Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari


Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari



Yüklə 21,85 Kb.
səhifə3/4
tarix05.05.2023
ölçüsü21,85 Kb.
#107908
1   2   3   4
Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari

Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari-Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o‘rtasida o‘rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilajak hujjat mеhnat bitimi dеb ataladi. Shartnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma xil ko‘rinishga ega: Shartnomalar yozma, og‘zaki ko‘rinishda bo‘lib, notarial idoralar tomonidan tasdiqlanishi lozim. Shartnomalar korxonalarga tеgishli bo‘lganida tomonlar imzolagunga qadar korxona hisobchisi yoki adliya maslahatchilarining rozilik bеlgisi bo‘lishi lozim. Shundan so‘ng tomonlar shartnomaga imzo qo‘yadi. Shartnomalar 2 nusxadan kam tuzilmasligi lozim. Pul mablag‘lari va moddiy-tovar boyliklarini saqlash uchun mas'ul bo‘lgan shaxslar bilan to‘liq shaxsiy moddiy javobgarlik haqida yozma shartnoma tuziladi.
Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to'plami-Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to‘plami Institutning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi “Fan va texnologiyalarni rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 436-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga PQ-916 sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2012-yil 28-dekabr 365-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi «Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi 371-sonli Qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi buyruqlari, Hay’at Qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda institutda yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ishlari, bajarilayotgan fundamental, amaliy innovatsion dasturlar loyihalari, xo‘jalik shartnomalari asosida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar monitoringi samarasini oshirish hamda ko‘lamini kengaytirish, yoshlarni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb qilish tizimini yanada mustahkamlash, Navoiy davlat pedagogika institutining Ustavi va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarda belgilangan maqsadni ro‘yobga chiqarish va vazifalarni ijro etishga qaratilgan.

Yüklə 21,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin