Ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar) - fuqarolarning ma' naviy va boshqa nomoddiy extiyojlarini qanoatlantirish uchun ularning manfaatlarning umumiyligi asosidagi ixtiyoriy birlashishidir.
Ijtimoiy va diniy tashkilotlar notijorat tashkilotlar bo'ladilar. Ular faqat o'zlarini tashkil qilinganliklari maqsadlariga erishishi va ushbu maqsadlarga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga egalar.
Jamg'arma (fond) - a'zolikka ega bo'lmagan notijorat tashkiloti, u fuqoralar va(yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar asosida ta'sis etiladi va ijtimoiy, hayriya, madaniy, ta'lim yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko'zlaydi.
Jamg'armaga uning ta'sischilari(ta'sischisi) tomonidan topshirilgan mulk jamg'armaning mulki bo'ladi. Ta'sischilar o'zlari tomonidan tashkil etilgan jamg'armaning majburiyatlari bo'yicha javob bermaydilar, jamg'arma esa o'z ta'sischilarining majburiyatlari bo'yicha javob bermaydi.
Dostları ilə paylaş: |