2020-yilning fevral oyida OʻMB "Sberbank" ilovasi orqali UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga pul mablagʻlarini qabul qilish boʻyicha loyihani ishga tushirdi.
2020-yilning avgustidan boshlab OʻMB kartalarining egalari Zolotaya korona orqali yuborilgan pul oʻtkazmalarini UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga va VISA xalqaro kartalariga olishlari mumkin.
2021-yilning sentabr oyida OʻMB “Solidarnost” va „Tinkoffbank” banklarining ilovasi orqali UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga pul mablagʻlarini qabul qilish boʻyicha loyihani ishga tushirdi.
O’ZMILLIYBANK Tashqi savdo faoliyati.
Bank Oʻzbekistonning 70%dan ziyod butun tashqi savdo aylanmasiga
xizmat koʻrsatadi. Eksport-import kreditlashning quyidagi mexanizmlari
qoʻllaniladi:
avans toʻlovlari qaytarilishiga, shartnomalar bajarilishiga kafolatlar berish;
veksellarni diskontlash;
faktoring;
bank tomonidan oʻzbek eksportchilarini toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash;
loyihaviy moliyalashtirish;
eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalashtirish;
muddatli toʻlov bilan akkreditivlar qoʻllaniladi, mijoz tomonidan tovar
konsignatsiya shartlarida yetkazib berilishida va realizatsiya qilinishida
konvertatsiya amalga oshiriladi.
O’ZMILLIYBANK Investitsion faoliyati.
OʻMB mamlakatdagi eng yirik investitsion bank
hisoblanadi. Bankning keng koʻlamli infratuzilmasi
Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni faol qoʻllab
quvvatlovchi moliyaviy va sanoat sektorining
rivojlanishiga yordam beradi.
Bank respublikaning strategik muhim boʻlgan korxonalarining
aksiyadorlari tarkibiga oʻz kapitali bilan kirishi orqali
iqtisodiyotning turli sektorlaridagi korxonalarga investitsiya
kiritish, ularni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik
jihatdan qayta qurollash jarayonlarida ishtirok etadi.