Davlat unitar korxonalari. Unitar korxona deb davlat mulki bo'lgan va korxonaga xo'jalik faoliyatini olib borish yoki operativ boshqarish huquqlarida tegishli bo'lgan, o'ziga biriktirilgan mulkka mulkchilik huquqiga ega bo'lmagan tijorat tashkiloti tan olinadi.
Unitar korxonaning firma nomi uning mulk egasini ko'rsatilishiga ega bo'lishi kerak.
Unitar korxonaning idorasi uning rahbari bo'ladi, u mulk egasi yoki unga vakolat berilgan idora tomonidan tayinlanadi va unga hisobot beradi.
Unitar korxona o'zining majburiyatlari bo'yicha o'ziga tegishli bo'lgan barcha mulki bilan javob beradi va o'zining mulk egasining majburiyatlari bo'yicha javobgarlikka ega bo'lmaydi.
Xo'jalik fao liyatini olib borish huquqiga asoslangan unitar korxo na buning uchun vakolat berilgan davlat idorasi yoki mahalliy o'zini o'zi boshqarish idorasining qarori bo'yicha tashkil qilinadi. Korxonaning ta' sis hujjati uning mulk egasi tomonidan tasdiqlangan nizomdan iboratdir.
Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan unitar korxo na (davlatga qarashli korxona) davlat unitar korxonalari haqidagi qonunga muvofiq O'zbekiston Respublikasi huqumatining qarori bo'yicha tashkil qilinadi.
Davlatga qarashli korxonaning ta'sis hujjati uning O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan nizomdan iborat bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |