Fanning ishchi dastur “Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturi va o‘quv rejasi asosida tuzilgan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashi yig‘ilishida muhokama qilingan, 2013 yil «_________»dagi «____»-sonli majlis bayoni bilan ma'qullangan.
1. So‘z boshi (Kirish)
Davolovchi jismoniy tarbiya (DJT) fani jismoniy mashqlarning organizmga ta'sir etish mexanizmini, yuz-jag‘ sohasidagi va turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini, davolash va reabilitatsiya davrida DJTning harakat tartibotlarini, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlashni va qo‘llashni o‘rgatadi.
1.1. O‘qitish maqsadi va vazifalari.
O‘qitish maqsadi:
Shifoxona va ambulator sharoitida yuz-jag‘ soxasi kasalliklar bilan bemorlarni kompleks reabilitatsiyasida, organizm sistemalari va ichki organlarining turli kasalliklarida va patologik oldi holatlarida jismoniy mashqlarning organizimga ta'siriga asoslangan holda davolovchi jismoniy tarbiya usullarini qo‘llash.
O‘qitish vazifalari:
-jismoniy mashqlarni ta'sir mexanizimini va DJTning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish;
-DJT vositalari va shakllarini o‘rganish;
-DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash;
-DJT bo‘yicha xujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirishni o‘rganish;
-shifoxona, poliklinika sharoitlarida DJTning davolash usullarini to‘g‘ri qo‘llashga o‘rganish.
1.2.Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar.
Talaba bilishi kerak:
- jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmini;
- DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni;
- Davolovchi jismoniy tarbiya vositalari va uning turlarini;
- Davolovchi jismoniy tarbiyasi davolash usullarini;
- Davolovchi jismoniy tarbiya shakllarini;
- Davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini;
- Davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilishi va samaradorligini baholashni.
Talaba malakalarga ega bo‘lishi kerak;
-asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda davolovchi gimnastik mashqlar kompleksini tuzish;
-DJT harakat tartiboti vazifalarini aniq belgilash;
-DJTning vositalarini to‘g‘ri tanlash;
-DJT xonasini jihozlash.
Talaba quyidagi ko‘nikmalarni ortirishi kerak:
-bemorlarga DJTni rejalashni va to‘g‘ri tavsiya etishni;
-bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar o‘tkazishni;
-shifikor-pedagogik nazoratini o‘tkazishni;
-mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va samaradorligini baholashni;
-reabilitatsiya bosqichida poliklinika va shifoxonada DJT vazifalarini va harakat tartibotlarini aniqlashni.
1.3.O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi
DJT fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha terapevtik stomatologiya, jarroxlik stomatologiya, ortopedik stomatologiya, travmatologiya, xirurgiya fanlari bilan bog‘langan.
1.4.Talabalar bilish kerak bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar minimumi
1. Davolovchi jismoniy tarbiya vositalari va uning turlarini to‘g‘ri tanlash.
2. Davolovchi jismoniy tarbiya davolash usullarini to‘g‘ri tanlash.
3. Davolovchi jismoniy tarbiya shakllarini to‘g‘ri tanlash.
4. Davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini to‘g‘ri tanlash.
5. Davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilish samaradorligini baholash.
6. Bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar o‘tkazish..
7. Mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va samaradorligini baholash.
1.5.Talabalar bilimining nazorati
O‘qitilgan materiallar bo‘yicha talabalarning bilimini va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasini baholash butun dars o‘tish vaqtida 2 bosqichda olib boriladi: kunlik joriy nazorat va yakuniy nazorat bo‘yicha reyting ballari qo‘yiladi. Yakuniy nazorat fan tugashi bilan o‘tkaziladi. Talabalar bilimining nazorati har xil ko‘rinishda olib boriladi: og‘zaki so‘rov, vaziyatli masalalarni yechish, o‘rgatuvchi-nazorat qiluvchi testlarga yozma yoki ogzaki javob, amaliy ko‘nikmalarni bajarish, o‘qitishning yangi texnologiya usullari bilan baholash. Bundan tashqari talabalar mustaqil ish topshiradilar va ular kundalik joriy nazoratda baholanadi.
Fan bo‘yicha reyting ballari joriy nazorat va yakuniy nazorat ballarining yig‘indisi fan bo‘yicha qaydnomalarga va talabalarning reyting kitobchalariga qo‘yiladi.
1.6.O‘quv texnologiyalaridan foydalanish
O‘qitish jarayonida darslik va qo‘llanmalardan, internetdan olingan yangi ma'lumotlardan, tarqatma materiallardan (sinamalarni o‘tkazish tartibi, jadvallar, krossvord, baholash usullari), o‘qitishning yangi texnologiya usullaridan (grafik organayzer tuzish, miyaga hujum, kichik guruhlar va h.z), o‘lchov va sinamalarni o‘tkazish uchun zaruriy asboblardan (antropometrik o‘lchov asboblari, veloergometr, tonometr, fonendoskop va boshqalar), videofilmlardan foydalaniladi.
2.O‘quv yuklamasining hajmi
Mehnat hajmi
|
O‘quv yuklamasining hajmini auditor mashg‘ulotlar bo‘yicha taqsimlash. (soat)
|
Mustaqil ish
|
Hammasi
|
Ma'ruza
|
Amaliy mashg‘ulot
|
30
|
17
|
2
|
15
|
13
|
3. Ma'ruza
3.1. Ma'ruzani mavzuiy rejasi
№
|
Ma'ruza mavzusi
|
Soat
|
1
|
Bemorlarni tibbiy reabilitatsiyasida davolovchi jismo-niy tarbiyaning ahimiyati. Jismoniy mashqlarning odam organizmiga ta'sir mexanizmi asoslari. Davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari. Yuz-jag‘ sohasi turli kasalliklarda jismoniy reabilitatsiyaning qo‘llanilishi. Massajni stomatologik kasalliklarda qo‘llash.
|
2
|
Jami 2 soat
3.2. Ma'ruza matnining mazmuni.
Ma'ruza 1.
Bemorlarni tibbiy reabilitatsiyasida davolovchi jismo-niy tarbiyaning ahimiyati. Jismoniy mashqlarning odam organizmiga ta'sir mexanizmi asoslari. Davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari. Yuz-jag‘ sohasi turli kasalliklarda jismoniy reabilitatsiyaning qo‘llanilishi. Massajni stomatologik kasalliklarda qo‘llash. 2 soat
Davolovchi jismoniy tarbiya tarixi. Turli mashqlarning odam organizmiga ta'siri. DJTda harakat rejasini poliklinika, shifoxona va sanatoriya kurortda tashkil qilish. DJTni tavsiya etishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. DJTning umumiy asosalari: vositalari, shakllari va harakat tartibotlari. Davolovchi gimnastik mashg‘ulotlarini o‘tkazish qoidalari va DJTning samaradorligini aniqlash.
DJT xususiyatlari va uni boshqa davolash usullari bilan bog‘liqligi: dori-dormon, jarrohlik, fizioterapevtik va boshqa dorisiz davolash usullari. DJTni stomatologik kasalliklarda o‘ziga xos xususiyatlari va reabilitatsiya davrida qo‘llanilishi.
Massajning organizmga ta'siri. Kosmetik massajning xususiyatlari. Stomatologik kasalliklarda massajni qo‘llanilishi.
Eslatma:ma'ruzalar multimediya ko‘rinishida berilgan.
Adabiyotlar:A. 1.2,3,4 Q.1-13
4.Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari
Amaliy mash-g‘ulot№
|
Mos keluvchi
ma'ruza
|
Soat
|
Mavzular nomi va ularning bo‘limlar bo‘yicha mazmuni.
|
Adabiyotlar
|
1
2
3
|
1
1
1
|
5
5
5
|
DJT ning umumiy asoslari, stomato-logiyadagi xususiyatlari.
Jismoniy mashqlarning ta'sir mexa-nizmi. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. DJT vositalari va shakllari. Xarakat tartibotlari. DJT muolajasini belgilash prinsiplari. DJT bo‘yicha hujjatlarni yuritish. Bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan DJT usul-larining samaradorligini aniqlash. Mimik, chaynash mushaklari, til, pastki jag‘ suyaklari uchun maxsus mashqlarning bajarilishini o‘rganish.
Yuz jag‘ sohasi yallig‘lanish jarayon-larida va jarohatlarda davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash.
Osteomielit, flegmona, abssess, periostit, pastki jag‘ va ChPJB sinishlarida, artrit va artrozlarida DJT belgilashdan maqsad, ko‘satma va qarshi ko‘rsatmalar. DJT qo‘llash usullari. Operatsiyadan keyingi davrda DJTni qo‘llash xususiyatlari. DG mashqlar kompleksini tuzish va uning samara-dorligini aniqlash.
Yuz nervi jarohatlari va kasallik-larida, plastik va tiklanish opera-siyalardan so‘ng davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash. Massaj.
DJTni qo‘llashdan maqsad, qo‘llash usul-lari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Jarohatlarni bosqichiga qarab DJTni belgilash va DG mashqlar kompleksini tuzish. Massajni stomatologiyada qo‘l-lash uslublari va xususiyati, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalari.
|
A.:1,2,3,4
Q.: 3,4,5,6,7
A.:1,2,3,4
Q.: 3,4,5,6,7
8,9,11
|
5.Mustaqil ish
Ma-shg‘ulot №
|
Mos keluv chi
Ma'ru za№
|
Mustaqil ishlar mavzusi va mazmuni
|
Ajratil
gan
soatlar
|
Adabi-yotlar
|
1
1
1
2
2
2
3
3
3
|
1
1
1
1
1
1
1
1
1
|
Yuz nervi jarohatlari va kasal-liklarida davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash.
DJTning shakl va vositalarini tanlash va organizmni tiklash uchun reabilitatsiya dasturini tuzish.
Uch shoxli nerv kasalliklarida DJT.
DJTning shakl va vositalarini tanlash va organizmni tiklash uchun reabilitatsiya dasturini tuzish.
Noa'nanaviy nafas mashqlari.
Nafas mashqlarining turlari: statik, dinamik va mahsus. Noa'nanaviy nafas mashqlari: u-shu, pranayyama-yoga va h.q. Ta'sir mexanizmlari, o‘tkazilish tartibi.
Chaynov mushaklarining kasallik-larida DJTni qo‘llash.
DJTning shakl va vositalarini tanlash va organizmni tiklash uchun reabilitatsiya dasturini tuzish.
ChPJB kontrakturalarida DJT-ning ahamiyati.
DJTning shakl va vositalarini tanlash va organizmni tiklash uchun reabilitatsiya dasturini tuzish.
Sog‘lom turmush tarzi.
Organizmning jismoniy rivojlani-shiga, salomatlik holatiga, ichki organlarning rivojlanishi va funk-sional holatiga jismoniy mashq-larning ta'siri. Organizmning salo-matligini mustahkamlashda harakat faolligini tanlash, DJTning vosita va shakllarini aniqlash va qo‘llash.
Plastik va tiklanish operatsiya-laridan so‘ng davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash.
DJTning shakl va vositalarini tanlash va organizmni tiklash uchun reabilitatsiya dasturini tuzish.
Stomatologiyada massajni qo‘llash.
Massaj turlari: davolash, gigienik, kosmetik. Ta'sir mexanizmi. Uslublari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.
Yuz jag‘ sohasi tug‘ma va ortirilgan defekt va deformatsiyalarni davo-lashda jismoniy tarbiya usullarni qo‘llash.
Tish jag‘ anomaliyalarda davolovchi gimnastik mashqlar. Tanlagning tug‘ma yoriqlarida DJTni qo‘llash. Yuzning mimika mushaklari va chaynash apparatining anatomiya fiziologik tafsifi va yoshga oid jag‘ni rivojlanishida DJT usullarini qo‘llash.
|
1
1
1
2
1
2
2
1
2
|
A:3,4
Q:5,6
A:3,4
Q:1,2,3
A:1,2
Q:3,4,9
A:2,3,4
Q:3,4,5,6,7
A:1-4
Q: .8,10
A:1-4
Q:3,4,5,6,7
A:2,3,4
Q:3,4,5,6,7
A:2,3,4
Q:3,4,5,6,7
A:2,3,4
Q:3,4,5,6,7
|
6. Fan bo‘yicha ko‘nikma, malakalar va bilimlarini baholash mezonlari va reyting nazorati
Talabaning tayyorgarlik sifatini belgilovchi asosiy mezoni uning reytingi hisoblanadi, bu esa joriy va yakuniy nazorat baholarining yig‘indisidan chiqariladi.
Fan bo‘yicha 100 ball kuyidagicha taqsimlanadi:
№
|
Nazorat turi
|
Maksimal ball
|
Koeffitsient
|
O‘tish ball
|
1
|
Joriy nazorat
|
50
|
0,5
|
27,5
|
2
|
Yakuniy nazorat
|
50
|
0,5
|
27,5
|
|
JAMI
|
100
|
1
|
55,0
|
Amaliy mashg‘ulotlarni baholash mezoni bo‘lib, talabaning mashg‘ulotga tayyorgarligi va vazifalarni, mustaqil ishini bajarish sifati baholarining yig‘indisidan kelib chiqadigan joriy bahosi hisoblanadi.
Talabalar bilimining nazorati.
-
Og‘zaki so‘roq qilish
-
Vaziyatli masalalarni yechish.
-
Biletlar bo‘yicha og‘zaqi javob berish.
-
Amaliy ko‘nikmalarni bajarish.
-
Interaktiv usullari bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish va baholash.
O‘quv texnologiyalaridan foydalnish.
-
O‘rgatuvchi-nazorat etuvchi kompyuter dasturi.
-
Slaydlar, krossvordlar.
-
Multimedia amaliy mashg‘ulotlari.
-
Video–kinofilmlar.
-
Turli trenajerlar, gimnastik snaryadlar.
Joriy nazoratni baholash mezoni
№
|
O‘zlash-tirish %
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
1
|
96-100
|
A'lo
«5»
|
Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘i javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashadi. Mavzu bo‘yicha vaziyatli masalalarni yechadi, test savollariga to‘liq va to‘g‘ri javob beradi. Erkin tasavvurga ega bo‘lib, kerak bo‘lganda o‘qituvchi bilan o‘z fikrini almasha oladi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar, banerlar, videofilmlar majmuasi tayyorlangan.
|
2
|
91-95
|
Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashadi, mustaqil mushohada yuritadi. Mavzu mohiyatini tushuntira oladi, erkin tasavvurga ega bo‘ladi, o‘qituvchi bilan bemalol fikr almasha oladi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar, banerlar majmuasi.
|
3
|
86-90
|
Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini yetarli darajada bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashadi. Mavzu bo‘yicha amaliy ish natijalari bo‘yicha mustaqil tekshirish bayonnomasini to‘ldiradi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar majmuasi.
|
4
|
81-85
|
Yaxshi
«4»
|
Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini yetarli darajada bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashadi. TMI 8-10 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 15-20 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumot-larni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.
|
5
|
76-80
|
Javoblar to‘g‘ri, ammo to‘liq emas, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bo‘yicha kamchilikni to‘ldiradi, mavzuni muhokama qilishda yetarlicha faol. Auditoriyadagi topshiriklarni bajariщda katnashadi. TMI 5-8 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foyda-lanib yozilgan, chiroyli rasmiylashti-rilgan, 10-15 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumot-larni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.
|
6
|
71-75
|
Mavzuni muhokama qilishda yetarlicha faol, ammo xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Auditoriya ishlarini bajarishda qatnashadi, kerakli yozishlarni amalga oshiradi. TMI 3-5 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 5-10 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumot-larni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.
|
7
|
66-70
|
Qoniqarli
«3»
|
Javoblar 50% ga to‘g‘ri, ammo berilgan savolning mohiyatini tushunadi; topshiriqlarni bajara oladi, biroq unda 2-3 xatoliklarga yo‘l qo‘yadi.
|
8
|
61-65
|
Javoblar 50% ga to‘g‘ri, savol mohiyatini hamma vaqt ham to‘g‘ri tushunmaydi, topshiriqlarni o‘qituvchi yordamida bajaradi va shunda ham 2-3 ta xatoga yo‘l qo‘yadi. 2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referat-lar. Referat chiroyli rasmiylash-tirilgan, biroq xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzu yarim chala ochib berilgan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 5-10 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimiini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.
|
9
|
55-60
|
Javoblar 40% ga to‘g‘ri, javob berishda yanglishib ketadi, savol mohiyatini hamma vaqt to‘g‘ri tushunmaydi, topshiriqlarni boshqa talaba yoki o‘qituvchi yordamida bajaradi. 2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumot-laridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylash-tirilmagan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuni ochib berilmagan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 5-10 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimiini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.
|
10
|
54-30
|
Qoniqarsiz
«2»
|
40% gacha to‘g‘ri javob bera oladi, javoblar aniq emas, topshiriqlarni bajara olmaydi. Uy vazifasi bajarilmagan. Referat yomon rasmiylashtirilgan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuning mazmunini ochib bermagan. 1-2 ta internet va adabiyotlar ma'lumotlaridan foydalanilgan. Mavzuning yarimidan kam qismini ochgan 10 dan kam bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar kam ma'lumotlarni o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.
|
11
|
30-20
|
Amaliy mashg‘ulotga qatnashadi, formada, daftari bor. Uyga berilgan vazifa bajarilmagan.Talaba mustaqil ish vazifalarini bajarmagan.
|
TMI tekshirish mezonlari
№
|
O‘zlash-tirish %
|
Baholash
|
Talabaning bilim darajasi
|
1.
|
86 - 100
|
A'lo «5»
|
10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar. Mavzusi to‘liq va har tomonlama ochib ko‘rsatilgan referatlar, matni mantiqiy ketma-ketlikda yozilgan, referatni tayyorlashda talaba eruditligini, bilimlarining chuqurliligini va savodxon ekanligini namoyish etdi. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan. Mavzuni to‘liq ochib beruvchi 30 dan ortiq animatsiyali, zamonaviy ma'lumotlardan foydalangan, aniq va chiroyli slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar yuqori saviyada tayyorlangan, materiallar mantiqan to‘g‘ri yozilgan, sifatli, aniq va chiroyli rasmiylashtirilgan, barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi.
|
2.
|
71 - 85
|
Yaxshi
«4»
|
3-5 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, xatosiz, mantiqan to‘g‘ri yozilgan, mavzu to‘liq ochib berilgan. Mavzuni ochib beruvchi 15-20 ta bir turdagi animatsiyali, zamonaviy ma'lumotlardan foydalangan, bir ko‘rinishda rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar yuqori saviyada tayyorlangan, barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.
|
3.
|
55 - 70
|
Qoniqarli «3»
|
2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, biroq xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzu yarim chala ochib berilgan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 10-15 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimiini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.
|
4.
|
0 - 54
|
Qoniqar-siz «2»
|
Referat yomon rasmiylashtirilgan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuning mazmunini yarimidan kam qismini ochib bergan. 1-2 ta internet va adabiyotlar ma'lumotlaridan foydalanilgan. Mavzuning yarimidan kam qismini ochgan 10 dan kam bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar kam ma'lumotlarni o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.
|
Dostları ilə paylaş: |