OʻMB „Moodyʻs Investors Service“, „Standard and Poorʻs“, „Fitch Ratings“ va „AKRA“ kabi xalqaro agentliklarning reytingiga ega boʻlgan mamlakatning kredit-moliya instituti hisoblanadi. Yetakchi xalqaro reyting agentliklarining yuqori bahosini olish va tasdiqlash masalasi OʻMB uchun dolzarb va muhim boʻlib qoladi.
O’ZMILLIYBANK moliyaviy barqarorligi.
1998-yil - „Euromoney“ jurnali OʻzR TIF MBni Oʻzbekistondagi eng yaxshi bank deb eʼtirof etdi, 2002-yili esa shu jurnalning versiyasi boʻyicha OʻMB respublikada "Yil banki" deb eʼtirof etildi .
2000-yil - „Thomson Bank wath(TBW)“ xalqaro agentligi kredit reytingini „LC-1“ darajada va mamlakat reytingini „IC-B/C“ darajada tasdiqladi .
2001-yil - „The Banker“ dan "Oʻzbekistonning eng yaxshi banki" eʼtirofi .
2002-yil — „Euromoney“ va „Global Finance“dan „Oʻzbekistonning eng yaxshi banki“ .
2004-yil — „Global Finance“ dan "Oʻzbekistonning eng yaxshi banki" .
2012-yil - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi bilan birgalikda oʻtkaziladigan jamgʻarmalarni jalb qilish boʻyicha tanlovda eng yaxshi bank deb eʼtirof etilgan . "RIA Reyting" reyting agentligining MDH mamlakatlari bank sektorini oʻrganishi boʻyicha "MDH mamlakatlarining eng yirik banklari roʻyxati"da bank 50-chi pozitsiyani egallagan .
O’ZMILLIYBANK moliyaviy barqarorligi.
2013-yil - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi bilan birgalikda oʻtkaziladigan tanlovda "jamgʻarmalarni jalb qilish boʻyicha eng yaxshi bank" va "eng innovatsion bank" deb eʼtirof etilgan . "RIA reyting" maʼlumotlariga koʻra "MDHdagi eng yirik banklar roʻyxati"da bank 55-chi pozitsiyani egalladi .
2021-yil - OʻMB olib borayotgan faoliyatining va Oʻzbekiston aholisiga taqdim etayotgan xizmatlarining sifati uchun Yevropa sifatni oʻrganish jamiyatining (European Society for Quality Research) xalqaro konvensiyasida „Quality Achievements Award 2021“ mukofotini oldi.