Tashqi iqtisodiy faoliyatda iqtisodiy xavfsizlikni


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 468,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix03.10.2022
ölçüsü468,55 Kb.
#64458
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
tashqi-iqtisodiy-faoliyatda-iqtisodiy-xavfsizlikni-ta-minlashning-ayrim-jihatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
146 
w
www.oriens.uz
October 
2021
 
pasaytirilishining oldini olish hisobiga 2020-yilda 8402 holatda 195 mlrd.
213,9 mln. so‘m bojxona to‘lovlari yo‘qotilishining oldi olindi. Bojxona qiymatini 
nazorat qilish yo‘nalishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan 
foydalanish natijasida qo‘shimcha 305,4 mlrd. so‘m bojxona to‘lovlari undirildi. 
Qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlari tahlil qilinganda, tovarning nomini 
yoki TIF TN kodini bojxona stavkalari past miqdordagi o‘xshash tovarlarga 
o‘zgartirilishi natijasida import bojxona boji stavkalarining noto‘g‘ri qo‘llanilish 
holatlari uchrab turibdi. Bu holat 2020 -yilda qo‘shimcha hisoblangan bojxona 
to‘lovlarining tarkibida 8,8 foizni tashkil etdi. 
XULOSA 
Bojxona xizmati organlari xom-ashyo, tovar, valyuta, xizmat va kapital olib 
kelish, olib chiqish ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, tashqi iqtisodiy faoliyatni 
tartibga solish, milliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, davlat budjeti daromadini 
oshirish kabi muhim vazifalarni bajarishi barobarida mamlakat iqtisodiy manfatlarini 
o‘z vakolatlari darajasida himoya qiladi va uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlaydi. 
Shu maqsadda, bojxona organlari oldida turgan quyidagi muhim vazifalarni 
aniqlashga harakat qilindi:
birinchidan, O‘zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga, YevroOsiyo 
iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo‘lishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida, tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatni 
tartibga 
solish 
mexanizmlarini 
bosqichma-bosqich 
uyg‘unlashtirish, huquqiy, ma’muriy, tashkiliy-texnik jihatdan bojxona ishini xalqaro 
standartlarga muvofiq takomillashtirish zarur. Islohotlar, tashqi iqtisodiy faoliyat 
qatnashchilariga to‘siq bo‘layotgan yoki tovarlar harakati sur’atiga ta’sir etayotgan 
ma’muriy cheklovlarni aniqlash, qisqartirish va bojxona ma’muryatchiligini yanada 
soddalashtirish prinsipiga tayanish lozim; 
ikkinchidan, bojxona ishi, xususan bojxona nazoratini amalga oshirishda 
zamonaviy tekshiruv, kuzatuv texnik vosita va moslamalarni qo‘llash, tashqi axborot 
almashishning yagona lokal tizimini yaratish, axborotni qayta ishlash texnologiyalari 
va tezkor aloqa vositalaridan foydalanish orqali tizimni to‘liq raqamlashtirish, 
idoralararo va davlatlararo tehnologik dasturlar asosida ishni tashkil etish lozim. 
Umuman, O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari iqtisodiy xavfsizlikni 
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini e’tiborga olib, uning imkoniyatlaridan 
unumli foydalanish va salohiyatini yanada mustahkamlash, mamlakat taraqqiyotining 
ustuvor yo‘nalishlari va tamo-yillariga tayangan holda ilmiy asoslanilgan islohotlarni 
olib borish zarur. 



Yüklə 468,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin