Tasdiqlash usthati yuqori qismida o‘ng burchakda joylashadi.
Ustav-Muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, muassasaning tuzilishini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuyi. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan me’yoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir. U ko‘proq ma’lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi.
Qoida-Bu hujjat ichki mehnat tartiboti, ya‘ni unda ishni tashkil etish, xodimlar bilan ma’muriyat o'rtasidagi majburiyatlar, ta'tillar berish tartibi, ichki tartib (ish vaqti va undan foydalanish, yutuqlar uchun rag‘batlantirish va mehnat intizomi buzilgani uchun jazo berish kabi masalalami aks ettiradi).
Shartnoma-Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning biron bir munosabatlar o'rnatish haqidagi kelishuvini qayd etuvchi va munosabatlami tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma to‘g‘risida maxsus qoidalar mavjud bo‘lib, ular O'zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksining 353-385 moddalarida bayon etilgan. Shartnomalar tashkilotlar 0‘rtasida, tashkilot bilan fuqaro, shuningdek, fuqaro bilan fuqaro o‘rtasida tuzilishi mumkin. Har qanday shartnoma uning maqsadi va mazmunidan qat'i nazar qonunga muvofiq boMishi kerak.
Farmoyish hujjatlari-Bunday hujjatlar sirasiga buyruq, ko'rsatma, farmoyish kabilar kiradi. Buyruq-Daviat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan uqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik afalarni hal qilish maqsadida qoplanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning limlari faoliyatini tartibga solishda qoplanadi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan ib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad shart-sharoitlar, iblar ko‘rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, imi, sanasi yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa asos bo'lgan hujjat uning loyish qismi tegishli bandida ham ko'rsatiladi.