5-
Мavzu : Standartlashtirishda tutashma va o‘tkazishlar (4 с)
Reja:
1.Standartlashtirishda tutashmalar.
2. Standartlashtirishda
tutashma turlari
3. Оraliq o‘tqazish, taranglik va o‘tuvchi o‘tqazishlar
4.O‘zaroalmashuvchanlik tushunchasi
5.O‘zaroalmashuvchanlik turlari va ularning qo’llanishi
6. Yuzalar g‘adir-budurligi va to‘lqinsimonligi to‘g‘risida tushuncha
7.Yuza g‘adir-budurligi parametrlari
Har qanday mashina va mexanizmlar alohida
detallarning birikmasidan
tashkil topgan. To‘liq yoki qisman bir-biriga kiruvchi detallar birikma hosil qiladi.
qo‘zg‘aluvchan yoki qo‘zg‘almas qilib biriktirilgan ikkita detal tutashuvchilar
deyiladi.
Ikki detalning birikishini amalga oshiruvchi o‘lcham tutashtiruvchi deb
ataladi. Detallarni o‘zaro biriktirishda qamrovchi
va qamraluvchi yuzalar,
shuningdek qamrovchi va qamraluvchi o‘lchamlarni ajratib olish lozim.
Detal tutashuvchi yuzalarining shakliga qarab: tekis, silliq silindrik va
konussimon, rezbali, vintli, shlitsli, sferik, silindrik, konussimon va tishli uzatmali
birikmalar bo‘ladi.
Yuqoridagi birikmalarni tashkil qiluvchi detallarni shartli ravishda ikki
guruhga ajratib: qamrovchi detallar — teshik, qamraluvchi detallar —
val deb
yuritiladi.
1-rasmda ko‘rsatilgan shponka bilan val birikmasida, shponka-val, o‘yik-teshik deb
hisoblanadi.
Birikmalarni tashkil qiluvchi detallar o‘lchamlari bilan xarakterlanadi.
Mashinasozlikda o‘lchamlar millimetrda ko‘rsatiladi. Teshikka tegishli bo‘lgan
o‘lchamlar shartli ravishda lotin alfavitining katta bosma xarfida, valga tegishli
bo‘lganlari kichik xarfda ifodalanadi. Teshik o‘lchami — D, val o‘lchami — d deb
yoziladi. Funksional vazifasiga ko‘ra
mustahkamlikka, bikirlikka, charchashga
hisoblab yoki konstruktiv fikrlashlar asosida olinib, GOST6636-69 (STSEV514-77)
bo‘yicha nominal chiziqli o‘lchamlar qatoridan yaxlitlab olingan o‘lcham, nominal
o‘lcham deb ataladi. Birikmani tashkil qiluvchi
teshik va val uchun nominal
o‘lchamlar bir hil yoki bir-biriga teng, ya’ni teshikning nominal o‘lchami (Dn),
valning nominal o‘lchami (dn) ga teng (Dnqdn)
Mahsulotni qabul qilish uchun meyoriy xujjatda belgilangan yo‘l qo‘yilgan xatolik
bilan o‘lchov asbobida olingan qiymat haqiqiy o‘lcham deb ataladi. Teshikning
haqiqiy o‘lchami (Dx), valning haqiqiy o‘lchami (dx) bilan belgilanadi.
Bitga dastgohda ishlov berib tayyorlangan to‘p detallarning haqiqiy o‘lchami bir-
biridan farq qiladi, chunki ularning qiymatiga ishlov berish paytida hosil bo‘ladigan
xatoliklar ta’sir qiladi.
Haqiqiy o‘lchamlarning sochilishidan qutulish mumkin emas, shuning uchun
sochilish zonasi chekli eng katga va eng kichik o‘lchamlar bilan chegaralanadi.
Chekli o‘lchamlar deb, ikkita chekli yo‘l qo‘yilgan o‘lchamlarga aytilib, ular
orasida yoki ulardan biriga haqiqiy o‘lcham teng bo‘ladi. Teshikning yo‘l qo‘yilgan
maksimal diametri (Dmax}, minimal diametri (Dmin} bilan, valning yo‘l qo‘yilgan
maksimal diametri (dmax), minimal diametri (dmin) bilan belgilanadi.
Eng katta va eng kichik yo‘l qo‘yilgan o‘lchamlar farqiga o‘lcham joizligi (7)
deb ataladi.
Teshikning joizlik kiymati
(Т
1
)
TD=Dmax-Dmin (2-1)
Valning joizik qiymati (Td
)
T
d
=d
max
-d
min
(2-2)
Joizlik, bu shunday oraliqqi, uning orasida ishga yaroqli detallarning haqiqiy
o‘lchami yotadi.
Bundan kelib chiqadiki, qachonki, detalning haqiqiy o‘lchami
qo‘yidagi oraliqda bo‘lganda u ishga yaroqli hisoblanadi
.
max
min