Tashkent Medical Academy
Volume 4 | TMA Conference | 2023
Integration of Science, Education and Practice
in Modern Psychology and Pedagogy:
Problems and Solutions
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan,
ta’lim va amaliyot integratsiyasi:
muammo va yechimlar
913
May 6
https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference
korxonalarning mavjud bo‘lishi yangi iqtisodiy va huquqiy munosabatlar
shakllanishiga olib kelmoqda.
Bu holat insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham o‘zini ta‘sirini
ko‘rsatmoqda, ularning mulkka, olinayotgan natija va uning samaradorligiga bo‘lgan
qarashi tubdan o‘zgarib bormoqda. Menejmentning asosiy ob‘ekti
xodimlar
bo‘lganligi sababli, zamonaviy tashkilotni boshqaruv jarayonida asosiy e‘tibor
xodimlar faoliyati, ularning o‘zaro munosabatlari, manfaatlari,
maqsadga intilish
yo‘llari muhim o‘rin egallaydi.
Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish
strategiyasini qabul qilinishi aholining, shu jumladan,
korxonalar xodimlarining
hayotini yaxshilash, yashash va ishlash sharoitini yuqori saviyaga ko‘tarishni asosiy
maqsadlardan biri qilib belgiladi. Korxona miqyosida, mulkning shakli va unga
bo‘lgan munosabatdan qat‘iy nazar, xodimlar samarali faoliyat ko‘rsatishi va ularning
jismoniy va aqliy salohiyatidan to‘laroq foydalanish hamda
har bir tashkilot oldiga
qo‘ygan maqsadga erishish uchun xodimlarning boshqaruv tizimini oqilona tashkil
etish muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy xo‘jalik tizimiga chambarchas
bog‘lanayotganligi va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tayotganligi
natijasida xalq xo‘jaligi miqyosida yangi mulk shaklidagi korxonalar, kompaniyalar,
firmalar, jamiyatlar shakllanayotganligi munosabati bilan boshqarishning mazmunan
yangi turi bo‘lgan menejmentni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondashuv
mavjud:
- inson resurslarini boshqarish;
- xodimlarni boshqarish.
"Inson resurslarini boshqarish" tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini,
shuningdek, ijtimoiy rivojlanish masalalarini o‘z ichiga
oladi va ularga ustuvorlik
beriladi. "Xodimlarni boshqarish" tushunchasi esa ko‘proq kadrlar bilan tezkor
ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondashuv davlat miqyosida bandlik va uni
muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi
yondashuv bevosita korxona
darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi (1-
jadval). Xodimlarni boshqarish deganda, korxonada band bo‘lgan kishilar
salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal (mo‘tadil)
faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo‘yicha
o‘zaro bog‘langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi