parallel o’rganish - barcha fanlar bir vaqtda o’rganiladi; bu usul pedagogika
jihatidan hamma vaqt ham to’g’ri bo’lavermaydi, chunki fanlararo mazmunli
bog’lanishlar o’rgatish imkoniyatini cheklab qo’yadi; asosan, bir yillik o’quv
rejalari tuzishda qo’llaniladi;
ketma-ket o’rganish - o’zaro bog’langan fanlar ketma-ket o’rganiladi; bu
usul fanlararo bog’lanish uchun eng yaxshi sharoit yaratadi; o’qitish muddati uzoq
(3-4 yil) bo’lganda o’quv fanlari soni cheklangan o’quv rejalarida qo’llaniladi;
aralash o’rganish - fanlar o’quv rejasiga ham parallel, ham ketma-ket
kiritiladi; bu usul o’qish muddati 2-3 yil bo’lgan o’quv rejalari tuzishda eng ko’p
tarqalgan.
Fanlararo bog’lanishlarni ta’minlash uchun umumkasbiy va asosiy
umumta’lim fanlari, odatda, o’qitishning birinchi bosqichida o’rganiladi, bu davrda
ishlab chiqarish ta’limiga va maxsus fanlarni o’rganishga ajratiladigan vaqt bir oz
qisqartiriladi.
3.3. O’quv va ishchi o’quv dasturi. O‘quv dasturi - ta’lim tizimidagi har bir o‘quv fanining mazmuni va
o‘tilish tartibini, ta’lim oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim
hamda ko‘nikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat.
O‘zbekistonda o‘quv dasturi tegishli vazirliklar qoshidagi ilmiy metodik
kengashlar tomonidan tasdiqlanadi. Har bir o‘quv dasturi so‘z boshi, o‘quv fani
mazmunining qisqa bayoni, talabalarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan
talablar singari 3 qismdan iborat. O‘quv fanining maqsad va vazifalarini belgilab
berish o‘quv dasturining muhim belgisidir.
Ta’limning o‘quv dasturi tomonidan belgilangan mazmuni darslik, o‘quv
qo‘llanmalari, ko‘rgazmali qurol va metodik tavsiyalarda to‘la namoyon bo‘ladi.
O’quv fani dasturi – ta’lim mazmuni, ularning talabalar tomonidan
o’zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko’rsatilgan
me’yoriy hujjat.