3.3. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish organlari tizimi va huquqiy maqomi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining devoni O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish bo’yicha eng muhіm organlardan biri Prezident devoni hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir. Uzbekiston Respublika si Prezidenta ayni vakxda Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining raisi xisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlatga, uning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va, binobarin, O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni ham boshqaradi.
Mustaqillikka erishilganidan keyin respublikada davpat xokimiyataning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo'yicha Davlat maslahatchisi xizmati singari institut paydo bo’ldi. O'z tabiatiga ko'ra O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo'yicha Davlat maslahatchisi xizmati O’zbekiston Respublikasi Prezidenta devonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Davlat maslahlchisi xizmatining faoliyat O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi faoliyatani tashkiliy, axborot-tahliliy va ekspert-huquqiy jihatdan ta'minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi istisodiy faoliyat sohasida ahamiyatiga ko’ra ikkinchi boshqaruv organi Vazirlar Mahkamasidir. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, qonunlar va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining hukumati bo’lib, davlat boshqaruv organlari va ular tuzadigan xujalkknn boshqarish organlariga rahbarlik qiladi, ularning kelishilgan faoliyatini ta'minlaydi. Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi tasarrufiga taalluqli bo’lgan davlat va jamiyatni boshqarishning barcha masalalarini hal qilishga huquqlidir.
Vazirlar Mahkamasi o’z vakolatlari doirasida:
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni boshqaradi, erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlarni yaratadi;
xo’jalik yuritishning yangi shakllari — kontsernlar, konsortsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, uyushmalarni barpo etish va mustahkamlashga yordam beradi, ularning faoliyatini yo’naltiradi va muvofiqlashtiradi;
respublika byudjetini, shuningdek O’zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlari va eng muhim dasturlarini ishlab chiqish va hamda ijro etishni tashkil etadi;
O’zbekiston Respublikasining chet ellardagi va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta'minlaydi, hukumatlararo shartnomalar va kelishuvlar tuzadi
tashqi iqgisodiy faoliyat sohasidagi rahbarlikni amalga oshiradi.