Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 140
w www.oriens.uz October 2021 Fiskal funksiya - davlat budjetining daromadlar qismini bojxona bojlari, soliqlar
va yig‘imlarni undirish orqali to‘ldirish.
Himoya funksiyasi - bojxona organlari xorijiy eksportchiga davlat subsidiyalari
taqdim etilgan ishlab chiqarishdagi import tovarlar yoki tovarlarni demping sotish
oqibatida ichki korxonalarga yetkazilgan iqtisodiy zararning oldini oladi.
Kompensatsiya, maxsus va dempingga qarshi bojlar himoya vositasi sifatida
qo‘llaniladi.
Rag‘batlantirish funksiyasi - bojxona organlari import tovarlar oqimini past
bojxona stavkalarini qo‘llash orqali rag‘batlantiradi. Ayrim hollarda tovarlar
importiga bojxona to‘lovlari belgilanmasligi ham mumkin.
Proteksionistik funksiya - davlatning ichki bozorini chet el raqobatidan himoya
qilish va tovar ishlab chikaruvchilarning tashqi bozorga chiqishini rag‘batlantirishga
qaratilgan iqtisodiy siyosati.
Nazorat funksiyasi - bojxona organlari tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari
belgilangan taqiq va cheklovlarga rioya qilishini, valyuta nazoratini, bojxona nazorati
va rasmiylashtiruvini, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishni nazorat qiladi.
Axborot funksiyasi - bojxona organlari davlat va hukumat rahbariyatiga,
vakolatli davlat organlariga tashqi savdo bojxona statistikasi ma’lumotlarini taqdim
etadi.
Huquqni muhofaza qilish funksiyasi - bojxona organlari kontrabanda va bojxona
qoidalarini buzish sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashadi.
So‘nggi -yillarda bojxona organlarini isloh etish, ularning samaradorligini
oshirish va ularning faoliyatiga ilg‘or, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan:
tovar va transport vositalarini «yalpi» bojxona nazoratidan o‘tkazish tartibi
bekor qilindi hamda ularni tanlov asosida bojxona nazoratidan o‘tkazishni nazarda
tutuvchi xavflarni boshqarish tizimi joriy etildi;
vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etildi;
bojxona rasmiylashtiruvi va tovarlarni chiqarib yuborish vaqti bir necha martaga
qisqartirildi;
chegara bojxona postlarini jahondagi ilg‘or ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy
inspeksion-ko‘rik majmualari bilan jihozlash amalga oshirildi.
Hozirda bojxona tartib-tamo-yillarini yanada soddalashtirish, bojxona tizimida
raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash orqali inson omilini kamaytirish, bojxona
nazorati shakllarini xavflarni boshqarish prinsiplariga asoslangan zamonaviy axborot-