Notijorat tashkilotlar - bu o'z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni ko'zlamaydigan yuridik shaxslardir. Bu tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini faqat shuning uchun amalga oshirishlari mumkinki, chunki u ularni tashkil qilish maqsadlariga erishishga xizmat qiladi va ushbu maqsadlarga mos keladi.
Notijorat tashkilotlarga quyidagilar kiradi:
matlubot kooperativi;
ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar);
jamg'armalar (fondlar);
muassasalar;
yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar va ittifoqlar).
Matlubot koopera tivi - fuqarolar va yuridik shaxslarning a'zolik asosda ishtirokchilarning mulkiy va boshqa ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida, o'z a'zolarining mulkiy payli badallarini birlashtirish yo'li bilan amalga oshiriladigan ixtiyoriy birlashuvidir.
Matlubot kooperativining nomi uning faoliyatining asosiy maqsadini ko'rsatilishi, hamda yoki "kooperativ" so'zi yoki "matlubot ittifoqi" yoxud "matlubot jamiyati" so'zlariga ega bo'lishi kerak.
Matlubot kooperativining o'zi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlari qonun va nizomga muvofik uning a'zolari o'rtasida taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: |