Tashqi iqtisodiy milliy banki


-yili Bank asos solingan kunidan boshlab oʻzining 30-yilligini nishonladi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə3/6
tarix30.09.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#150994
1   2   3   4   5   6
Milliy bank

2021-yili Bank asos solingan kunidan boshlab oʻzining 30-yilligini nishonladi

Mulkdorlari va rahbariyati.

2019-yili 30-noyabrgacha bank taʼsischisi va uning ustav fondining asosiy egasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boʻlgan. Vazirlar Mahkamasiga bank ustav fondining kamida 60%i tegishli boʻlgan; ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 2 mlrd rubl va 200 mln AQSh dollari ajratilgan.

Prezidentning 4540-sonli qaroriga muvofiq, 2019-yil 30-noyabrdan davlat nomidan Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “OʻMB” AJning taʼsischisi hisoblanadi.

Asosiy faoliyati.

Oʻzbekiston Milliy banki bank xizmatlarining butun koʻlamini taqdim etuvchi universal tijorat banki hisoblanadi, shular jumlasidan, investitsion biznes, loyihaviy va tashqi savdoni moliyalashtirish, aktivlarni boshqarish, hususiy va korporativ mijozlarga hisob-kitob kassa xizmatlarini koʻrsatish, ipoteka va isteʼmolchilik kreditlarini berish. Bank keng tarqalgan filial tarmoqlariga ega.

Bankda qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlarda qoʻyilgan maqsadlarni rejalashtirish va ularga erishishda xatarga yoʻnaltirilgan yondashuv qoʻllaniladi. Bundan tashqari, xatarlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish maqsadida bank xalqaro konsalting kompaniyalari bilan faol hamkorlik qiladi.

O’ZMILLIYBANK ko’rsatkichlari.

2018-yili bank aktivlarining hajmi 56,524,57 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-5 722,02 mlrd soʻmni, sof foydasi-506,56 mlrd soʻmni tashkil etdi (Batafsil maʼlumotlar 2018-yil uchun elektron yillik hisobotda berilgan).

2019-yili bank aktivlari hajmi 66 604,99 mlrd soʻmni, hususiy kapitali- 13 141,07 mlrd soʻmni, sof foydasi- 1 043,65 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2020-yili bank aktivlari hajmi 79 861,14 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-13 873,10 mlrd soʻmni, sof foydasi-905,42 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2021-yili bank aktivlari hajmi 89 919,41 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-14 768,71 mlrd soʻmni, sof foydasi-983,33 mlrd soʻmni tashkil etdi.


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin