Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1017
w www.oriens.uz May 2021 bilan tinglaydilar. Muloqotda ancha sabrlilar, o‘z nuqtai nazarlarini hissiyotga
berilmay himoya qiladilar. Notanish odamlar bilan suhbatlashishga to‘g‘ri kelganda,
bezovta bo‘lmaydilar, ayni paytda shovqin so‘ron davralarni yoqtirmaydilar,
birovning bachkana qiliqlari va ko‘p gapirishlari g‘ashlariga tegadi.
Uchinchi kurs talabalarida muloqotchanlik darajasi 10,3 ga teng. Ular juda
muloqotchan (ba’zida me’yoridan ortiq), qiziquvchan, gapdonlar, har xil masalalar
bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishni yaxshi ko‘radilar, bu esa ba’zida atrofdagilarni
g‘ashiga tegadi. Notanish odamlar bilan bajonidil tanishadilar, odamlarning diqqat
markazida bo‘lishni yoqtiradilar. Hech kimning iltimosini yerda qoldirmaydilar, lekin
berilgan hamma va’dalarni bajara olmasliklari mumkin. Ba’zida jahl ustida qattiq
gapirib yuboradilar, biroq tezda jahlidan tushadilar. Jiddiy muammolar bilan
to‘qnashganda ularga sabr – toqat yetishmaydi. Ammo xohlasalar hech qanday
muammo oldida taslim bo‘lmasligi mumkin.
To‘rtinchi kurs talabalarida muloqotchanlik darajasi 7,8 ga teng. Bitiruvchi
kurs talabalari juda muloqotchan, gaplari ichlariga sig‘maydi. Doim hamma
voqealardan xabardor, har xil bahs munozara, tortishuvlarda qatnashishni xush
ko‘radilar, lekin jiddiy mavzular ularni zeriktirib yuborishi mumkin. Biror masala
bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lmasalar ham, bu masala yuzasidan so‘zga
chiqishga doim tayyorlar. Hamma joyda o‘zlarini erkin his etadilar, har qanday ishga
kirishib ketaveradilar, ammo har doim ham uni oxirigacha yetkazmaydilar.
Texnik ta’lim va pedagogik ta’lim olayotgan talabalar muloqotchanlik
darajasini qiyosiy o‘rganish uchun quyidagi gistogrammani hosil qildik.