Ishonchdagi o'rtoqlik (kommanditli o'rtoqlik) - bu o'rtoqlik nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va o'rtoqlik majburiyatlari bo'yicha o'z mulklari bilan javob beruvchi ishtirokchilar (to'liq o'rtoqlar) dan tashqari , o'zlari tomonidan kiritilgan kiritmalari summasi doirasida o'rtoqlik faoliyati bilan bog'liq zarar ko'rish xatariga ega va o'rtoqlik tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha kiritma kirituvchi ishtirokchilar (kommandititlar) mavjud bo'ladi.
Shaxs faqat bitta ishonchdagi o'rtoqlikda to'liq o'rtoq bo'lishi mumkin.
Agar ishonchdagi o'rtoqlik firmasi nomiga kiritma kirituvchining ismi kiritilgan bo'lsa, bunday kiritma kirituvchi to'liq o'rtoq bo'ladi.
Ishonchdagi o'rtoqlik faoliyatini boshqarish to'liq o'rtoqlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday o'rtoqlikni uning to'liq o'rtoqlari tomonidan boshqarish va ishlarni olib borish tartibi ular tomonidan O'zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksidagi to'liq o'rtoqlik haqidagi qoidalari bo'yicha belgilanadi. Kiritma kirituvchilar o'rtoqlikni boshqarish va uni ishlarini olib borishda ishtirok etish, uning nomidan, ishonchnoma bo'yicha boshqacharoq, harakat qilish huquqiga ega emaslar. Ular to'liq o'rtoqlarning o'rtoqlikni boshqarish va ishlarini olib borish bo'yicha harakatlari bo'yicha tortishish huquqiga ega emaslar.
Dostları ilə paylaş: |