M ustahkam lash uchun savollar: 1. «Ta’lim metodlari» tushunchasini izohlab bering. 2. Ta’lim metodlarining qanday guruhlari bor? 3. Darslarda kasb tanlashga yo'llash ishlarining qanday forma va metodlarini bilasiz? 4. Og'zaki bayon qilish metodlari qanday turlarga ajratiladi? 5. Ko'rgazmali metodlardan foydalanishda qanday shartlarga amal qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi? 6. Amaliy metodlardan foydalanishda qanday usullar qo'llaniladi? 7. Amaliy mashg'ulotlarda bilish faoliyati nechta bosqichda tashkil etiiadi? 4 .3 . M e h n a t ta ’lim i, kasb ta n la sh g a y o ‘lla sh o ‘quv jarayon id a ta ’lim v o sitalarid an foyd alanish m eto d ik a si Reja: 1. Ko'rgazmali qurollar va ularni tanlash. 2. Hozirgi zamon o'quv vositalarining tavsifnomasi. 3. O'qitish vositalarining rivojlanish istiqbol lari.
Tayanch iboralar:ko'rgazmali qurol, nomoddiy ko'rgazmali qurol, moddiy ko‘rgazmali qurollar, doska, sxema, tarqatiladigan materiallar, proyektor, diagramma, grafik. 1. Ko‘rgazmali qurollar va ularni tanlash. Darsni tashkil etishda ko‘rgazmali qurollar m uhim o‘rin tutadi. Didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri darsning ko‘rgazmaliligini ta’minlash. Ayniqsa, mehnat ta’limini o‘qitishda ko‘rgazmali qurollardan oydalanish o'quvchilarga iqtisodiy kategorivalarni, m uam m olarni o'rganishda katta yordam beradi. Ko'rgazmali qurollar yordamida o'quvchilar bir vaqtning o'zida muhokoma qilinayotgan savolni, axborotni ha m esh it ish, ham ko'rish orqali qabul qilishi shubhasiz ularni puxta bilim olishlariga yordam beradi. Ko'rgazmali qurollar xilma-xil taraqqivotining o'zi bir tom ondan, fanni chuqur o'zlashtirishni zarur qilib qo'ysa, ikkinchi tomondan, dars berishning turli-tuman yangi uslublari ko'rgazmalilikni oshirish, texnik vositalardan foydalanish, ularni qo'llashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtirish, qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam beradi. «Bilim olish ignada quduq qazish bilan barobar» degan naql bejiz emas, chunki u nihoyatda mashaqqatli mehnat. Sabr-toqatni talab qiladi. Tabiivki yoshlarda energiya ko'p, sabr-toqat esa yetishmaydi. Eng yuqori malaka, tajribaga ega o'qituvchilar ham darsdan ko'zlangan maqsadga erishish, o'quvchilarning mavzuni puxta o'zlashtirishlari uchun doimo auditoriyaga qarab, dars mashg'ulotini m a ’lum bir tartibda avvaldan qanday tarzda, qaysi metodlarni qo'llab o'tkazishini o'ylab qo'yishi, rejalashtirishi kerak. Darsning tuzilishi psixologik va pedagogik tamovillarga ko'ra tashkil etilishi va darsda vaziyatning o'zgarishi, o'quvchilarning tayyorgarligi va boshqa sabablarga ko'ra moslashish im koniyatini beradigan tarzda bo'lishi kerak. Darsni qanday tashkil etishni rejalashtirish, yo'l ko'rsatuvchi yo'llanm a tarzidagina bo'lishi m u m k in . U h a m m a eshikni ochadigan kalit emas. Sababi: birinchidan, o'quv xonalar, o'quvchilarning darsga tayvorlanib kelishi, darsga faol qatnashish darajasi bilan sinflar farq qiladi. Ikkin chidan, mavzular bir-biridan farq qilib, masalaning m a z m u n in i ochib berishda turli sullar qo'llashni taqazo etadi. U chinchid an, o‘quvchilar jonli m ushohada yurituvchilar ekan, albatta bir dars ikkinchisidan farq qiladi. Kutilm agan vaziyat sodir bo'lishi m u m k in k i, u h a m albatta dars o ‘tishga t a ’sir qiladi, dars tarkibini o'zgartirishga olib keladi, bunda o'qituvchi m o h ir dirijor orkestrni boshqarganday auditoriyani boshqarishi kerak. Lekin ko'rgazmalilikni har qanday sharoitda t a ’m in lash m um kin. Dars jarayonida so‘z bilan 0‘qituvchi to monidan yodga tushirish, 0‘quvchilarning xayolida gavdalantirish m u m k i n bo‘lgan ichki, xayoliy ko'rgazmali qurollar: adabivot, san’at asarlari, badiiy film, badiiy asar qahramonlari hayotida yuz beradigan turli voqea, vaziyatlardan odatda keng foydalaniladi. Har bir darsni boshlaganda eng avvalo 0‘qituvchi o'tilgan mavzuni 0‘quvchilarning yodiga tushiradi. Yangi mavzuni boshlar ekan, o ‘quvchilar diqqatini unga jalb qilish, fikrini yo‘naltirish uchun adabiyot, sa n’at asarlarini yoki hayotda yuz bergan biror voqeani gapirib berish m umkin. Bu yangi mavzuni o'rganishga o'quvchilar ruhi, kayfiyatini tavyorlaydi. Mashg'ulot jarayonida ko‘rsatib izohlash m u m k in b o ig a n ko‘rgazmali qurollar: jadval, sxema, plakat, chizma, diagram m a va boshqalardan foydalanish 0‘quvchilarning bilimini puxtalashtirishda m uhim rol o‘ynaydi. Darsda doskani ishlatish ko‘p vaqtni oladigan, boshqa texnik ositalardan foydalanishga imkoni yo‘q auditoriyalarda plakat, chizmalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Jadval, sxema, grafik, diagrammalardan foydalanish universal: — avvaldan slayd plyonkalarga chizib, texnik vositalar yordamida koisatilishi; — vatman qog‘ozga chizib, texnik vositalardan foydalanish uchun sharoiti yo‘q auditoriyada foydalanish; — kserokopiyadan chiqarib, tarqatma material sifatida foydalanish; — disketga kiritib, kompyuter orqali ko‘rish, tahlil qilish m u m kin. Xullas, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday tarzda, qanday maqsadda foydalanish o'qituvchiga bog'liq. O'qituvchi ko'rgazmali qurol tanlar ekan, albatta, avvalo, m a ’ruzami yoki seminar darsimi ekanligini hisobga oladi. Ikkinchidan, qaysi mavzu, bu mavzuda o'qituvchi o'quvchilar oldiga nima vazifa qo'ymoqchi, maqsadi nima, m uhokam a qilinayotgan m uam m oni yechishda ko'rgazmali qurol qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib tanlashi kerak. Masalan, jadval raqamlaridan m a ’ruzada biron gipotezani, ilgari surilavotgan fikrni tasdiqlash maqsadida foydalanilsa, seminar darsida masala yoki mashq bajarganda foydalanish m u m kin. Bunda ham ko'rgazmali qurollardan foydalanish darajasi o'qituvchining mohirligi, fantaziyasiga bog'Iiq. Keyingi paytda darslarda tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo'llanilmoqda. Tarqatiladigan materialning m uhim ijobiy tomoni shundaki, u bevosita o'quvchining qo'lida bo'lib, uzoqdan ko'rsatiladigan ko'rgazmali qurollarga xos kamchiliklardan xoli. Ko'rgazmali qurollarning afzalligi shundaki, uni dars o'tishning barcha shakllari, metodlarida qo'llash mumkin. Ayrim mavzularni esa um um a n namoyish qilinadigan materiallarsiz. ko'rgazmali qurollarsiz o'tib bo'lmavdi.