir etib, markazga intiluvchi yo‘l orqali MNSga boradilar. U yerda gipofiz-gipotalyamus sistemasi orqali o‘tib, retikulyar formatsiya va po‘stloq ostida joylashgan har xil markazlarga ta'sir etib, impulslarni o‘zgartirilgan holda markazdan qochuvchi nerv yo‘llari orqali patologik o‘chog‘iga qaytib tushadi va quyidagilarga olib keladi:

-qon va limfa aylanishi yaxshilanadi;

-modda almashinuv jarayoni faollashadi;

-biologik aktiv moddalarning ajralishi kuchayadi;

-regeneratsiya va reporatsiya jarayonlari yaxshilanadi;

-to‘qima trofikasi yaxshilanadi.

Bunday ta'sirlar natijasida og‘riq susayadi va qoladi, yallig‘lanish holatlari kamayadi, spazmalitik ta'sirni yuzaga keltiradi.

2.Kompensator (to‘ldiruvchi) ta'sir – bunda organizmdagi patologik o‘zgarishlar o‘rni to‘ldiriladi va patologik jarayonning avj olib ketishining oldi olinadi. Masalan : nafas organlari kasalliklarida, nafas jarayonida ishtirok etuvchi mushaklarga mashqlar beriladi, ya'ni diafragmaga, qovurg‘alar oralig‘iga, yelka kamariga, orqa mushaklariga. Hazm organlari kasalliklarida qorin oldi mushak pressiga mashqlar, tos tubi organlari kasalliklarida oraliq va anus sfinkteriga mashqlar va h.z.

3.Trofik ta'sir – qo‘llanilayotgan jismoniy tarbiya vositalari ta'sirida tomirlar kengayadi, qon aylanishi yaxshilanadi, modda almashinuvi yaxshilanadi, natijada jarohatlangan joyning trofikasi yoki oziqlanishi yaxshilanadi.

Davolovchi jismoniy tarbiya vositalariga quyidagilar kiradi:

1.Jismoniy mashqlar

2.Tabiatning tabiiy omillari

3.Davolovchi massaj

4.Mehnat bilan davolash

Jismoniy mashqlar.

Jismoniy mashqlar DJTning asosiy vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Jismoniy mashqlar quyidagilarga bo‘linadi:

1.Gimnastik mashqlar

2.Amaliy sport mashqlari

3.O‘yinlar

Gimnastik mashqlar jismoniy mashqlarning asosini tashkil etadi. Gimnastik mashqlar o‘z navbatida bo‘linadi :

A.Nafas mashqlariga :

a)statik yoki turg‘un nafas mashqlari

-ko‘krak nafas mashqlari

-diafragmal yoki qorin orqali nafas mashqlari

-to‘liq yoki aralash nafas mashqlari

-lokal yoki mahalliy nafas mashqlari

b)dinamik nafas mashqlari

-fiziologik nafas mashqlari

-Strelnikova bo‘yicha paradoksal nafas mashqlari – o‘pkaning venti-lyasiyasini oshirish va drenajini yaxshilash uchun beriladi, qo‘l va oyoqlar bilan birgalikda harakat qilinib, asosiy e'tibor nafas olishga qaratiladi.

v)maxsus nafas mashqlari

-ritmik yurish – bunda nafas olish yurishga moslashtiriladi, ya'ni 1-nafas olinadi, 2-nafas chiqariladi.

-tovushli nafas mashqlari – tovushli nafas mashqlarini bajarish maqsadida unli va undosh harflardan foydalaniladi. Bu mashqlar o‘pka ventilyasiyasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi, masalan : nafas olib, nafas chiqarishda unli harflardan foydalaniladi. Shuningdek nafas yo‘lla-ridan balg‘amni haydash maqsadida nafas chiqarishda undosh harflarni aytish bilan amalga oshiriladi.

-drenajlovchi nafas mashqlari – asosiy e'tibor drenajlovchi dastlab-ki holatlarga qaratiladi, ya'ni unga talab shuki, patologik o‘chog‘ bronxlar bifurkatsiyasidan, tananing bosh qismidan yuqori turishi kerak. Quyidagi dastlabki holatlar qo‘llaniladi :

a) sog‘ yon boshda yotgan;

b) tizza-tirsak;

v) qorinda yotib, boshi pastga tushurilgan;

g) qorinda yotib, oyoq qismi 15, 30, 45 graduslarga ko‘tarilgan;

d) o‘tirgan, bosh qismi pastga engashtirilgan.

B.Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarga :

Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar belgilari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi :

a) anatomik belgisi bo‘yicha

-yuz, ensa mushaklari uchun mashq

-bo‘yin, yelka va orqa mushaklari uchun mashq

-qo‘l mushaklari uchun mashq

-qorin oldi mushaklar pressi va tos tubi mushaklari uchun mashq

-oyoq mushaklari uchun mashq

-butun tana mushaklari uchun mashq

b) faollik belgisi bo‘yicha mashqlar

-passiv mashqlar – tushak tartibotidagi bemorlar uchun tavsiya etiladi, metodist, shifokor, hamshira yoki boshqalar yordamida mashqlar bajariladi

-faol mashqlar – bemorlar o‘zi mustaqil mashqlarni bajaradi

-ideomotor mashqlar – hayolan bajariladigan mashq, organizmga neyroreflektor ta'sir ko‘rsatadi

v) snaryadlarni qo‘llash belgisi bo‘yicha mashqlar

-snaryadsiz bajariladigan mashqlar

-snaryadlar bilan bajariladigan mashqlar (gimnastik tayoqcha, meditsin-bol, koptok, sakratgich, halqa, espander, gantella va h.z)

-snaryadlarda bajariladigan mashqlar (gimnastik skameykalar, sog‘lomlashtiruvchi narvon, sog‘lomlashtiruvchi disk va h.z)

-mexanoterapiya – bunda tibbiy asboblar, apparatlar va trenajerlardan foydalaniladi. Tibbiy asboblar – og‘izni va lablarni kengaytiruvchi, apparatlar – ortopedik moslamalar, yordamchi moslamalar va Jom apparati, trenajerlar – veloergometr, velotrenajer, yuguruvchi yo‘lka, “eshkak eshish”, kuch talab qiluvchi trenajerlar, “chigiritka” trenajeri va h.z.

g) o‘quv-tarbiyaviy belgisi bo‘yicha mashqlar

-intizomlashtiruvchi mashqlar

-tayyorlovchi mashqlar

-tuzatuvchi (korreksiyalovchi) mashqlar

-mos harakatli (koordinatsiyaga) mashqlar

-ritmoplastik mashqlar

-muvozanat uchun mashqlar

-tirmashish mashqlari

-o‘rmalash mashqlari

-osilib turish mashqlari

-irg‘itish mashqlari

-sakrash mashqlari

-qarshilikda bajariladigan mashqlar

Amaliy sport mashqlari – bu mashqlar yordamida yuklamalarga mos-lashtirish, oshirib borish, qon va limfa aylanishlari, modda almashinuvi-ning yaxshilanishi amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi : yurish, yugurish, o‘tirgan va turgan holatlarda eshkak eshish, suzish, chang‘i va konki uchish, velosiped haydash.

O‘yinlar – ular quyidagilarga bo‘linadi :

-kam harakatli o‘yinlar – shaxmat, shashka va h.z. Bunda bemorlarni kasallikdan chalg‘itish, emotsional-ruhiy holatiga ta'sir etish, e'tiborini kuchaytirish amalga oshiriladi;

-harakatli o‘yinlar – stol tennisi, badminton, kegelban, kreket va h.z. Ular yordamida bemorlarning emotsional holati yaxshilanadi, harakat kengligi oshiriladi, o‘sib boruvchi yuklamalarga organizm moslashtiriladi;

-sportga oid o‘yinlar – voleybol, basketbol, futbol va h.z. Ular ham bemorlarning emotsional holatini yaxshilaydi, o‘sib boruvchi yuklamalarga organizmni moslashtiradi.

Tabiatning tabiiy omillari

Tabiatning quyidagi tabiiy omillaridanfoydalaniladi :

-aeroterapiya – havo bilan davolash;

-gidroterapiya – suv bilan davolash;

-tallasoterapiya – dengiz suvlari bilan davolash;

-gelioterapiya – quyosh nurlari bilan davolash.

Bu omillardan organizmni chiniqtirish, kasallikning oldini olish va davolash maqsadida qo‘llaniladi.

Davolovchi massaj

Massaj qo‘l yoki apparat yordamida amalga oshiriladi. Qo‘l bilan massaj qilinganda quyidagilarga e'tibor beriladi, qo‘l har doim limfa oqimi bilan yaqin yotgan limfatugunlari tomon harakat qiladi. Qo‘l bilan massaj qilinganda quyidagi usullar qo‘llaniladi :

-silash;

-siqib chiqarish (qon tomirlardagi qon haydaladi);

-yumshatish (bo‘yin, orqa, qo‘l, qorin, sonning oldingi yuzasi, dumba mushagi, boldir);

-surtish (ko‘krak qafasi, orqa, hamma bo‘g‘imlar);

-tebratish.

Massaj doim silash bilan boshlanadi va silash bilan tugatiladi, bundan tashqari har bir usuldan so‘ng silash o‘tkaziladi. Qo‘l yordami bilan quyidagi massajlar amalga oshiriladi : klassik, segmentar-reflektor va nuqtali. Klsssik massajda odam tanasi bir necha qismlarga bo‘linib massaj qilinadi, ya'ni qo‘l, oyoq, qorin va h.z(1 birlik 10 minut). Segmentar-reflektor massajda ta'sir ma'lum segmentlarga ko‘rsatiladi, masalan : yoqa sohasi, bo‘yin-ensa sohasi, yuqori ko‘krak sohasi va h.z., ya'ni ichki organlarning nerv sistemasi tomonidan inervatsiyasiga bog‘liq holda amalga oshiri-ladi. Nuqtali massajda odam tanasidagi ma'lum nuqtalar massaj qilinadi, ya'ni biologik aktiv nuqtalar. Bunda massaj ko‘rsatkich yoki uchinchi barmoq bilan o‘tkaziladi.

Apparat bilan massajga taalluqli:

-gidromassaj;

-vibriomassaj;

-pnevmomassaj;

-baromassaj;

-vakuum massaj.

Vakuum massaj asosan o‘pka, nafas yo‘llari kasalliklarida, osteoxondrozda qo‘llaniladi. Tananing tuzilishiga va teri osti yog‘ qatlamining rivojlanishiga qarab yoki unga bog‘liq holda vakuum massaj tibbiy bankalar yoki 200 ml, 500 mlli bankalar yordamida o‘tkaziladi. Bunda bemor kushetkaga shunday yotishi kerakki, uning orqasi tekis bo‘lishi shart. Shundan so‘ng orqa maz bilan surtiladi va banka orqaga vakuum hosil qilgan holda qo‘yiladi. Vakuum massaj o‘tkazilganda quyidagilarga amal qilinishi kerak, ya'ni banka aylanma holida sekin harakat qildiriladi yoki ilon izi holida harakat qildiriladi, masalan : zotiljamda, bronxial astmada, bronxitda va h.z. Osteoxondrozda bankalar paravertebral soha bo‘yicha to‘g‘ri chiziqli harakat qildiriladi.

Massaj organizmga trofik, mexanik, neyroendokrin, reflektor va neyrogumoral ta'sir ko‘rsatadi. Bu ta'sir mexanizmlari natijasida fiziologik ta'sirlar yuzaga keladi, ya'ni terining funksiyasini yaxshilaydi, qon va limfa aylanishini, modda almashinuvini, asab sistemasining qo‘zg‘atuvchanligining pasayishini oshiradi, tashqi nafas funksiyasini yaxshilaydi, mushak va bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi va h.z. Massajga qarshi ko‘rsatmalar : teri butunligining buzilishi, piodermiya, dermatitlar, ekzema, angiomalar, haroratli holat va h.z.

Mehnat bilan davolash

Bemorning emotsional ruhiy holatlariga oid savollarni xal qilish uchun qo‘llaniladi. Mehnat bilan davolash shifoxona va uy sharoitlarida olib boriladi. Shifoxonada, ayniqsa asab kasalliklari, travmatologiya, revmatologiya va boshqa bo‘limlarda muhim ahamiyatga ega. Asab kasalliklari bo‘limida bemorlarning o‘ziga-o‘zi xizmatini tiklash, travmatologiyada – mehnat stendlaridan foydalanib, bemorni hayot faoliyatida zarur mehnat-larga o‘rgatish. Uy sharoitida meva va sabzavotlarni tozalash, hamirli ovqat qilish, tugish, bichish mashqlari, bog‘ va polizlarda me'yorli ishlash.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin