Suyultirilgan sulfat kislotasini ikkita qo‘rg‘oshin elek-trodlar orasida elektrolizga uchratsak, faqatgina katoddagi borayotgan protsesslarni aniq o‘rganish mumkin:
Shuning uchun katod yaqinidagi protsesslarni o‘rgan-gandagina to‘g‘ri natijalar olinadi.
0,01 N lik kislotadagi vodorod ionlarining gramm-ionlar sonini quyidagicha belgilaymiz: elektrolizgacha - , elektrolizdan keyin - , katodda zaryadsizlangan qismini - с. Elektrolizning berilgan vaqtida anoddan katodga o‘tgan vodorodning gramm-ionlar miqdori - ni tashkil qiladi va vodorod ionlarining tashish soni
(12)
ga teng bo‘ladi.
Katodda zaryadsizlangan vodorodniig gramm-ionlar soni ikki usul bilan aniqlanadi: kulonometrik usul va berilgan elektroliz vaqtida elektrolitdan o‘tgan elektr miqdori bo‘yicha aniqlash:
bu yerda -tok kuchi (amperlarda), -elektroliz vaqti (min.). Elektrolizni olib borilganda tok kuchini 62 mA ga teng tutish shart.
Elektrolitdan o‘tgan elektrning umumiy miqdorini aniqlash maqsadida ushbu tajribada mis kulonometri ham ishlatiladi. Bu kulonometrda mis elektrodlari bor mis sulfat eritmasi elektrolizga o‘chraydi va katodda mis ajralib chiqadi, anodda esa eriydi. Bu holda (1) tenglamaga binoan
ga teng bo‘ladi. Bu yerda -ajralib chiqqan misning massasi, 31,77 - misning elektroximiyaviy ekvivalenti.
Mis elvktrodining elektrolizdan avvalgi va keyingi og‘irliklari analitik tarozida topiladi.
Kulonometr eritmasidagi har 100 ml suvning tarkibidagi 15 gramm , 5 ml kontsentrlangan va 5 ml etil spirti bo‘ladi. Tokning zichligi 20 mA/sek dan ortmasligi kerak. Aks holda elektrodda qora rangli va elektrod sirtiga yaxshi yopishmagan mis kukuni ajralib chiqadi.