62
Stajirovka:
ilmiy tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi;
iqtisod, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash va boshqa tarmoqlardagi
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi;
amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishi;
kasbga samarali moslashuvni ta’minlashi lozim.
Bunda stajirovkaga yo‘llangan magistratura talabasi o‘quv
jarayoni jadvalini
individual grafik asosida bajarishi ko‘zda tutiladi.
Magistraturada o‘qishning me’yoriy muddati 2 yil bo‘lganda o‘quv jarayoni
100 haftani tashkil etishi zarur.
O‘qish davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanishi zarur:
nazariy ta’lim – 25-30%;
attestatsiya – 4-7%;
ta’tillar – 13-16%;
ilmiy faoliyat – 50-55%.
Ilmiy faoliyat magistratura talabasining yakka tartibdagi
kalendar ish rejasi
asosida amalga oshiriladi va quyidagilarga bo‘linadi:
ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash – 70-75%;
ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti – 25-30%.
Nazariy ta’lim hajmi magistratura mutaxassisligiga qarab quyidagi tarzda
fanlar bloklari bo‘yicha taqsimlanadi:
umummetodologik fanlar – 30-35%;
mutaxassislik fanlari – 40-50%;
tanlov fanlari – 13-30%.
Magistratura mutaxassisliklari talabalarining ilmiy
tadqiqot ishi va magistrlik
dissertatsiyasini tayyorlash tartibi va malaka amaliyoti(stajirovka)ni o‘tash tartibi
oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
O’quv rejalarini tuzishda fanlarni o’rganishning quyidagi
uch usuli hisobga
olinadi: